Mavzu: V—vi sinf matematika kursida geometriya elementlarini o`qitish metodikasi 5-6-sinflarda geometriya
Download 27.5 Kb.
|
2-mavzu 5-6-sinf geometriya elementlari
Mavzu: V—VI sinf matematika kursida geometriya elementlarini o`qitish metodikasi 5-6-sinflarda geometriya bo‘yicha bilimlar berishning quyidagi maqsadlari mavjud: o‘quvchilarni asosiy geometrik tushunchalar haqida ma’lumotlar bilan tanishtirish; o‘quvchilarni sistematik geometriya kursini o‘rganishga tayyorlash; ularda geometrik yasash malakalarini shakllantirish. Bu sinflarda quyidagi geometrik bilimlar beriladi: 1-4-sinflarda o‘rganilgan geometrik shakllar va ularning xossalari haqidagi tasavvurlar chuqurlashtiriladi; yangi geometrik miqdorlar o‘rganiladi (aylana uzunligi, burchak kattaligi); shakllar orasidagi farqlar ko‘rsatiladi (kesma uzunligi va kesma, burchak va burchak kattaligi); geometrik yasashlar ko‘payadi va unda qo‘llaniladigan asboblar ham ko‘payadi (chizgich, sirkul, trasportir). Geometriya elementlari asosan induktiv ravishda bayon etiladi. Bunda ko‘pgina bilimlar ulchash va yasashlarni umumlashtirish, modellashtirish yordamida bayon etiladi. 5-6-sinflarda o‘quvchilarning geometrik bilimlar saviyasi ma’lum darajada tekis bo‘lishiga hamda sistemali bilimlarga boshlang‘ich qadamlar qo‘yishga erishiladi. Birinchi bosqichda, to‘g‘ri chiziq, tekislik, kesma, kesma uzunligi, perpendikulyar va parallel to‘g‘ri chiziqlar karaladi. Ayniqsa, bunda atamalar kiritilishiga e’tiborni qaratish lozim: to‘g‘ri chiziqning o‘z-o‘ziga parallelligi, bir to‘g‘ri chiziqda yotgan kesmalar parallel. Geometrik yasashlarni bajarishga o‘rgatishda yasash asboblaridan chizgich, sirkul, uchburchakli chizgich va transportirlardan foydalanishga o‘rgatish mumkin. Sirkulni qo‘llash chegaralangan bo‘lib, aylana va doirani tasvirlash uchun qo‘llaniladi. Download 27.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling