- Siydik yo‘llarini rentginologik tekshiruvdan o‘tkazish uchun kontrast moddaning 0.5-1.5 ml sinamasi yuboriladi. Doriga sezuvchanlik kuzatilmasa tomir ichiga jo‘beriladi. Tana haroratining ko‘tarilishi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qayd qilish, yurak o‘ynashi, eshak yemi paydo bo‘lishi va boshqalar kuzatilganda shifokorga murojaat qilinadi. Kechqurun va kunduzi tekshiruvdan 2 soat oldin yel chiqaruvchi naycha o‘rnatiladi. Tekshiruvdan oldin bola siyib olishi kerak. Agar ichak faoliyati buzilgan bo‘lsa ichaklarda katta miqdorda gaz paydo bo‘ladi, bunday xollarda qaytadan xuqna qilinadi.
●Endoskopik tekshiruv metodi haqida - Endoskopiya-shilliq qavatini ko‘rish, deformatsiya, yara va qon ketish manbasini, o‘smalarni va poliplarni aniqlash imkonini beradi. Maxsus uskunalar yordamida tekshirilayotgan organning ma‘lum qismlarini suratga tushirish va mikroskop tekshiruv o‘tkazish uchun biopsiya o‘tkazish (shilliq qavat, o‘sma hosilasini), kerak bo‘lgan preparatlarni yuborish imkonini beradi.
- Ezofagoskopiya (me‘da tekshiruvi)
- Kolonoskopiya (yo‘g‘on ichak tekshiruvi )
- Intestinoskopiya (ingichka ichak tekshiruvi )
- Fibroezofogogastroduodenoskopiya
- Rektoromanoskopiya
- Endoskopiya (siydik pufagi tekshiruvi)
- Bronxoskopiya (traxeya va bronxlar tekshiruvi )
●Ezofagogas- troduodenos- kopiya - Tekshiruv kuni bemor bola xech narsa iste’mol qilmaydi va ichmaydi. Shoshilinch xolatlarda oshqozon ichaklardan qon ketayotganda yoki tezkor tekshiruvlarda tayyorgarliksiz zudlik bilan ezofagogastroduodenoskopiya o‘tkaziladi. Tekshiruvlardan 1.5-2 soatdan so‘ng ovqatlanishga ruxsat beriladi.
- Bolalarni tekshiruvdan 2-3 kun oldin tayyorlash boshlanadi. Gaz chiqaruvchi oziq-ovqat mahsulotlari taqiqlanadi. Agliadinliy dieta buyuriladi, u go‘sht , baliq, guruch, va grechkadan iborat. Tekshiruv kunida peshindan keyin kastora yog‘i o‘chiriladi, kechqurun 1-1.5soat oraliq bilan gaz xaydovchi nay o‘rnatiladi. Kechki ovqatni qandli diabeti bor va ichak tizimi faoliyati buzilgan bolalarga tavsiya etiladi. Ertalab tekshirindan 2 soat oldin tozalovchi klizma qilinadi va yel xaydovchi naycha o‘rnatiladi. Yoshi kattalarga ,,Endofalka‘‘ sxema bilan 200 ml xar 10 minutda yoki 1 litrdan xar soatiga buyuriladi. Oshqozon va yo‘g‘on ichakdan qon ketishda xech qanday tayyorgarliksiz olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |