1.3 Klassik ko’rinishdagi va zamonaviy viruslar
Klassik viruslar
Klassik viruslar tizimga tushib qaysidir faylni zararlaydi va o’zining yovuz kodlarini yozib qo’yadi, va nusxalarini shu asnoda boshqa fayllarga xam yozib qo’yadi.
Klassik viruslar o’zining nusxasini faqat lokal resurslarga yozadi; u o’zi boshqa kompyuterlarga kira olmaydi. Agar tarmoqda barchaga ruxsat etilgan fayllarni zaxarlasa yoki kompakt disklarda, yo bo’lmasa zararlangan fayllarni foydalanuvchi elektron pochta orqali tarqatsagina bu turdagi viruslar tarmoq orqali xam ko’payadi.
Klassik viruslarning kodlari kompyuterning xar-xil maydonlariga, jumladan operatsiyon tizim va ilovalarga zarar yetkazishi mumkin. Viruslar turkumlanishi bo’yicha qyidagilarga ajratish mumkin: faylli, yuklanuvchi , script kodli va makro viruslar.
Zararkunanda dasturlar- maxsus dasturiy vositalar bo’lib komyuterga va uning foydalanuvchisiga ziyon etkazish uchun yaratiladi: o’g’rilik, blokirovka, ma’lumotlarni o’zgartirish yoki yo’q qilish,kompyuterning yoki kompyuter tarmoqlarining ish faoliyatini buzish kabilar.
Zararkunanda dasturlar uchta turkumga bo’linadi:
Xozirgi kundagi zamonaviy zararli dasturiy vositalarni (viruslar) 3turga bo’lish mumkin”
1.Viruslar va qurtlar
2.Troyan dasturlar
3. Zararli utilitalar
Viruslar va qurtlar (Viruses_and_Worms) o’zlarining nusxalarini ko’paytirish qobilyatiga ega. Ularning ko’pchiligi foydalanuvchilar ishtirokisiz ishga tushsa, boshqalari esa foydalanuvchilar ish xarakatini talab qilishadi. Bu dasturlar ishga tushishi bilan zararli ishlarini boshlab yuboradi.
Troyan dasturlar (Trojan_programs) qurtlardan va viruslardan farqli ravishda o’zlarining nusxalarini ko’paytirishmaydi. Ular, “zahar” langan elektron pochta , yoki web saytlarga kirganimizda kompyuterga “kirib” oladi. Ularni ishga tushishi foydalanuvchiga bog’liq. Ular xam viruslar kabi ishga tushgan zaxoti zararli harakatlarini boshlab yuboradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |