Mavzu: Xiva xonligi ijtimoiy -siyosiy viqealari Rus va yevropa tarixchilarining talqinlarida Mundarija: Kirish Birinchi bob


Rus va yevropa tarixchilar asarlari xonlikning manbasi sifatida


Download 42.74 Kb.
bet2/6
Sana09.05.2023
Hajmi42.74 Kb.
#1447673
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xiva xonligi ijtimoiy siyosiy viqealari Rus va yevropa tarixchilarining

1.1. Rus va yevropa tarixchilar asarlari xonlikning manbasi sifatida.
2Mahalliy tarixchilar asarlari xonlikning manbasi sifatida Mahalliy tarixchilar asarlarida Xiva xonligidagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy munosabatlarning yoritilishi O‘zbekiston mustaqilligining ilk paytlaridanoq asl manbalarga tayangan holda, chuqur ilmiy tahlil, yaxlit bir konsepsiya asosida xalqning haqqoniy tarixini yaratish vazifasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Zero, tarixiy voqelikni haqqoniy va to‘laqonli aks ettirishning zarurshartlaridan biri birlamchi manbalardan foydalanish, ularni ilmiy iste'molga kiritish hisoblanadi.

Xiva xonligining Qo‘ng‘irotlar sulolasi davri tarixini o‘rganishda yozma ma'lumotlar muhim ahamiyatga ega. Xonlik tarixi bilan bog‘liq ma'lumotlar asosan Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy (“Riyoz ud-davla”, “Zubdat ut-tavorix”, “Jome' ul-voqeoti sultoniy”, “Gulshani davlat”, “Shohid ul-iqbol”) va Muhammad Yusuf Bayoniy (“Shajarayi Xorazmshohiy”, “Xorazm tarixi”), Sayyid Homid To‘ra Kamyob (“Tavorix ul-xavonin”) singari xivalik tarixchilar asarlarida qayd qilingan bo‘lib, ular XVII asrda Abulg‘oziy Bahodirxon boshlab bergan tarixnavislik ilmini davom ettirganlar, hamda rivojlantirganlar. Ushbu mualliflar o‘zlaridan oldin o‘tgan va zamondoshlari asarlaridan ham foydalangan xolda,voqea-hodisalarga o‘zlarining fikr-mulohazalari, tanqidiy yondashuvlarini bildirganlar.Ogahiy, Bayoniy va Kamyobning tarixiy asarlari faktik ma'lumotlarning ko‘pligi va aniqligi jihatidan katta ahamiyat kasb etadi. Rus olimi akademik V.V. Bartold Munis va Ogahiy asarlarini adabiy- tarixiy asarlar deya ta'kidlagan. Olimning ushbu fikriga qo‘shilgan xolda shuni aytish mumkinki, Ogahiy, Bayoniy va Kamyob asarlarida tarixiy voqealar bayon etilib, faktik ma'lumotlar keng o‘rin olgan bo‘lsada, bayon etish usuli adabiy ekanligi ko‘rinadi. Ma'lumki, Xiva xoni Eltuzarxon tashabbusi bilan Munisga Xorazm tarixini yozish ishi topshirilgan. Ogahiy tomonidan yakunlangan ushbu “Firdavs ul-iqbol” asarining ahamiyati shundaki, asardan Xiva xonligining qariyib 300 yillik (1511 – 1825) tarixi, shu davr mobaynida istiqomat qilgan turli etnik guruhlarning ijtimoiy-siyosiy hayotda tutgan o‘rni, yer egaligi, soliq va majburiyatlar, ichki va tashqi savdo, diplomatik aloqalariga oid ma'lumotlar o‘rin olgan. Ayniqsa, Qo‘ng‘irot urug‘larining Xorazm hududiga kelib joylashishi, bu urug‘ vakillarining Xorazmdagi siyosiy voqealarda muhim ro‘l o‘ynay boshlaganlari tarixi hamda xonlik taxtiga erishish yo‘lida qilgan tadbirlari bayon qilingan.Ogahiy yashagan davrda Xivada yetti marta xon almashgan, muallif ularning faoliyati davrida bo‘lgan tarixiy voqealarni bayon etuvchi beshta tarixiy asarlarini yozishga muvaffaq bo‘lgan. Jumladan, Olloqulixon hukmronligi davrini (1825 – 1843) yorituvchi “Riyoz ud-davla” (“Saltanat bog‘lari”) asari shular jumlasidandir. Ushbu manbaning qimmati shundaki,unda Olloqulixon davrida yuz bergan voqealar, ichki va tashqi savdo, diplomatik aloqalar, xalqning turmush tarzi, madaniyati, mamlakatda hukm surgan diniy ahvol keng yoritilgan.


Ogahiyning tarixlar sarasi yoki tarixlar qaymog‘i nomini olgan “Zubdat ut-tavorix” asari Xiva xoni Rahimqulixon saltanati voqealarini(1843 – 1846) tasvirlaydi. Ushbu asar ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qism Rahimqulixonning tug‘ilishidan boshlanib, diniy, dunyoviy va harbiy ilmlarni egallashi, Hazorasp hokimi sifatidagi faoliyati, hamda xonlik taxtiga chiqquniga qadar bo‘lgan voqealar, ikkinchi qismda xonning taxtga chiqqandan vafotigacha bo‘lgan voqealarni o‘z ichiga oladi. Ushbu asar 2009 yilda Rashid Zoxid muharrirligida nashr qilindi.


Tadqiqotchi Nurboy Jabborov uni nashrga tayyorlab, asarni so‘z boshi, lug‘at,izoh va ko‘rsatkichlar bilan ta’minlagan. Bu esa, tabdilning ilmiy ahamiyatini oshiradi.
Ogahiyning “Jome' ul-voqeoti sultoniy” (“Sulton voqaealarining majmuasi») asarida 1846 – 1854 yillarda hukmronlik qilgan Muhammad Aminxon davri voqealari o‘z aksini topgan. Bundan tashqari, asarning oxirida Xiva xonlari Abdullaxon (1854) va Qutlug‘murodxon (1855) davridagi voqealarni bayon etuvchi qism ham bor.

Xiva xoni Sayyid Muhammadxon zamoniga doir Ogahiyning “Gulshani Davlat” (“Davlat gulshani”) asari esa, xonlikning 1856-1865 yillari voqealarini o‘z ichiga oladi. Hozirda ushbu manbalar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi SHarqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanmoqda.Biroq, Ogahiyning “Shohid ul-iqbol” asarining muallif dastxati hisoblangan yagona nusxasi hozirda Rossiya Fanlar akademiyasi Sankt-Peterburg Sharq qo‘lyozmalari institutida saqlanmoqda.


Ogahiy esa, “Riyoz ud-davla” asarida Toshsaqo degan joyda daryogacha suv bog‘langani xususida: “Hamul bahor viloyoti maxrusa mazorig‘a suvjihatidan andak tanqisliq chekti. Ul hazrat (Olloqulixon) yurt manfaativa xosu-om behbudi uchun otlanib… hazrati Qutb-ul-avliyo Pahlavon otanahrining saqosig‘a borib, o‘tgan yil qirdan yordurg‘on saqonikim Toshsaqoderlar, yangidan hashar bila qazdurub suv joriy qildi”, – deb xonlikdagi yop va solmalarning muntazam tozalanishi, xalqning ko‘magida “qazuv” deb, nomlangan hashar uyushtirilib, kanallarning tuproqdan tozalanishi va bu ishlarga xonlarning o‘zlari boshchilik qilishini bayon etgan.Xiva xonligi iqtisodiyotining asosini soliq va majburiyatlar tashkil qilgan. Tarixiy adabiyotlarda xonlikda aholidan olinadiga nsoliqlar, ularni yig‘ib olish yo‘llari, soliq yig‘ish maqsadida shaharlarga kimlar tayin etilgani, qaysi joylardan qanday miqdorda soliqlar olingani, ba'zida soliq to‘lashdan bosh tortgan yoki to‘lay olmagan kishilar tomonidan xon soliq yig‘uvchilarining o‘ldirilgani, natijada xon harbiy qism yordamida soliq undirganiga oid ma'lumotlar mavjud. Jumladan, “Firdavs ul-iqbol” asarida bu haqida: «... tamomi qo‘ng‘irot elin mute va mahkum qilib, Sayyidnazar biyda ixtiyor qo‘ymadilar. Bu kabi ma'lumotlarni biz Ogahiy va Bayoniy asarlarida ham uchratishimiz mumkin. Xususan, Q. Munirov Ogahiyning “Gulshani davlat” asarida:“Va navrasfikru tozatab' shuarodin fazlu hunar ahli arosida mumtoz Pahlavon Niyozboykim, fozillar guruhi ichra taxallusi Komildur, buta'rixni nazm etibdurkim, tastir topar: Ta'rix: ... Komil zi bahri guft “azsari bashorat”“Shud voliy viloyat shoh Sayyid Muhammad”, – deb keltirib o‘tgan, Bayoniy esa o‘zining “Shajarayi Xorazmshohiy” asarida: “... Alimahramning Ahmad otlig‘ bir o‘g‘li bor edi. Ul ham o‘zini Tabibiy taxallusibila mutaxallis etib she'r aytmoq boshladi... Tabibiy farmoni mujibibila amal qilib, ul g‘azallarni jam' qilib har g‘azalni yozmoqchi bo‘lg‘onda,masnaviy bila ul g‘azalni aytg‘on kim erkanin bayon etib, bu tariqada tamomig‘azallarni jam' qilib tamom etib ul kitobg‘a “Majmuat ush-shuaro” ot qo‘yuldi. Oning itmomi ham ushbu yil voqye bo‘lub erdi. Faqir onga butarixni aytdim...”, – deb bayon etgan. Demak, ushbu asarda xonlikda yashagan shoir va tarixchilar haqida ma'lumotlar mavjud bo‘lib, bu manbalar ularning hayoti va faoliyatini o‘rganishda ham katta ahamiyat kasb etadi. Ogahiy, Bayoniy va Kamyobning tarixiy asarlari XIX – XX asr boshlarida xonlikdagi bunyodkorlik ishlari tarixini yoritishda muhim o‘rin tutadi.Jumladan, Bayoniy asarida Xivadagi bunyodkorlikka oid ma'lumotlar mavjud. Unga ko‘ra: “Chun Xevaq shahrining orqa tarafi tamomi viloyat xalqining rohguzarlaridur, bag‘oyat vayron va nozirlarg‘a boisi nafrat erdi.Xohlardilarkim, ul yerlarni obod etdi.


Ma’lumki, XIX asrda Xiva xonligida hujjatlarni saqlash yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, Toshhovlida hujjatlar saqlanadigan maxsus joylar qurilgan. Tarixchilarning bergan ma'lumotlariga qaraganda, saroydagi arxiv hujjatlari Xazinaxonada – alohida binoda juda ehtiyotkorlik bilan maxfiy holda saqlangan.Arxiv hujjatlarini nazorat qilib turish uchun alohida kishilar ham ajratilgan.


Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan shu narsa ma'lum bo‘ldiki, Qo‘ng‘irotlar sulolasi davrida Xorazmda qurilish sohasida ancha ishlar qilingan, Xiva xonlari tashabbusi bilan mamlakatda yangi masjid, madrasa,saroy va boshqa bir qator inshootlar qurishga e’tibor berilgan, hamda saroy amaldorlari ham bu ishga jalb qilingan. Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda, Xiva xonlari turkman, qoraqalpoq, Xurosonda yashovchi ba'zi bir xalqlarni Xorazm atrofiga ko‘chirib keltirib,daryo va kanallar atrofidan ularga muqim joy tayin etganlar. Shunday guruhlardan biri – eroniylar bo‘lib, Xorazmning Qo‘shko‘pir tumanidan.
Bayoniy asarida xonlikning rus qo‘shinlari tomonidan katta harbiy kuch yordamida bo‘ysundirilishi manzarasi berilgan. Unda muallif rus zobitlariga nafratini, xalqqa nisbatan xayrixohligi, achinish tuyg‘ularini ifodalagan. Zero, Bayoniy o‘z asarida Mang‘it qal'asi aholisining 1500 nafarining rus qo‘shini tomonidan o‘ldirilishini aniq tasvirlagan, hamda bir so‘z bilan Rossiya O‘rta Osiyoni “tasxir etdi – ya'ni, zabt etdi,bo‘ysundirdi”, – deb qayd qilgan.

Ushbu jumlalardan muallifning xonlikning mustamlakaga aylantirilgan bir paytda tarixiy jarayonga o‘zining dadil munosabat bildira olganligining guvohi bo‘lamiz. Zero, Bayoniyning yozishicha: “Tarix kitobi yozishning bir sharti bor. Tarixiy voqealarni yozuvchi tarafdorlik etmasdan, bo‘lgan voqealarni rostlik bilan bayon etishi kerak. Agar rostlik bilan bayon etmasa, uning so‘zlari hech bir odamga ma'qul bo‘lmaydi".





Download 42.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling