Mavzu: Xarajatlar smetasining mazmuni va ahamiyati
Download 269.09 Kb.
|
zilola.Xarajatlar smetasi
Mavzu:Xarajatlar smetasining mazmuni va ahamiyati.Xarajatlar smetasi- byudjet tashkilotining unga ajratilgan byudjet mablag`larining hajmi, maqsadli yo`nalishi va yil choraklari bo`yicha taqsimlanishini belgilab beruvchi asosiy moliyaviy hujjati.Byudjet tashkilotlarida smetalarning quyidagi turlari qo`llaniladi:Yakka Jamlanma
Byudjetdan Markazlashgan Yakka smetalar- yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan alohida olingan muassasa bo`yicha tuziladi. Masalan, muayyan hududda joylashgan yuridik shaxs maqomida faoliyat yurituvchi Davlat Sog`liqni Saqlash Muassasasi mustaqil ravishda byudjetdan to`lanishi ko`zda tutilgan o`z xarajatlarini yakka smeta asosida rejalashtiradi.Jamlanma smetalar-yuridik shaxs maqomiga ega bo`lmagan va tegishli davlat boshqaruvi organlari huzuridagi markazlashtirilgan buxgalteriyalar va tegishli hokimiyatlarning buxgalteriyalari tomonidan xizmat ko`rsatilayotgan tashkilotlar bo`yicha tuziladi.Byudjetdan tashqari mablag`lar bo`yicha smeta- tashkilotlar tomonidan joriy moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan hujjat bo`lib, unda tashkil bo`lish manbalari va ushbu mablag`larning qonunchilikka muvofiq foydalanish yo`nalishlari ko`rsatilgan holda, byudjetdan tashqari daromadlar tushumlarining hajmlari aks ettiriladi.Markazlashgan tadbirlar uchun smetalar- vazirliklar, idoralar va hokimiyatlar boshqarmalari va bo`limlari tomonidan markazlashtirilgan holda amalga oshiriladigan xarajatlar bo`yicha tuziladi va har bir markazlashgan tadbir uchun alohida ishlab chiqiladi.Xarajatlar smetasi va byudjetdan tashqari mablag`lar bo`yicha smeta bir yillik muddatga 1- yanvardan 31- dekabrgacha bo`lgan davrda tuziladi.Vaqtinchalik xarajatlar smetasi- byudjet tashkilotining xarajatlar smetasi tasdiqlanguniga va ro`yxatdan o`tkazilguniga qadar amal qiladigan hujjat bo`lib, unda qonun hujjatlaridagi o`zgartirishlar hisobga olingan holda uning uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratilgan mablag`lar har oy uchun aks ettiriladi.“Kelgusi moliya yilining birinchi choragi uchun byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag`lari oluvchilarning vaqtinchalik xarajatlar smetalari joriy moliya yilining 25-dekabrigacha tuziladi, tasdiqlanadi, va ro`yxatdan o`tkaziladi.”Smeta xarajatlari quyidagi xarajat guruxlari bo`yicha rejalashtiriladi: 1.Ish haqi va unga tenglashtirilgan to`lovlar. 2.Ish beruvchilarning ajratmalari. 3.Kapital qo`yilmalar. 4.Boshqa xarajatlar.1-guruh-Ish haqi va unga tenglashtirilgan to`lovlarga quyidagi xarajat turlari kiradi: -Ish haqi; -Ta`lim muassasalarining o`rnak ko`rsatgan xodimlarini rag`batlantirish Direktor fondi mablag`lari; -Stipendiyalar.2-guruh-Ish haqiga ustamalar.Bu guruhda mehnat haqi fondiga nisbatan foizlarda hisoblanadigan yagona ijtimoiy to`lov summasi aks ettiriladi.Xarajatlar hisoblab chiqilgan mehnat haqi fondi summasiga o`rnatilgan foizlarda hisoblanadi.3-guruh-Kapital qo`yilmalar guruhi bo`yicha xarajatlar Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq ro`yxatlarga muvofiq alohida tarzda rejalashtiriladi.Bu xarajatlar alohida byudjet tashkilotining smetasida rejalashtirilmaydi.4-guruh – Boshqa xarajatlar tarkibiga quyidagi xarajat turlari va ularga xos xarajat kodlarikiradi: -Xizmat safar xarajatlari -Kommunal xizmatlarni to`lash xarajatlari -Telefon,telekommunikatsion va axborot xizmatlari xarajatlari -Joriy ta`mirlash xarajatlari4-guruh bo`yicha xarajatlarni rejalashtirishning o`ziga xos xususiyatlari: -amaldagi narxlar va ta`riflar asosida hisoblab chiqariladi; -natural shaklda ajratilgan limitlar asosida aniqlanadi; -hisoblagichlarning ko`rsatkichlari bo`yicha o`tgan yildagi haqiqiy xarajatlar inobatga olinadi;Download 269.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling