Mavzu: Xalqaro Moliya Institutlari va ularning jahon iqtisodiyotidagi roli


Milliy iqtisodiyot rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli va ahamiyati


Download 1.07 Mb.
bet4/4
Sana08.03.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1250582
1   2   3   4
Bog'liq
Kurs ishi

3.Milliy iqtisodiyot rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli va ahamiyati
Respublikaning tashqi iqtisodiy siyosati xalqaro moliyaviy munosabatlarda mamlakat milliy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan holda amalga oshiriladi va u quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
  • mafkuraviy qarashlardan qat`iy nazar tashqi munosabatlarda oshkoralik;
  • teng huquqli va o`zaro manfaatli hamkorlik, boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
  • o`zining milliy-davlat manfaatlari ustuvorligida o`zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olish;
  • respublika biron-bir davlatning ta`sir doirasiga kirmasligi tamoyiliga to`la amal qilish va boshqalar

Tashqi savdo, iqtisodiy, ilmiy va madaniy aloqalarda quyidagi yo`nalishlar ustuvor hisoblanadi:
Birinchidan-respublikaning eksport qudratini rivojlantirish va yanada mustahkamlash, eksportga yo`naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirish;
Ikkinchidan-eksport imkoniyatini kengaytirish, jahon bozoriga kirib borish uchun, avvalo, qimmatbaho xom-ashyoni qayta ishlash negizida tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi qo`shma korxonalarni rivojlantirish;
Uchinchidan-tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish, xo`jalik ishlarini yurituvchi sub`ektlarga xorijiy sheriklar bilan bevosita aloqalar o`rnatishda, o`z mahsulotlarini chet ellarda sotishda ko`proq erkinlik berish, tovarlarni eksport va import qilishda birmuncha imtiyozli tartibni joriy qilish borasida aniq maqsadni ko`zlab siyosat o`tkazish;
Qisqa vaqt oralig`ida respublika XVF, Jahon banki, XMT, Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST), Osiyo va Tinch okeani ijtimoiy-iqtisodiy komissiyasi (OTIIK), ETTB, Xalqaro Moliya korporatsiyasi (XMK), Hamdo`stlikning mintaqaviy iqtisodiy tashkiloti (XMIT) va shu kabi qator xalqaro moliyaviy tashkilotlarga qabul qilindi.
Jahon hamjamiyatidagi integratsiyalashuv haqida so`z borganda, BMT faoliyatida O`zbekistonning ishtiroki e`tiborga loyiq hodisa. Faqat BMTgina xavfsizlikni saqlash va ta`minlashga qaratilgan diplomatiyadan to tinchlik o`rnatishga qaratilgan operatsiyalarda qatnashishgacha bo`lgan vositalarga ega.
Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling