Biologik xususiyatlari. Urug’lari 10 0S haroratda ko’karib boshlaydi. Urug’larni ko’karishi uchun muqobil harorat 20 0S. O’zbekiston sharoitida mog’or maysalari havo qurg’oqchiligidan kuchli zararlanadi. yer muzlasa maysalar nobud bo’ladi.
Bu o’simlik qurg’oqchilikka chidamli. Tuproqda namlik yetishmasa bo’g’in ildizlari hosil qilmaydi va o’simlik anabioz holatiga o’tganday bo’ladi. Sug’orilishi yoki yomg’ir yog’ishi bilan o’simlikda o’sish davom etadi. O’simlikning me’yorida o’sib rivojlanishi uchun tuproqdagi namlik CHDNS 60-70 % kam bo’lmasligi talab qilinadi. Transpiratsiya koyeffitsiyenti 250-300.
Tuproqqa talabchanligi kam. Qumli, qumoq, og’ir tuproqlarda ham o’saveradi. Dastlabki rivojlanish fazalarida sekin rivojlanganligi sababli u begona o’tlardan zararlanishi mumkin. Mog’or ham unumdor, organik moddalarga boy, begona o’tlardan toza tuproqlarda yaxshi o’sadi.
U oziqa elementlariga talabchan, ayniqsa azotli o’g’itlarga. O’rtacha 1 t pichan hosilini shakllantirishi uchun tuproqdan 17-20 kg azot, 5-6 kg fosfor. 15-20 kg kaliy o’zlashtiradi.
Unib chiqish fazasidan keyin 17-25 kun o’tgach tuplanish fazasi boshlanadi. Quruq moddani eng jadal to’planishi ro’vaklashdan gullashgacha davom etadi. O’sish davri 90-130 kun.
Do'stlaringiz bilan baham: |