Mavzu: Xamirdan tayyorlanadigan mahsulotlar Reja
Download 0.77 Mb.
|
Mavzu Xamirdan tayyorlanadigan mahsulotlar Reja
Arpabodiyon (Anisum) — ziradoshlar oilasiga mansub bir yillik o‘tlar turkumi; 2 turi bor. O‘zbekistonda oddiy arpabodiyon (A. Vulgare) ekiladi. Uning pastki barglari buyraksimon (yoki uch bo‘lakli), yirik arra tishli, yuqoridagilari ipsimon bo‘lakchalarga bo‘lingan. Gullari mayda, oq, murakkab soyabonga to‘plangan. Arpabodiyonning mevasi tarkibida 3,2%, ba’zan 6% gacha efir moyi va 28% gacha boshqa moylar bor. Efir moyi tarkibida 90% gacha anetol bo‘ladi. Mevasi va efir moyidan tayyorlangan preparatlar balg‘am ko‘chiruvchi sifatida qo‘llaniladi. Arpabodiyon mevasi va efir moyi oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi.
Arpabodiyon (pazandalikda) — shirmoy nonlarning paygari (hamir-turushi)ni tayyorlashda ishlatiladi. Arpabodiyon urug‘i chinni choynak yoki biron idishga solib damlanib, so‘ngra uning suviga maydalangan no‘xat ivitiladi, ma’lum muddatdan so‘ng hosil bo‘lgan ko‘pikka un aralashtirib, hamirturush olinadi. Kashnich (Coriandrum) — soyabonguldoshlar oilasiga mansub bir yillik o’simliklar turkumi, efir moyli va ko’kat-sabzavot ekini. O’rta dengiz atroflarida 2 turi, O’rta Osiyoda 1 turi — ekiladi. Yevropa, Shim. Afrika, Osiyo, Shimoliy Amerika mamlakatlarida, Ukraina, Rossiyaning markaziy qoratuproq viloyatlarida xo’jalik maqsadlarida ekiladi. Urug’idan yetishtiriladi. Kashnich poyasi qirrali, sershox, barglari uzun bandli. Gullari oq yoki pushti; soyabonlarga to’plangan. Mevasi yumaloq. Bir urug’i ochilmaydigan ikki mevachadan iborat. Sovuqqa chidamli. Erta bahordan kech kuzgacha ekish mumkin. Nihollari 32— 34 kunda ko’kat sabzavot holida foydalanishga yaroqli bo’ladi. Urug’i 90—95 kunda pishadi. 1000 dona urug’i vazni 5—8 g . Kashnichning barglarida kaliy tuzlari, oqsillar, vitamin Vr V2, S, R, provitamin A mavjud. Urug’ida 0,2— 1,4% efir moyi va 16—28% texnik moy bor (parfyumeriya, qandolatchilik, oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi). Kashnich ko’kati sho’rva, go’shtli va sabzavotli ovqatlarga, urug’i va yosh maysalari ziravor sifatida go’sht sirkalashda ishlatiladi. Souslarga solinganda xushbo’y ta’m beradi. Kashnich asalshirali o’simliklar guruhiga kiradi. Urug’ bo’yicha hosildorligi 8—15 s/ga. O’zbekistonda Kashnichning Yantar ("Qahrabo") navi 1953, Orzu navi 1999, Orom navi 2001 yildan rivojlangan. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling