Mavzu: Vasiyatnoma
Download 488.31 Kb.
|
Abdumalikova Zilola Vasiyatnoma
Davlat tilidan ish yuritish MAVZU: Vasiyatnoma Reja:
VASIYATNOMA Vasiyatnoma bir shaxsning (vasiyat qiluvchining), u vafot kilgan takdirda, o’ziga qarashli bo’lgan mol-mulkni tasarruf etish buyicha hohish-irodasi bayon qilingan hujjatdir. U muayyan andoza bo’yicha tuzilishi, belgilangan talablarga (vasiyat qiluvchining huquqiy muomala layoqati, farmoyishning qonuniyligi, vasiyat qiluvchi tomonidan o’zining so’nggi hohish-irodasini bayon qilish erkinligi) javob berishi kerak. Vasiyatnoma bo’yicha har qanday shaxs (jumladan, qonunda belgilangan merosxo’rlar doirasiga kirmaydigan shaxslar ham), shuningdek davlat, jamoat, kooperativ tashkilotlari merosxo’r bo’lishi mumkin. Vasiyat qiluvchi o’z mol-mulkini (uning bir qismini) bir yoki bir necha merosxo’rga, shu bilan birga, yuridik shaxslarga, davlatga yoki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish idoralariga vasiyat qilish xuquqiga ega. U, shuningdek, vasiyatnomada o’limidan so’ng uni kaysi kabristonga ko’mish, yodgorlik ko’yish yoki ko’ymaslik, qanday marosimlar o’tkazish xakida va shunga o’xshash farmoyishlar berish huquqiga ega. Vasiyat qiluvchi yoki meros qoldiruvchi vasiyatnoma tuzilganidan keyin uni istagan paytda bekor qilish va o’zgartirish borasida erkin bo’lib, bunda u bekor qilish yoki o’zgartirish sabablarini ko’rsatishga majbur emas. Uzbekiston Respublikasi Fukarolik kodeksining 1124-1133-moddalarida vasiyatnoma, uning shakli va yozilishi uslubi, turlari, uni bekor qilish va o’zgartirish, vasiyatnoma bilan boglik boshqa holatlar batafsil ko’rsatib berilgan. Vasiyatnoma, odatda, yozilgan joyi va vaqti ko’rsatilgan holda yozma shaklda tuzilishi lozim. Quyidagi vasiyatnomalar yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi:
b) notarial tasdiklangan vasiyatnomalarga tenglashtirilgan vasiyatnomalar. Yozma shakldagi vasiyatnoma vasiyat qiluvchining o’z ko’li bilan imzolanishi kerak. agar vasiyat qiluvchi biron-bir jismoniy nuksoni, kasalligi yoki savodsizligi yoki biror sabab tufayli vasiyatnoma o’z ko’li bilan imzolay olmasa, uning iltimosiga binoan, notarius yoki qonunga muvofik vasiyatnomani tasdiqlaydigan boshqa shaxs hozir bo’lganida, vasiyat -qiluvchi o’z ko’li bilan imzolay olmaganligining sabablari kursatilgan holda, vasiyatnomaga boshka shahs imzo qo’yishi mumkin. Lekin notarius yoki vasiyatnomani tasdiqlovchi boshqa shaxs, vasiyatnomadan manfaatdor shaxslar va ularning oila a'zolari, vasiyat kiluvchining qonuniy merosxo’rlari, to’liq muomala layoqatiga ega bo’lmagan fuqarolar, vasiyatnomani o’kiy olmaydigan boshqa shaxslar, yolg’on guvohlik bergani uchun ilgari sudlangan shahslar vasiyatnomaga imzo kuyishi mumkin emas. Notarial tasdiklangan vasiyatnoma vasiyat qiluvchi tomonidan yozilgan yoki uning so’zlaridan notarius tomonidan yozib olingan bo’lishi kerak. Vasiyatnomani keyingi holatda yozib olish paytida umumiy qabul qilingan texnika vositalaridan (yozuv mashinkasi, shaxsiy kompiyuter va hokazodan) foydalanish mumkin. Vasiyat qiluvchining so’zlaridan notarius tomonidan yozib olingan vasiyatnomani imzolashdan vasiyat qiluvchi uning matnini notarius oldida to’lik o’kib chiqishi lozim. agar vasiyat qiluvchi ayrim ob'ektiv sabablarga ko’ra vasiyatnomani shaxsan o’kiy olmasa, uning matni vasiyat qiluvchiga notarius tomonidan o’kib eshittiriladi, bu holat vasiyatnomada tegishlicha qayd etiladi. Vasiyat qiluvchining hohishiga ko’ra, vasiyatnoma notaruis tomonidan uning mazmuni bilan tanishib chiqilmasdan (mahfiy vasiyatnoma) tasdiqlanadi. Mahfiy vasiyatnomani vasiyat qiluvchi xaqiqiy sanalmaslik havfi (ehtimoli) borligidan o’z ko’li bilan yozishi va imzolashi kerak. Vasiyatnoma ikki guvoh va notarius ishtirokida hatjildga solinib, hatjild yelimlanishi lozim. Guvohlar, to’lik ismi shariflari va doimiy turar joylarini ko’rsatgan holda, hatjildga imzo qo’yadilar. Ushbu hatjild mazkur odamlar ishtirokida boshka hatjildga solinadi va bu hatljild ham yelimlanib, notarius unga tasdiqlash usthatini yozib ko’yadi. Download 488.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling