Mavzu: Vizual studio muhitida ishlash va ado. Net texnalogiyasidan foydalanish reja
X, xl, s4, absl2d, fam, kitob_soni
Download 32.21 Kb.
|
Xalilova X 18.08 BBT (1)
X, xl, s4, absl2d, fam, kitob_soni.
Dastlabki to‘rtta identifikator sintaktik jihatdan to‘g‘ri yozilgan, ammo identifikatorlarni bunday yozish katta hajmli dasturlarni ishlab chiqishda ma’lum bir qiyinchiliklarni tug‘dirishi mumkin, chunki ular o‘zlari ko‘rsatayotgan ma’lumotlarni to‘la va tushunarli qilib ifodalay olmaydi. Natijada bunday identifikatorlarni boshqasi bilan almashtirib yuborish ehtimolligi ortadi hamda ana shu dasturni o‘qish va tushunish qiyinlashib ketadi. Shuning uchun identifikatorlarni keyingi ikkitasi kabi belgilash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki ular o‘zlari ifodalab turgan ma’lumotlarni ma’lum bir darajada izohlaydi va shu bilan bog‘liq anglashilmovchiliklarga barham berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Identifikator tanlaganda ma’lumotlarning shakli va mazmunini hisobga olish ham ana shunday omillardan biri hisoblanadi. Masalan, uchburchak haqidagi masalada ehtiyojga qarab
kabi identifikatorlar maqsadga muvofiq hisoblanadi. Identifikatorlarni yozishda C++ tili kompilyatori katta va kichik harflarni bir-biridan farqlaydi, ya’ni
Identifikator sifatida xizmatchi so‘zlar, turli tinish va munosabat belgilaridan foydalanib bo‘lmaydi. Shuning uchun ularni quyidagicha yozish noto‘g‘ri hisoblanadi: 4 x , X y G, dr , A B , ! gamma a, ? b begin end, , . Agar identifikator dasturning bajarilishi davomida o‘z qiymatini o‘zgartirmasa, ularni o‘zgarmaslar yoki konstantalar, aks holda o‘zgaruvchilar deb ataladi. O‘zgarmas ma’lumotlar dastur matnida maxsus xizmatchi const so‘zi yordamida alohida ta’kidlab ko‘rsatiladi. Masalan:
Shundan keyin bunday o‘zgarmas qiymatlarni dasturning bajarilishi davomida o‘zgartirib bo‘lmaydi. Dastur tarkibida uchraydigan hamma identifikatorlarga kompyuter xotirasidan joy ajratiladi va bu joyda ularning qiymatlari saqlanadi. Bu identifikatorga murojaat qilinganda, u uchun ajratilgan joy, ya’ni yacheykada saqlanayotgan ma’lumot o‘qiladi va bu ma’lumot identifikator o‘rniga qo‘yiladi. Identifikator uchun xotiradan ajratilayotgan joy hajmi uning tipiga bog‘liq bo‘ladi.
Download 32.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling