Mavzu: Xalq taʼlimi. Fan va madaniyat


mustaqillikdan keyin fanning rivojlanishi


Download 0.71 Mb.
bet3/4
Sana21.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1368985
1   2   3   4
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ta`lim va madaniyat

2.2 mustaqillikdan keyin fanning rivojlanishi

  • O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng mamlakatda ilm-fanga alohida e’tibor berildi. Xalq xo‘jaligi va madaniy hayotning tobora ortib borayotgan talablaridan orqada qolayotgan ilmiy tadqiqot institutlari tugatildi. Turmush taqozo etgan yangi institutlar ochildi. Respublika Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-aprelidagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi FAning yangi Nizomi tasdiqlandi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan Respublika Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy Attestatsiya komissiyasi tashkil etilishi munosabati bilan FAning mavqeyi ortdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 8-aprelidagi farmoni hamda uni amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fanlar rivojlanishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tadbirlari va innovatsiya faoliyati haqida”gi qarori mamlakatda fanni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Respublika olimlarini xorijiy mamlakatlarga malaka oshirishga yuborishga alohida e’tibor berildi. Ilmiy yechimlarni ichki va tashqi bozorda targ‘ib etish va tarqatish maqsadida Respublika ilmiy ishlanmalari innovatsiya - tijorat markazi tashkil etildi

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 8-aprelidagi farmoni hamda uni amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fanlar rivojlanishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tadbirlari va innovatsiya faoliyati haqida”gi qarori mamlakatda fanni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Respublika olimlarini xorijiy mamlakatlarga malaka oshirishga yuborishga alohida e’tibor berildi. Ilmiy yechimlarni ichki va tashqi bozorda targ‘ib etish va tarqatish maqsadida Respublika ilmiy ishlanmalari innovatsiya - tijorat markazi tashkil etildi

2.3 mustaqillikdan keyin madaniyatning rivojlanishi

  • Mustaqillik yillarida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy qayta qurishlar qatorida madaniyat sohasida ham tub o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu avvalo teatr san’ati, milliy musiqa, me’morchilik, adabiyot sohalarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Madaniyat mutaxassislarining ijodiy faoliyati, ularning moddiy va texnikaviy uskunalari, zamonaviy binolar bilan ta’minlanishi davlat rahbari Islom Karimovning bevosita g‘amxo‘rligida bo‘ldi. 2001-yilning davlat byudjetidan madaniyat va san’at muassasalarini rivojlantirish uchun 12 milliard 703 million so‘m (bu ko‘rsatkich 2000-yili 9 mlrd. 463 mln. so‘mni tashkil qilgan edi) ajratilishi fikrimizning guvohidir. Mustaqillikning dastlabki yillarida Respublikada yangi teatr jamoalari tashkil etildi. 1991-1994 yillarda bir qator viloyat markazlarida yangi teatrlar ishga tushirildi

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling