Orfografik xatolarni tuzatish mashqlari:
— o‘quvchilarga jarangli undosh bilan tugagan so‘zlarni jarangsiz undosh tarzida o‘qib, lug‘at diktanti o‘tkazish;
— tarkibida ketma-ket kelgan bir xil undoshli so‘zlarning yarmini aytib, qolganini o‘quvchi yozishini ta’minlaydigan lug‘at diktanti o‘tkazish. Masalan, al-alla, el-ellik, is-issiq, ar-arra kabi.
So‘z va bosh harflarni tuzatish mashqi:
— so‘zlardagi xatolarni tuzatish uchun o‘quvchilarga shu so‘z ishtirokida gap yozdirish; kichik harf bilan yozilgan so‘zlarni esa ana shu so‘zning kichik va bosh harflar bilan yoziladigan shakllari misolida gaplar tuzish. Masalan,
O‘lkamizga bahor keldi. — Men Bahor ko‘chasida yashayman.
Ona — aziz inson. — Biznikiga Aziz keldi.
Sayyoh orolda qoldi. — O‘qituvchi Orol dengizi haqida gapirib berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |