Mavzu: Xemoretseptsiya. Gormonlar va mediatorlar retseptsiyasi


Download 20.79 Kb.
Sana22.04.2023
Hajmi20.79 Kb.
#1377853
Bog'liq
Xemoretseptsiya. Gormonlar va mediatorlar retseptsiyasi


Mavzu: Xemoretseptsiya. Gormonlar va mediatorlar retseptsiyasi
Xemoretsepsiya (xemo... shretseptorlar) — bir yoki koʻp hujayralilar ixtisoslashgan hujayralarining tashqi muhitdagi hayot uchun muhim boʻlgan kimyoviy moddalardan taʼsirlanishi. X.ning dastlabki jarayoni taʼsirlovchi kimyoviy modda bilan hujayra membranasidagi xemoretseptor oqsil oʻrtasidagi taʼsirdan iborat. X. — evolyutsiya jihatidan eng qad. retsepsiya tipi, barcha tirik organizmlar uchun xos. Koʻpchilik hayvonlar uchun 2 xil X.: interoxemoretsepsiya (koʻp hujayralilar ichki muhitini, jumladan, gormonlar, mediatorlar, antigenlar va boshqalarni analiz qiluvchi) va eksteroxemoretsepsiya (tashqi kimyoviy taʼsirlarni qabul qiluvchi) xos. Yuksak tuzilgan organ izmlarda ixtisoslashgan kimyoviy sezgi organlari — hid bilish, taʼm bilish paydo boʻladi. Bu xiddagi organlar umurtqali hayvonlar va bir qancha umurtqasizlar (mas, hasharotlar)da bor. Bundan tashkari, kam ixtisoslashgan X. — gavda qoplamining taʼsirlovchi moddalarga nisbatan umumiy kimyoviy sezgirligi ham mavjud.
X. koʻpchilik hayvonlarning oziq qidirib topishi, dushmanlari yoki noqulay sharoitdan saklanishi, oʻz turi va oilasi individlari hamda oʻz juftini topib olishda katta ahamiyatga ega. X.ning jamoa boʻlib yashovchi hasharotlar hayotidagi ahamiyati ayniqsa katta. Bunday hasharotlar oilasidagi murakkab fiziologik xattiharakat reaksiyalari (oziq qidirib topish, oʻzaro tobelik munosabatlari) X. bilan bogʻliq.
Fiziologiya (yun. physis — tabiat va...logiya) — organizmlar va ular qismlari, sistemalari, organlari, toʻqimalari va hayot faoliyatini oʻrganadigan fan. Oʻrganish obʼyektiga binoan, odam (qarang Odam), hayvonlar (qarang Hayvonlar fiziologiyasi) va oʻsimliklar fiziologiyasiga boʻlinadi (qarang Oʻsimliklar fiziologiyasi). F. anatomiya, sitologiya, gistologiya va, ayniqsa, biokimyo hamda biofizika bilan uzviy bogʻlangan; u fiziologik jarayonlarni. tushuntiri isha kimyoviy va fizik metodlar hamda tushunchalardan foydalanadi. F. — psixologiya, tibbiyot va veterinariya fanlarining nazariy asosi. F. umumiy, solishtirma (evolyutsion) va xususiy (amaliy) F.ga boʻlinadi. Umumiy F. barcha tirik materiya faoliyatining asosiy qonuniyatlari, uning tashqi muhit taʼsiriga. javob reaksiyasini, tirik obʼyektlarning notirik tabiatdan farq qiladigan xususiyatlarini oʻrganadi. Solishtirma F. hayvonlar organizmi fiziologik funksiyasini filogenetik (qarang Filogenez) va xususiy rivojlanish (qarang Ontogenez) orqali oʻrganadi. Xususiy F. organizmlar, birinchi navbatda odam organizmi hayot faoliyatining qonuniyatlarini tashqi muhit sharoiti bilan bogʻlab oʻrganadi. Shu sababdan xususiy F. mehnat fiziologiyasi, sport F.si, yosh F.si, ovqatlanish F.si, kosmik F. kabi fanlarga ajratiladi. Sogʻlom organizmda kechadigan jarayonlarni oʻrganadigan normal F. va kasal organizmdagi jarayonlarni oʻrganadigan patologik F. xam farq qilinadi.
F,— eksperimental fan. Fiziologik tadqiqotlar oʻtkir (viviseksiya, ajratilgan organlar, perfuziya metodlari) yoki surunkali eksperimentlar (shartli reflekslar metodi, fistula qoʻyish, transplantatsiya, elektrodlar kiritish va boshqa metodlar) yordamida oʻtkaziladi.
Yaxlit organizm funksiyasini oʻrganishda elektroensefalografiya, elektrokardiografiya, miografiya, biotelemetriya metodlaridan foydalaniladi.
F. sohasidagi dastlabki maʼlumotlar tibbiyot bilan bogʻlangan boʻlib, qadimdan maʼlum. Gippokrat ishlaridayoq organizmdagi suyuklik, suyuq va quyuq moddalar nisbati toʻgʻrisida xabar beriladi. Aristotel "Hayvonlar qismlari toʻgʻrisida"gi asarida bir qancha ichki organlar funksiyasi toʻgʻrisida yozadi. Galen ishlarida F.ga katta ahamiyat berilgan. U. nerv sistemasi, yurak va boshqa organlarning umumiy funksiyasi toʻgʻrisida maʼlumot beradi. Uygʻonish davrida dastlab organizmlar har xil sistemalarining anatomik tuzilishi, keyinchalik fiziologik funksiyasi jadal oʻrganila boshlandi (A.Vizaliy, M.Malpigi va boshqa ishlari). Hayvonlar ustida keng miqyosda tadqiqotlar olib borilishi natijasida U. Garvey kon aylanish sistemasini ochdi (1628); R.Boyl hayvonlar hayotida havoning ahamiyatini koʻrsatib berdi (1660); A.Lavuazye bu jarayonda kislorodning ahamiyatini aniqladi va hosil boʻladigan issiqlik miqdorini oʻlchadi (1775). R.Dekart miya funksiyasining qaytarish (reflektorlik) xususiyati toʻgʻrisida oʻz fikrini bildirdi (1649); uning bu fikrini 2 asrdan soʻng fransiya olimlari J.Legallua, P.Fluransa, F.Majandi, ingliz olimi M.Xoll va Ch.Bella tajribalar orqali tasdiklashdi. F.ning rivojlanishida L.Galvanining organizmlardagi bioelektrik jarayonlarni kashf etishi katta ahamiyatga ega boʻldi. Bu kashfiyot tufayli zamonaviy elektrofiziologiyaga asos solindi.
19-asrdan boshlab fizika, kimyo va umumiy biol. sohasidagi kashfiyotlar (toʻqimalarning hujayraviy tuzilishi va evolyutsion taʼlimotning yaratilishi) tufayli organizmlar funksiyasini batafsil oʻrganish boshlandi. 19-asrda miyaning reflektorlik faoliyati mexanizmini oʻrganishga asos solindi; bu borada I.M.Sechenovnchng markaziy tormozlanish tabiatini oʻrganish sohasidagi ishlari katta ahamiyatga ega boʻldi; bosh miya katta yarimsharlari poʻstlogʻining sensorlik va oʻtkazuvchanlik funksiyalari toʻgʻrisida dalillar olindi (nemis olimlari G.Fricha, E.Gitsiga ishlari); eshitish va koʻrish taʼlimotlari yaratildi (nemis olimlari G.Gelmgolts, E.Gering); nafas olish va yuraktomir faoliyatining nerv regulyatsiyasi aniqlandi (ingliz olimi K.Bernar, nemis olimi K.Lyudvich, ukrain olimi V.Ya.Danilevskiy, A.A.Mislavskiy ishlari); ovqat xazm qilish faoliyatining fermentativ mexanizmlari, ularning nerv va gumoral boshqarilishi yoʻllari ochib beridsi (nemis olimi R.Geydengayn, rus olimi I.P.Pavlov); ichki sekretsiya bezlari kashf qilindi va fiziologik funksiyalarning boshqarilishida gormonlar ahamiyati ochib berildi (fransuz olimi Sh.BrounSekar); qonning transport va himoya funksiyasi koʻrsatildi; organizm ichki muhitining doimiyligi (gomeostaz) va uning mexanizmlari toʻgʻrisidagi tushunchalar shakllandi (K.Bernar, I.I.Mechnikov).
20-asrda fiziologik eksperimentlarda elektron kuchaytirgichlar, katodli ossillograflar, elektron mikroskop va boshqalardan foydalanish tufayli fiziologik funksiyalarni tadqiq qilish imkoniyatlari kengaydi. Buning natijasida hujayrada kechadigan va organizm barcha funksiyasi asosini tashkil etadigan jarayonlarni bevosita oʻrganish mumkin boʻldi. Xususan, tashqi qoʻzgʻatuvchilar retsepsiyasining hujayra mexanizmi, nerv impulslarining paydo boʻlishi va tarqalishi, sinaptik oʻtkazish va tormozlanish tabiati; muskul qisqarishi va sekretsiya mexanizmlari aniklandi; retseptorlardan markaziy nerv sistemasiga uzatiladigan signallarning kodlanishi va uzatilishi, nerv markaziga yetib keladigan axborotning har xil darajada qayta ishlanishi ochib berildi. I.P.Pavlov va shogirdlari shartli reflektorlik va ong asosini tashkil etadigan, bosh miya oliy boʻlimlarida kechadigan nerv jarayonlari umumiy qonuniyatlarini koʻrsatib berishdi. Ichki sekretsiya bezlari funksiyasini oʻrganish tufayli F.ning mustaqil soxasi — endokrinologiya paydo boʻldi. Gormonlar va mediatorlar tarkibi aniqlanib, koʻpchilik gormonlar va ular taʼsirini tormozlovchi moddalarning sintezlanishi zamonaviy farmakologiyaning asosi boʻldi. Nafas olish, yuraktomir, ekskretor va boshqa sistemalar funksiyasining hujayra va sistema mexanizmlari ham batafsil oʻrganildi. A.M.Ugolov va shogirdlari tomonidan oziq moddalarning ichak membranasida hazm boʻlishi mexanizmi ochib berildi.
Zamonaviy F.da odam va hayvonlarning psixik faoliyati mexanizmini oʻrganishga katta eʼtibor berilmokda. Bu muammoni hal etishda bosh miya yarimsharlari funksiyasini batafsil oʻrganish, shartli reflekslar nozik neyronal mexanizmlarini tadqiq qilish katta ahamiyatga ega. Hozirgi uyqu, emotsional va eksperimental nevrozlar mexanizmi ustida ham tadqiqotlar olib borilmoqda. Turli sensor sistemalarning axborotni qabul qilishi, uzatishi va qayta ishlashini oʻrganishda olingan maʼlumotlar nutqning shakllanishi, uni tushunib olish, koʻrilgan obrazlar va eshitilgan tovush signallarini farklash mexanizmini bilishga yordam beradi. Odam turmushi va mehnat sharoitiga turli ekstremal omillar (emotsional stress, iqlim va boshqalar) taʼsirini va muxit sharoitiga organizm moslashuvini tadqiq qilish ham bugungi F.ning vazifasiga kiradi. Miya xotira funksiyasiga taklid qiladigan modellarning yaratilishi zamonaviy F.ning eng soʻnggi yutuqlaridan biri boʻldi.
Download 20.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling