Nomlangan shakalar. Tartib (qator) shkalari
Berilgan kattalikni oʻlchash uchun boshlangʻich asos boʻlib xizmat qiladigan kattalik qiymatlarining tartibga keltirilgan majmui kattalik shkalasi deyiladi. Oʻlchashlar nazariyasida oʻlchashlar shkalasining beshta asosiy turi mavjud nomlangan shkala tartib shkalasi oraliq shkalasi nisbat shkalasi va absolyut (mutlaq) shkala (4-rasmga qarang).
Nomlangan shkalalar, ularda:
ekvivalentlik munosabatlari qoʻllanishi mumkin
tartib munosabati (masalan, “katta - kichik”) qoʻllanilmaydi
proporsionallik munosabati qoʻllanilmaydi
jamlash munosabati qoʻllanilmaydi
nol kriteriyasi mavjud emas
oʻlchash birligi mavjud emas.
Nomlangan shkalalar yordamida sifat tavsiflari yoziladi, bunda quyidagi oʻlchovlar ishlatiladi ranglar atlasi va boshqa rang oʻlchovlari xromo-kobaltli shkala.
4-rasm. Oʻlchash shkalasi turlari.
5-rasm. Nominal shkalaga misol: ranglar atlasi.
Tartib (qator) shkalasi – oʻlchanadigan kattaliklarning oʻsish yoki kamayish tartibida joylashgan oʻlchamlari, unda:
ekvivalentlik munosabati qoʻllaniladi
tartib munosabati (“katta-kichik” turidagi) qoʻllaniladi
proporsionallik munosabati qoʻllanilmaydi
jamlash munosabati qoʻllanilmaydi
nol tushunchasi mavjud yoki yoʻq
oʻlchash birligi mavjud emas.
Misol
Moosa minerallarining qattiqlik shkalasi (Brinnel, Vikkers, Rokvell, Shor va
jismlarning qattiqlik shkalalari yorugʻlik sezuvchan shkalalari (yorugʻlik sezuvchanlik) ishqorli, yodli, gidroksilli, efirli sonlar shamol kuchining balli (Bofort shkalasi boʻyicha, yer silkinish (qimirlash) kuchi (Rixter shkalasi boʻyicha),
atom elektrostansiyalaridagi portlashlar (MAGATE shkalasi boʻyicha) va buzilishlarga mustahkamligi.
Quyidagi 1-jadvalda qattiqlikning minerologik shkalasi keltirilgan.
1-jadval
Qattiklikning minerologik skalasi
Do'stlaringiz bilan baham: |