Mavzu: voip texnologiyasida paketli nutqni qayta ishlash tamoyili
Download 1.15 Mb.
|
2-MAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Seansni o‘rnatish
- 2.5.2 SIP komponentlari va protokollari
Foydalanuvchi manzili:Foydalanuvchi bir muhitdan boshqasiga ko‘chib o‘tishi va uzoqlashtirilgan muhitdan turib qo‘shimcha ilovalarni yoki telefon xizmatlaridan foydalanishi imkoniyatiga ega.
Foydalanuvchi imkoniyatlari: Tayyorlik holatini aniqlash. Foydalanuvchi qobiliyati: Media va media parametrlardan foydalanish holatini aniqlash. Seansni o‘rnatish: Seans parametrlarining imkoniyatidan kelib chiqib nuqta-nuqta hamda ko‘p nuqtali qo‘ng‘iroqlarni o‘rnatishni amalga oshirish. Seansni boshqarish: boshqaruv holati uzatish va seanslarni tugatish, seans parametrlarini o‘zgartirish hamda chaqiruv xizmatlarini o‘z ichiga oladi. SIP dastlabgi protokollar uchun ishlab chiqilgan elementlardan foydalanadi. SHuningdek SIP, HTTP kabi so‘rov/javob transaksiya modeliga asoslangan. Har bir transaksiya klient so‘rovidan tashkil topadi. SIP sarlovha, kodlash qoidalari hamda HTTP status kodlaridan foydalanadi. SHuning uchun ham ma’lumotlar ekranda tasvirlanganida tekst asosidagi ma’lumot formatini o‘qish imkoniyati mavjud bo‘ladi. SIPda shu bilan birga DNSning rekursiv va iterativ qidiruviga o‘xshash konsepsiyadan foydalaniladi. SIPning tarkibiga SDP protokoli ham kiradi. 2.5.2 SIP komponentlari va protokollari SIP tarmog‘i ikki turli komponentlardan tashkil topishi mumkin: klient/server va individual tarmoq elementi. Klient va server komponentlari RFC 3261 qo‘idalari to‘plamiga muvofiq quyidagicha tavsiflanadi: Klient: Klient istalgan tarmoq elementi bo‘lib, SIP so‘rovlarini jo‘natishi hamda SIP javoblarini qabul qilishi mumkin. Klientlar foydalanuvchi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zaro muloqotga kirishishi mumkin yoki kirishmasligi mumkin.Foydalanuvchi agentklientlari va proksilar klientlar hisoblanadi. Server: Server ham tarmoq elementi bo‘lib, xizmatdan foydalanish haqidagi so‘rovlarni qabul qilishi hamda so‘rovlarga mos javob qaytarishi mumkin. Serverlarga proksi, foydalanuvchi agent serveri, yo‘naltiruvchi hamda ro‘yhatga oluvchi serverlar misol bo‘la oladi. Standart SIP tarmog‘ining individual elementlari quyidagilar: Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling