- Rektoromanoskopiya muolajasini bajarishda kechasi va kunduzi tozalovchi xuqna qo‘yiladi. Ich qotganda 15% magniy sulfat eritmasi 0.5-1 osh qoshiqdan 3 maxal kuniga har kuni klizma qilinadi.
●Kapsulali endoskopiya tekshiruviga bemorlarni tayyorlash - Kapsulali endoskopiya tekshiruviga bemor bolalarni tayyorlashda o‘smir yoshdagi bolalarga maxsus tayyorgarlik shart emas. Asosiy maqsadi kapsulani yutishdan 8 soat va yutgandan 2 soatdan so‘ng hech narsa yeyilmaydi. Videokapsula-o‘lchami juda kichik shaklda 11×26 mm, biopolimer moddadir. Bu asosan oshqozon-ichak trakti izga tushishi uchun bu kapsuladan foydalaniladi. Bu muolajani bir marta qo‘llash tavsiya etiladi. Tibbiyot hamshirasi maxsus muolajaga tayyorlashda kamarni bemorga kiygizib datchikni keraklicha qilib o‘rnatadi. Kapsulali ichakda erimasdan yutilgan xolatida ichaklar peristaltikasiga uchrab organizmdan chiqib ketadi va bunda har daqiqasida 2 tadan kadr olishga ulgurish kerak. Video Kapsulali olish vaqtda bemor katta kuchga ega tok oldida turmasligi tavsiya etiladi.
- Laparoskopiya tekshiruvida oshqozon-ichak tizimi rentgen tekshiruvidan o‘tkazildi, qonning ivuvchanligi kuzatiladi, protronbin indeksi belgilanadi. Kechqurun klizma qilinadi va hech narsa yeyilmaydi. Bunda bemorlarning umumiy xolatidan kelib chiqib ovqatlantiriladi.
●Bronxoskopiya tekshiruviga bemorlarni tayyorlash - Bemorlar muolajadan 2-3 soat oldin yengil ovqatlanib oladi. Bu muolaja och qoringa yoki ovqatlangandan 2-3 soat keyin o‘tkaziladi. Muolajadan so‘ng bemorning vaziyati va undagi reaksiyalar va og‘riqsizlantirish usullari xamda qon ketish sabablariga oydinlik kiritiladi. Muolaja vaqtida bemorlarda tushdan ketish, turli og‘riqlar, qon ketishi kabi noxush holatlar kuzatilishi mumkin.
●Ultratovush tekshiruv usuli haqida - Ultratovush tekshiruv usuli (UTT) – turli tovush to‘lqinlarini o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan yuzalardan tovush to‘lqini manbasidan megagerslardan tarqaladigan to‘lqinlar yordamida tekshiruvdan iborat bo‘lgan metodi. O‘tkazuvchanlik darajasi organ zichligi va elastikligiga bog‘liq . UTT (sonografiya) yurak (exokardiografiya) va tomir (doplerografiya), qalqonsimon va qalqonoldi bezi, qorin sohasi organlari, buyrak va kichik chanoq bo‘shlig‘i organlari (siydik pufagi, bachadon, tuxumdonlar, prostata bezi), ko‘z va miya kasalliklarida qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |