Mavzu: Xitoy tilining fonetik hususiyatlari


Download 0.69 Mb.
Sana05.05.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1426795
Bog'liq
Xitoy tilida ekspressivlikning fono-stilistik usullari

Mavzu: Xitoy tilida ekspressivlikning fono-stilistik usullari

bajardi Begmatov Sh Tekshirdi: Shodiyeva m. n.

  • Xitoy tili yozuvi va alifbosi boshqa tillardan ajralib turadi . Xitoy tilida iyeroglifik yozuv bo'lishi bilan birgal uning harfiy tizimi ham mavjuddir . Bu tizim PINYIN deb atalib , iyerogliflarni o'qish uchun . qo'llaniladi . Xitoy tilida asosiy birlik bo'g'in hisoblanadi . Yagona fonetik birlikni hosil qiluvchi bir yoki bir nechta tovushlardan iborat eng kichik nutq birligi bo'g'in deb ataladi . Xitoy tilida bir bo'g'in ikki qismga bo'linadi . Bo'g'in boshidagi undosh tovush SHENMU , undan keyingi bo'lagi esa YUNMU deb ataladi . Hozirgi zamon xitoy adabiy tilida ( Putunhua ) da 21ta shenmu mavjud . Quyidagi rasmda yunmular ( yuqorida ) va shenmular ( pastda ) ni ko'rishiz mumkin :
  • Xitoy tilidagi morfema va sodda soʻzlar odatda bir boʻgʻinlidir. Boʻgʻin tarkibiga kiruvchi undosh va unli tovushlar (ularning soni haqida hanuzgacha yagona fikr yoʻq) maʼlum bir tartibda joylashadi. Masalan, bir necha undosh tovush ketma-ket kelishi mumkin emas, biroq unlilar ketma-ket, oʻzaro birikib kelishi mumkin. Toʻliq tarkibli xitoy boʻgʻinida birinchi oʻrinda hamisha undosh tovush turadi, ikkinchi oʻrinda 1unli, undan keyin 2unli, oxirida esa yarim (kuchsiz) unli yoki burun tovushi joylashadi. Qatʼiy tartibga qaramasdan Xitoy tilida boʻgʻin tarkibiga kiruvchi tovushlarning hammasi ham bir-biri bilan birika olmaydi, shuning uchun xitoy boʻgʻinlarining miqdori chegaralangandir. Putunhuada 414 boʻgʻin, ton (ohang—musiqiy ovoz) variantlarini hisobga olganda, 1324 boʻgʻin bor. Xitoy tilida ton (ohang), tovushga oʻxshab, maʼno farqlash vazifasini bajaradi (qarang Tonal tillar). Agar bir boʻgʻin 4 xil ton bilan talaffuz etilsa, 4 ta har xil maʼnoli soʻz hosil boʻladi.
  • Xitoy o‘zining juda qadimiy va boy tarixiga ega. Shu sababli Xitoy aholisi o‘rtasida umummilliy til bilan birga turli shevalar ham mavjud. Bu shevalar bir-biridan fonetik, leksik, grammatik jihatdan farq qiladi. Xitoy tili, ya‘ni hozirgi zamon adabiy tili – Putunhua shimoliy lahja va Pekin shevasining fonetikasi asosida shakllangan bo‘lsa, grammatikasi ―baihuawen‖ zamonaviy adabiy tili grammatik xususiyatlariga asoslangan. Putunhuaning fonetik xususiyatlari quyidagilardan iborat:
  • 1. Bo‘g‘in boshi va oxirida ikki yoki uchta undosh tovushning birikishi kuzatilmaydi. Bo‘g‘in tuzulishi aniq tartibga ega.
  • 2. Bo‘g‘in tuzilishida unli tovushlar muhim ahamiyatga ega. Xitoy tilida bo‘g‘in undosh tovushlarsiz yasalishi mumkin., lekin unli tovushlarsiz bo‘g‘in hosil qilib bo‘lmaydi. Bo‘g‘inlar bir yoki undan ortiq tovushlardan tuzilganligi sababli xitoy tili ohangli til hisoblanadi
  • 3. Ohang mavjudligi. Xitoy tilida harbir bo‘g‘in ohangga ega. Ohanglar nafaqat ma‘no farqlash xususiyatiga ega balki ular nutqqa ohangdorlik ham beradi. Putunhua uch qismdan iborat: shenmu –声母, yunmu – 韵母 va ohang. Yagona fonetik birlikni hosil qiluvchi bir yoki bir nechta tovushdan iborat eng kichik nutq birligi – bo‘g‘in deb ataladi. Xitoy tilida bir bo‘g‘in ikki qismga bo‘linadi: bo‘g‘in boshidagi undosh tovush – shenmu, undan keyingi bo‘lagi esa yunmu deyiladi. Masalan, hao(好) so‘zida h – shenmu, ao – yunmudir.
  • 谢谢

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling