Konfutsiylikning asoschisi Qadimgi Xitoy mutafakkiri Kun-sztidir(孔子,仲尼mil.avv.551-479). - Konfutsiylikning asoschisi Qadimgi Xitoy mutafakkiri Kun-sztidir(孔子,仲尼mil.avv.551-479).
- 1949 yilga qadar Konfutsiychilik Xitoyda rasmiy mafkura edi. Yigirmanchi asrning 50-yillaridan boshlab bir necha o‘n yillar davomida Konfutsiylik vaxshiylarcha ta’qib etildi, ammo vaqt o‘tib, mamlakat inqirozni hal qilish zaruratiga duch kelganda, Xitoy jamiyati yana Konfutsiy va uning izdoshlari ta’limotlariga murojaat qildi.
Konfutsiy qarashlarini shogirdlari bilan o‘zaro suhbatlarda bayon qilganligi sababli yozma manbalarni qoldirmagan. Uning g’oyalarini shogirdlari va do‘stlari yozib borgan. Mazkur hujjatlar asosida keyinchalik «Lun’-yuy论语» («suhbat va mulohazalar») nomli kitob chop qilingan. - Konfutsiy qarashlarini shogirdlari bilan o‘zaro suhbatlarda bayon qilganligi sababli yozma manbalarni qoldirmagan. Uning g’oyalarini shogirdlari va do‘stlari yozib borgan. Mazkur hujjatlar asosida keyinchalik «Lun’-yuy论语» («suhbat va mulohazalar») nomli kitob chop qilingan.
- O'sha davrda davlatda o'zaro urushlar kuchayib, ijtimoiy barqarorlik yo'qolgan. Shu bois Konfutsiy jamiyatni mustahkamlashning diniy- axloqiy asoslarini ishlab chiqishga, ijtimoiy barqarorlikka esa qadimgi e'tiqod va an'analarni qayta tiklash bilan erishishga intilgan. Mutafakkir kishilarni osmonga va ajdodlar ruhiga sig'inishning ilgarigi ahamiyatini qayta tiklashga da'vat etgan.
- Konfutsiy qarashlarida insonparvarlik yotadi."Insonparvarlik(ren-仁)" tushunchasining mohiyati – odamlarni "oliyjanoblik" bilan boshqarish va ularni “sahovat” bilan boqish va birinchi navbatda odamlarni boyitish va faqat keyin ularni o‘qitib - o‘rgatish deb hisoblaganlar konfutsiychilar.
Qadimgi an'analarga ko'ra, dunyo tartibli va o'zaro aloqador abadiy ibtido bo'lib, bir xil qonuniyatlar asosida spiralsimon rivojlanadi. Odam o'zaro aloqador va tartibli olamda o'z o'rnini topishi kerak. Buning uchun u mukammallikka intilishi zarur. - Qadimgi an'analarga ko'ra, dunyo tartibli va o'zaro aloqador abadiy ibtido bo'lib, bir xil qonuniyatlar asosida spiralsimon rivojlanadi. Odam o'zaro aloqador va tartibli olamda o'z o'rnini topishi kerak. Buning uchun u mukammallikka intilishi zarur.
- Konfutsiy mukammallikka intiluvchi «ideal kishi» to‘g’risidagi g‘oyani ishlab chiqqan. Olam bilan hamohang yashashga qodir bo’lgan insonni «olijanob kishi», uning antipodini «past kishi小仁» deb atagan. Ideal kishiga quyidagi beshta sifat xos: hissiylik, burch, bilim, me'yorni bilish hissi va ishonch.
Do'stlaringiz bilan baham: |