Mavzu: XIX-XX asrlarda Oʻrta Osiyoda Arxiografik materiallarning tadqiq qilinishi


O’rta Osiyo tarixini o’rganishda sharqshunoslik intitutining ahamiyati


Download 0.51 Mb.
bet4/5
Sana02.05.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1420638
1   2   3   4   5
Bog'liq
Эрматов Чинорбек Археография docx

3.O’rta Osiyo tarixini o’rganishda sharqshunoslik intitutining ahamiyati
Sharqshunoslik instituti - O’rta Osiyo va Xorijiy Sharq mamlakatlari tarixi, madaniyati, fani, tarixi, sharq mamlakatlari rivojining zamonaviy muammolari, mustakil O’zbekiston bilan bu mamlakatlarning koʻp qirrali aloqalarini o’rganadigan yirik ilmiy tadqiqot muassasasidir.
1943 yilda O’zbekiston Davlat xalq kutubxonasining Sharq bo’limi asosida tashkil topgan va 1950 yilgacha Sharq qo’lyozmalarini o’rganish instituti deb atalgan. 1950 yilda esa institutda olib borilayotgan ilmiy sohalar qamrovini hisobga olib, Sharqshunoslik instituti deb nomlangan.
1957 yilda unga Abu Rayxon Beruniy nomi bernlgan. Institutda ikkinchi jaxon urushi yillarida V.K.Belyaev, Ye.E.Bertels, NV.Dakonova,
A.N. Kononov, N. D. Mikluxo-Maklay, I.P.Petrushevskiy, keyinchalik esa I.Abdullaev, S.Azimjonova, A.K.Arende, B.Axmedov P G.Bulgakov, A.Irisov, U. I. Karimov, S. Mirzam A. Murodov, ANosirov, I.Odilov, M.G.Nikulin, A.Rasulov, M.A Sale, A.ASemyonov, M.M.Xayrullaev, A. Urinboev kabi yirik sharqshunoslar faoliyat olib borgan.
Sharqshunoslik institutida 80 mingga yaqin alohida asarlarni o’ziga jamlagan 25 mingdan ortiq qo’lyozma kitoblar (IX-XX asr boshlariga oid) mavjud. Toshbosma va nashr etilgan kitoblarning umumiy soni 28 ming jilni tashkil etadi. Ular o’zbek, arab, fors, tojik, urdu, pushtu, ozarbayjon, turk, tatar, turkman, uyg‘ur va boshqa Sharq xalqlarini tillarida yozilgan bo’lib, o’rta asr va undan keyingi davrlar fanining turli tarmoqlariga, yaʻni tarix, adabiyot, falsafa, xuquq, islomiy ilmlar va tasavvuf, falakkiyot, kimyo, tibobat, geografiya, dorishunoslik, til, musiqa, matematika, ma’daniyatshunoslik va boshqa soaharga oid.
Sharkshunoslik instituti fondida Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayxon Beruiny, Abu Bakr Roziy, Imom al-Buxoriy, Burxoniddin Marginoniy, Moturidiy, Firdavsiy, Sa’diy Sheroziy, Xofiz Sheroziy, Umar Xayyom, Alisher Navoiy, Abduraxmon Jomiy, Bedil, Xoja Axror asarlari bilan birga O’rta Osiyo xonliklari davriga tegishli bir necha ming hujjatlar, yorliqlar, vaqfnomalar to’plangan. Institutdagi ilmiy tadqiqot ishlari qulyozmalarni kataloglashtirish, manbashunoslik, Sharq fani va madaniyati tarixiga oid yozma manbalarni tarjima va tadqiq etish, islomshunoslik, Sharq mamlakatlarining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy ahvoli, ularning O’zbekiston Respublikasi bilan mavjud aloqalarini o’rganishga qaratilgan.
1952-1981 yillarda institut fondidagi qo’lyozmalarning 11 jildli «Собрание восточных рукопсей Академии наук УзССР» («Uzbekiston Fandar akademiyasi Sharq qoʻlyozmalari toʻplami») katalogi nashr qilindi.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling