Mavzu: vitaminlar fermentlarning tuzilishi va spesifikligi allosteric fermentlar
Download 21.36 Kb.
|
mavzu
Kofaktorlar termostabil moddalardir, kopchilik moddalar qizitilganda faolligini yoqotadi. Fermentning faol markazi deb oqsil ferment molekulasining substrat bilan birikishini, uning ximiyaviy ozgarishini ta’minlaydigan qismlariga aytiladi. Bunday ma’lum bir vazifani bajaradigan bir qator qismlar oddiy va murakkab fermentlarning uchlamchi strukturasida boladi. Murakkab fermentlarning faol markazi tarkibiga kofaktorlar kiradi. Tortlamchi strukturaga ega oligomer fermentlarda faol markazlar soni subbirliklar soniga teng bolishi mumkin. Faol markaz kopincha ferment molekulasining yuzasida botiq yoki tirqish korinishidagi qismidir. Shakli boyicha faol markaz uning ichiga kiradigan substrat molekulasiga komplementar - mos keladi. Faol markaz fermentning spesifikligini va katalitik faolligini ta’minlaydigan, fazoda ma’lum ravishda orientasiyalangan bir qator funksional guruhlardan iborat. Ular orasida substratga yaqinlikni, ya’ni spesifik boglanishni ta’minlaydigan kontakt yoki aloqa qismi hamda substratni ximiyaviy ozgarishini ta’minlaydigan katalitik faol markaz farq qilinadi. Odatda fermentning faol markazini polipeptid zanjirning 12-16 ta aminokislota qoldiqlari tashkil qiladi. Faol markazni tashkil etadigan aminokislotalar polipeptid zanjirning fazoviy taxlanishida ular yaqinlashib, faol markazni tashkil etadi. Bundan fermentativ faollik uchun polipeptid zanjir qolgan qismining zarurligi yoq, degan xulosani chiqarish kerak emas, chunki molekulaning boshqa qismlari faol markazning fazoda uch o`lchovli konfigurasiyasini belgilab, guruhlarning reaktsiya qobiliyatini ta’minlaydi. Oddiy fermentlarda faol markazning aloqa va katalitik qismlarining funksional guruhlari vazifasini aminokislotalarning faqat yon radikallari bajaradi. Murakkab fermentlarda esa bu jarayonlardagi asosiy vazifani kofaktorlar bajaradi. Fermentlarni struktur tuzilishi. Fermentlar оqsil tabiatli mоddalar bo’lganligi uchun ularga оqsil qurilishidagi 1-chi, 2-chi, 3-chi, 4-chi qurilish darajalari ham хоs. Funktsiоnal оqsillarga o’хshash fermentlar ham оddiy (prоtein– ferment) va murakkab (prоteid – ferment) larga bo’linadi.
Download 21.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling