Mavzu: Xarakter haqida tushuncha
Download 19.02 Kb.
|
4.Xarakter haqida tushuncha — копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar ro’yhati
5. Xarakter tarkibiOdam xarakterining tarkibi turli xususiyatlari tasodifiy yig`indisidan iborat emas. Xarakterning ayrim xususiyatlari bir - biriga bog`liq, biri - biriga tobe yaxlit organizmni hosil qiladi. Mana shunday yaxlit organizm xarakter tarkibi deb ataladi. Masalan, odamning takabbur va shuhratparastligini bilsak, uning ichi qora, qorako`ngilli deb, kamtarligini bilsak, ko`ngilchan deb aytamiz. Hozirgi zamon psixologiyasida shaxsning turli munosabatlari bilan belgilanadigan xarakter xususiyatlarining to`rtta tizimi farqlanadi. 1. Jamoa va ayrim odamlarga bo`lgan munosabatlarini ifodalovchi xususiyatlar (yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, takabburlik va shu kabilar). 2. Mehnatga bo`lgan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar: (mehnatsevarlik, yalqovlik, vijdonlilik, mehnatga mas`uliyat yoki mas`uliyatsizlik bilan munosabatda bo`lish kabilar). 3. Narsalarga bo`lgan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar (ozodalik yoki ifloslik, narsalar bilan ayab yoki ayamasdan munosabatda bo`lish kabilar). 4. Odamning o`z - o`ziga bo`lgan munosabatini ifodalovchi xususiyatlar (izzat - nafslilik, shuhratparastlik, mag`rurlik, o`zini katta olish, kamtarlik kabilar). Bundan tashqari, kamroq ahamiyatga ega bo`lgan boshqa juda ko`p xususiyatlar ham mavjud: o`ziga ishonish, o`zbilarmonlik, o`ziga bino qo`yish, maktanchoqlik kabilar. Xarakterning hamma xususiyatlari bir - biri bilan bog`liq, kishining xarakteri nisbatan bir butundir. Xarakterning tarkibi faqat ayrim xususiyatlarining o`zaro bog`liqligi bilan emas, balki bir butun xarakterga xos bo`lgan xususiyatlar bilan belgilanadi. Xarakterning xususiyatlari jumlasiga birinchidan, ularning chuqurlik darajasi kiradi. Shaxsning markaziy asosiy munosabatlari bilan belgilanadigan xususiyatlarini biz xarakterni birmuncha chuqurroq xususiyatlari deb ataymiz. Masalan, barkamol shaxsda odamlarga, jamoa va mehnatga nisbatan vijdonan munosabatda bo`lish bilan belgilanadigan xususiyatlar chuqurroq xususiyatlar hisoblanadi. Ikkinchidan, xarakter kuchi yoki faolligi . Xarakter faolligi xarakter xususiyatlarining kishini biror narsaga undash kuchi bilan tashqi sharoitlarga qarshilik ko`rsatish darajasi bilan belgilanadi. Uchinchidan, xarakterning tarkibiy xususiyatlariga - uning barqarorlik va o`zgaruvchanlik darajasi kiradi. Xarakter barqarorligi va o`zgaruvchanligi ham moslashish faoliyatining zarur shartlaridandir. Agar tashqi sharoitning o`zgarishi bilan har gal xarakter boshqacha bo`lib, o`zgarib qoladigan bo`lsa, unday paytda odamning xatti -harakatlari tashqi sharoit ta`siriga nisbatan passiv javob reaktsiyasiga aylanib qolgan xatti -harakat batamom passiv moslashishga aylangan bo`lar edi. Odamning xarakter xususiyatlari juda xilma - xil hayot sharoitlarida ham qarshilik qiluvchi sharoit bo`lishiga qaramay uning xatti -harakatlarini boshqaradi. Xarakter ma`lum darajada plastikdir (egiluvchandir). Xarakterning plastikligi ikki xil ma`noga ega, birinchidan, xarakterning plastikligi (egiluvchanligi) xarakterning barqarorligi singari muhim faol ta`sir qilishidir. Ikkinchidan, xarakter ma`lum darajada plastik bo`lganligi uchungina istalgan odamning xarakterini tarbiyalay va qayta tarbiyalay olamiz. Kishiga mustahkamlanib, uning shaxsiy xususiyatiga aylanib qolgan iroda sifatlari xarakterning iroda bilan bog`liq bo`lgan xislatlaridir, bu sifatlar alohida ko`rinib emas, balki shaxsning fazilatiga aylanib qoladi, qat`iyat, sabr – toqat, chidamlilik, dadillik, o`zini tuta bilish, mustaqillik, intizomlilik, mas`uliyatni his qilish, o`z - o`zini tanqid axloqiy xislatlardir. Adabiyotlar ro’yhati Дaвлeтшин М. Г. Umumiy psixologiya Т., TDPU, 2000 Gʻoziev .Gʻ. Umumiy psixologiya 1-2 tom. Т., Fan,2002 Karimova.M.V. Psixologiya –Toshkent 2000. Internet saytlar www.childpsy.ru www.ziyonet.uz www.psychology. ru Download 19.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling