Reja: Kattalik shkalasi va uning reper nuqtalari.
Nomlangan shakalar. Tartib (qator) shkalari.
Intervallar shkalasi.
Nisbat va absolyut shkalalar.
Xalqaro temperatura shkalasi.
Shkala (lot. vsa1a - zinapoya, narvon) - oʻlchash asboblarining hisoblash qurilmasidagi belgilar yoki raqamlar majmuidan iborat qism (lineyka yoki limb).
1-rasm. Oʻlchash asbobining shkalasi.
Koʻrsatuvchi analog oʻlchov asboblarining sanoq qurilmasi shkala va (strelkali yoki nurli) koʻrsatkichdan tuzilgan. 1- rasmda oʻlchov asbobining shkalasi koʻrsatilgan. Shkaladagi sonli qiymatlar koʻrsatilgan belgilar shkalaning sonli belgilari deyiladi. Shkalaning ikki qoʻshni belgilari orasidagi oraliq shkalaning boʻlinmasi deyiladi. Shkalaning ikki qoʻshni belgisi mos kelgan kattalik qiymatlari ayirmasi shkala boʻlinmasining qiymati deyiladi. Oʻzgarmas boʻlinmali va oʻzgarmas qiymatli shkala tekis shkala deyiladi.
Oʻlchanayotgan kattalikning shkalada koʻrsatilgan eng kichik qiymati shkalaning boshlangʻich qiymati, eng katta qiymati esa shkalaning oxirgi qiymati deyiladi. Shkalaning uning boshlangich va oxirgi qiymatlari bilan chegaralangan qiymatlari sohasi (oraligʻi) koʻrsatuvlar diapazoni deyiladi.
Shkaladan ma’lumot olishda shkala qoʻzgʻaluvchan va qoʻzgʻalmas boʻlishi mumkin. Shkalada belgilar toʻgʻri chiziq boʻylab (2-rasm, a) yoki silindrsimon aylana yoyi boʻylab joylashgan boʻladi. Shuningdek asboblarning shkalalari bir tomonlama, ikki tomonlama va nolsiz boʻlishi mumkin (3-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |