Mavzu: xalqaro temperatura shkalasi reja
-rasm. Tartib (qatorlar) shkalasini quirsh
Download 1.26 Mb.
|
Ularning turlari. Xalqaro temperatura shkalasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Intervallar shkalasi Oraliqlar (interval) shkalasi, unda
- 7-rasm. Selsiy va Farangeyt shkalari.
6-rasm. Tartib (qatorlar) shkalasini quirsh.Tartib (qatorlar) shkalasida hech qanaqa matematik amallar aniqlanmaydi. Tartib (qatorlar) shkalasidan Qi – kattalik qanday aniq qiymatga ega ekanligini, shuningdek u Qj – kattalika nisbatan necha marta (yoki qanch qiymatga) katta yoki kichik ekanligini aniqlash mushkul. Shunday boʻlsada tartib (qatorlar) shkalasi ancha keng qoʻllanilishga ega [25]. Intervallar shkalasi Oraliqlar (interval) shkalasi, unda:ekvivalentlik munosabati qoʻllaniladi katta-kichik turida tartib munosabati qoʻllaniladi proporsionallik munosabati qoʻllaniladi jamlash munosabati qoʻllaniladi kelishuv boʻyicha oʻrnatilgan nol tushunchasi mavjud kelishuv boʻyicha belgilangan oʻlchash birligi mavjud. Oraliq shkalasida oʻlchanadigan kattaliklarning oʻlchamlari aniq intervallarda (oraliqlarda) joylashtiriladi. Bunda aytish mumkinki, boshlangʻich va oxirgi tayanch (reper) nuqtalar tanlab olinadi va bu tayanch nuqtalar oraligʻi ma’lum sondagi intervallarga ajratib chiqiladi. Masalan, Selsiy shkalasida boshlancʻich taynch (reper) nuqta sifatida muzning erish nuqtasi (0 C), oxirgi tayanch (reper) nuqta sifatida suvning nominal atmosfera bosimida qaynash temperaturasi (100 C) olingan. Ikkala tayanch (reper) nuqtalar orasidagi masofa teng 100 boʻlakka ajratilgan (7-rasm). 7-rasm. Selsiy va Farangeyt shkalari.Intervallar shkalasi, tartib shkalasidan farqli oʻlaroq, nafaqat toʻplam elementlarini saralashga imkon beradi, balki elementlar orasidagi ma’lum intervallarni ham belgilaydi. Intervallar shkalasi orqali additiv matematik amallar aniqlanadi. Intarvallar shkalasga misol sifatida quyidagilarni keltirish mumkin Qiymatlari Metrik Konvensiya mamlakatlari oʻrtasidagi kelishuv boʻyicha qabul qilingan va aniq oʻlchashlar asosida belgilangan reper nuqtalar qatoridan tuzilgan Xalqaro harorat shkalasi haroratni oʻlchash uchun boshlangʻich asos boʻlib xizmat qiladi. Vaqt intervallari shkalasi. Vaqt intervallari shkalasi boʻyicha oraliqlarni (intervallarni) qoʻshish (ayirish) va bir interval ikkinchisiga qaraganda qanchaga katta (kichik) ekanligini taqqoslash mumkin, lekin qandaydir hodisa vaqtini qoʻshishning hyech qanday ma’nosi yoʻq. Uzunlik shkalasi (uzunlik oʻlchovlari chizgʻichlar, ruletkalar, kalibrlar va h.k.). Selsiy, Farangeyt, Reomyura va boshqa harorat shkalalari. Quyidagi 7-rasmda Selsiy (C), Reomyur (R), Farengeyt (F) va Kelvin shkalalarining qurilishi tasvirlangan. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling