Mavzu. Xizmat yozishmalari. Xatlar


Download 76.2 Kb.
bet4/4
Sana12.10.2023
Hajmi76.2 Kb.
#1699348
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Xizmat yozishmalari

Farmoyish xat namunasi 4-ilava
O‘zR Fanlar akademiyasining ilmiy tadqiqоt institutlari va ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari rahbarlariga
O‘zR Fan va texnika davlat kоmitetining so‘roviga binоan Fanlar akadyemiyasi Prezidiumi Sizdan O‘zR Fan va texnika davlat kоmitetining 2018- yilda tasdiqlagan "Uzluksiz ta’lim tizimida ilmiy va ilmiy-pedarorik xоdimlar tayyorlash to‘g‘risida nizоm" haqidari fikr- mulоhazalaringizni 2018.31.10. gacha Ilmiy kadrlar bоshqarmasiga yo‘llashingazni so‘raydi.
Siz bildirgan fikr-mulоhazalar yangi Nizоm tayyorlash jarayonida asqоtadi, deb o‘ylaymiz.
"Uzluksiz ta’lim tizimida ilmiy va ilmiy-pedarorik xоdimlar tayyorlash to‘g‘risida nizоm"dan ko‘chirma ilоva qilinadi.
Vitse-prezident M.I.Komilov
Topshiriqlar:
1. a) xat matnini o‘qing, uning mazmunida nima ifodalanganini aniqlang.
Institut ma’muriyati va kasaba uyushmasi tashkiloti teatringizda 18-oktabr soat 19:00 da namoyish etiladigan «Zebuniso» spektaklini tomosha qilish uchun institutimiz talabalariga 120 (bir yuz yigirma)ta chipta ajratishingizni so‘raydi.
Chiptalar qiymati pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘lanadi.
b) ushbu iltimos xatining kimga jo‘natilganligini, kim tomonidan imzolangani kabi zaruriy qismlarini qo‘yib daftaringizga ko‘chiring.

  1. topshiriq. Kontrakt-to‘lov pulini belgilangan muddatgacha o‘tkazish haqida kafolat xatini yozing.

Savollarga javob bering:

  1. Da’vo xatlari qanday maqsadlarda yoziladi?

  2. Iltimos xati qanday zaruriy qismlardan tashkil topadi?

  3. Kafolat xati bilan da’vo xatining zaruriy qismlari o‘rtasidagi farqlarni izohlab bering.

  4. Ilova xati qaysi holatlarda yoziladi?

  5. Xizmat xatlarining qaysi turlari uchinchi shaxs nomidan yoziladi?

  1. topshiriq. Jadvalni to‘ldiring.

“Tushunchalar tahlili” metodini amalga oshirish tartibi:
Jadval ko‘rinishida bir tomoniga mavzuga tegishli tushunchalar keltirilgan tarqatma material talabalarga beriladi va ulardan ushbu tushunchalarni izohini yozishlari so‘raladi.
Quyida keltirilgan tayanch iboralarni izohlang.



Tayanch so‘zlar

Ta’rifi, izohi

1

Axborot xat




2

Da’vo xat




3

Farmoyish xat




4

Tasdiq xat




5

Eslatma xat




6

Ilova xat




7

So‘rov xat




8

Kafolat xat




9

Iltimos xat





Vazifa:
1.Rasmiy xat turlariga “Klaster” tuzing.









2. Tuzilgan “BBB” asosida xatlar haqida ma’lumot bering.

Bilaman

Bildim

Bilmoqchiman










Download 76.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling