Mavzu: Xalqaro moliyaviy hisob standartlari talablariga muvofiq hisobotlar shaklini o’zgartirish


Download 0.69 Mb.
bet3/3
Sana13.05.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1457704
1   2   3
Bog'liq
BHMSga muvofiq Tovor moddiy zaxiralari hisobi Orif

Tovar-moddiy zaxiralar sotib olingan va qayta sotish uchun mo„ljallangan tovarlarni qamrab oladi, masalan chakana savdo tashkiloti tomonidan sotib olingan va qayta sotish uchun saqlanadigan tovarlar yoki qayta sotish uchun mo„ljallangan yer va boshqa mulklar. Tovar-moddiy zaxiralar jumlasiga, shuningdek, tadbirkorlik subyekti tomonidan ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot yoki tugallanmagan ishlab chiqarish hamda ishlab chiqarish jarayonida ishlatish uchun mo„ljallangan xomashyo va materiallar kiradi. Xizmat ko„rsatish tashkilotlari uchun tovar-moddiy zaxiralariga 19-bandda izohlanganidek, xizmat ko„rsatish bo„yicha xarajatlar ham, ular bilan bog„liq bo„lgan daromadlar haligacha tan olinmagan bo„lsada, kiradi (18-sonli BHXS “Odatdagi faoliyatdan olinadigan daromad‖ga qarang).

Tovar-moddiy zaxiralari tannarxi yoki sof sotish qiymatidan qaysi biri kamroq bo„lsa, o„sha bo„yicha baholanishi lozim. Tovar-moddiy zaxiralar tannarxi. Tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga TMZlarni sotib olish, qayta ishlash va ularni hozirgi paytdagi joylashi hamda holatiga keltirish uchun amalga oshirilgan boshqa jami xarajatlar kiritilishi lozim. 144 Sotib olish xarajatlari. Tovar-moddiy zaxiraning sotib olish xarajatlariga xarid narxi, import bojlari va boshqa soliqlar (soliq idoralari tomonidan tadbirkorlik subyektiga keyinchalik qaytariladiganlardan tashqari), tashish, ortish-tushirish hamda tayyor mahsulotlar, materiallar va xizmatlarni sotib olish bilan bevosita bog„liq boshqa jami xarajatlar kiradi.


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling