Mavzu: Xashaki o’t urug’larning tavsifi va ularning xalq xo’jaligidagi ahamiyati. Reja: Xashaki o’t urug’larning tavsifi 2
Download 298.58 Kb.
|
YEM-XASHAK O’TLARNING AHAMIYATI
Botanik xususiyati. Sebarga Trifolium L. avlodiga 300 dan ortiq turlar kiradi. SHulardan 20 tur ekiladi. Uning ko’p yillik va bir yillik, yovvoyi va madaniy turlari mavjud. Oziqa uchun qizil sebarga (Tr.pratense L.), oq sebarga (Tr.repens L.) pushti sebarga (Tr.ubridum L.) ko’p ekiladi.
Qizil sebarga ikkita navlar guruhidan iborat: ertapishar yoki ikki o’rimli(var. prassox), va kech pishar bir o’rimli (var. serotinum). Ikki o’rimli sebarga janubiy-mintaqalarda, bir o’rimli sebarga shimoliy-sharqiy mintaqalarda ko’p ekiladi. Janubiy sebarga shimoliy sebargaga nisbatan past bo’yli serbarg, qishga chidamligi past bo’ladi. Janub sebargasi ekilgan yili urug’ beradi, shimoliy sebarga faqat barglar to’plamini hosil qiladi. Ikki o’rimli sebarga poyasida 5-7, bir o’rimlisida 7-9 va undan ko’p bo’g’in oralig’i bo’ladi. Ildiz tizimi o’q ildiz va tuproqda 2-2,5 m chuqurlikka kirib 50-60 sm atrofga tarqaladi. Poyasi yumaloq, ichi kovak, tuklar bilan qoplangan. Barglari murakkab, uchtalik. Mevasi dukkak. Urug’i tuxumsimon shaklda, 1000 urug’ vazni 1,6-1,8 g. Qizil sebarga qishga chidamli o’simlik. Hayotining birinchi yili -15 0S sovuqqa chidaydi. Keyingi yillarda sovuqqa chidamligi pasayadi. Urug’lari 1-2o S haroratda unib chiqa boshlaydi. O’sishi, rivojlanishi uchun maqbul harorat 15-29 oS. Bahorda o’sishni boshlanishidan birinchi o’rimgacha 950oS ikkinchi o’rimgacha 600-800oS harorat zarur. Qizil sebarga - namsevar o’simlik. Uzun kun o’simligi. Transpirasiya koyeffisiyenti 500-600, tuproqdan namlik CHDNSning 80% bo’lganda yuqori hosil beradi. Qizil sebarga har xil tuproqlarda o’sadi. O’zbekistonda sizot suvlar yuza joylashgan o’tloq, o’tloq-bo’z tuproqlarda yaxshi o’sadi. Tuproq muhiti rN -4,5-7 bo’lishi ma’qul. SHonalash davrida 1 t pichan hosil qilish uchun tuproqdan 31 kg azot, 9 kg fosfor, 22 kg kaliy sarflaydi. SHuncha hosil bilan 22 kg azot, 5 kg fosfor, 16 kg kaliy olib chiqadi. Bor va molebdenni tuproqda yetarli bo’lishini qizil sebargadan yuqori hosil olishda ahamiyati katta. Download 298.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling