I.VASIYLIK VA HOMIYLIK TOʻGʻRISIDA
Vasiylik va homiylik organlari
Oʻzbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik toʻgʻrisidagi Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga, “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq vasiylik va homiylik organlarining vakolatlarini, ularning vazifalari hamda vasiylikni va homiylikni belgilash, amalga oshirish va toʻxtatish tartibini belgilaydi.Vasiylik va homiylik faoliyati:
a) voyaga yetmaganlarga nisbatan — tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari;
b) sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb eʼtirof etilgan fuqarolarga nisbatan — tuman, shahar tibbiyot birlashmalari;
v) sogʻligʻining holatiga koʻra homiy tayinlashga muhtoj boʻlgan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolarga nisbatan — tuman, shahar bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
Vasiylik va homiylik organlaridan tashqari boshqa organlar, yuridik va jismoniy shaxslarning vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarni aniqlash va joylashtirish boʻyicha faoliyat yuritishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Vasiylik va homiylik organlarining tugʻilishni qayd qilishdagi vakolatlari
Tugʻilishni qayd qilishda bolaning otasi va onasi haqidagi maʼlumotlar boʻlmagan hollarda ota va ona haqidagi yozuvlar Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga va mazkur Nizomga binoan vasiylik va homiylik organi koʻrsatmasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Vasiylik va homiylik organlari tomonidan bolalar tarbiyasi va ular bilan koʻrishib turish toʻgʻrisidagi masalalarning hal etilishi
Bolalar tarbiyasi va taʼlimiga taalluqli barcha masalalar bolalar manfaatidan kelib chiqqan va ularning fikrini hisobga olgan holda ota-ona tomonidan ularning oʻzaro kelishuvi boʻyicha hal etiladi. Ota-ona oʻrtasidagi bolaning tarbiyasi va taʼlimiga doir kelishmovchiliklar vasiylik va homiylik organi yoki sud tomonidan hal etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |