Mavzu: Volt-amper xarakteristika va parametrlarining temperaturaga bog’liqligi
Download 48.12 Kb.
|
Mavzu yarim o‘tkazgichli diodlar(3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.1. To‘g‘rilovchi diodlar
- Past chastotali to‘g‘rilovchi diodlar (PCh diodlar)
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI Urganch FILIALI MUSTAQIL ISH Mavzu: Volt-amper xarakteristika va parametrlarining temperaturaga bog’liqligi.Fan nomi: Elektronika va sxemalar Guruh: 962_21 Bajardi: Ismoilov.A.N Tekshirdi: Nurullayev.Y.Y. VOLT-AMPER XARAKTERISTIKASI — tokning elektr zanjir elementiga qoʻyilgan kuchlanishiga yoki elektr zanjir elementidagi kuchlanish tushishining element orqali oʻtayotgan elektr tokiga bogʻlanishini ifodalovchi grafik: l=f(U). V-a. x. asboblarning turiga qarab toʻgʻri chiziq yoki egri chiziq koʻrinishida boʻlishi mumkin. Agar element qarshiligi tok qiymatiga bogʻlliq boʻlmasa, V-a. x. koordinata boshi orqali oʻtuvchi toʻgʻri chiziqdan iborat boʻladi. V-a. x. yordamida asboblarning xususiyatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar olish va ularning tegishli parametrlarini aniqlash mumkin. Elektron asboblarning qanday sxema va qurilmalarda ishlatilishi ularning V.-a. x. ga qarab belgilanadi. Diod deb odatda bir yoki bir necha elektr o‘tishlar va tashqi zanjirga ulanish uchun ikkita chiqishga ega bo‘lgan elektr o‘zgartirgich asbobga aytiladi. Yarim o‘tkazgichli diodlarmalumotnomalarda radioyelektron apparaturalarda qo‘llanilish sohalari yoki vazifasiga ko‘ra sinflanadilar. 3.1. To‘g‘rilovchi diodlar To‘g‘rilovchi diodlar kuchlanish manbai o‘zgaruvchan kuchlanishini o‘zgarmasga o‘girishda qo‘llaniladi. To‘g‘rilovchi diodlarning asosiy xossasi– bir tomonlama o‘tkazuvchanlik bo‘lib, uningmavjudligi to‘g‘rilash effekti bilan aniqlanadi. To‘g‘rilovchi diodlarning ishlatilish chastota diapazoni juda keng. Shu sababli ular ishchi chastota diapazoni bo‘yicha sinflanadilar. Past chastotali to‘g‘rilovchi diodlar (PCh diodlar) sanoat chastotasidagi (50 Gts) o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmasga o‘girishda qo‘llaniladi. PCh diodlariga qo‘yiladigan asosiy talab – bu katta qiymatga ega bo‘lgan to‘g‘rilangan toklar olish. To‘g‘rilovchi diodlar odatda 0,3 A gacha, 0,3 A dan 10 A gacha va 10 A dan yuqori bo‘lgan to‘g‘rilangan toklargamo‘ljallangan kichik, o‘rta va katta quvvatli diodlarga bo‘linadi. PCh diodlari katta r-n o‘tish bilan xarakterlanadilar. Download 48.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling