Mavzu: “xodimlar mehnatini muhofaza qilish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish to‘G‘risida”gi qonun


Download 23.65 Kb.
bet3/4
Sana07.05.2023
Hajmi23.65 Kb.
#1440823
1   2   3   4
Bog'liq
XODIMLAR MEHNATINI MUHOFAZA QILISH CHORA-TADBIRLARINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN

II. Attestatsiyani o‘tkazish
10. Attestatsiya fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida attestatsiya bo‘yicha ishlarni bajarish uchun ish beruvchi tomonidan jalb etiladigan attestatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilot bilan birgalikda ish beruvchi tomonidan o‘tkaziladi.
11. Attestatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilot mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun quyidagi talablarga javob berishi kerak:
“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
shtatda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassisning malaka sertifikatiga ega bo‘lgan hamda faoliyatni faqat ushbu attestatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilotda amalga oshiruvchi kamida uch nafar xodimga ega bo‘lish;
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning ma’lumotnoma bazasiga, shuningdek attestatsiyani o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotnoma hujjatlarga ega bo‘lish;
Oldingi tahrirga qarang.
mulkida xo‘jalik yuritish, tezkor boshqarish huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayoni omillarini o‘lchash uchun mo‘ljallangan, belgilangan tartibda texnik jihatdan malakaliligi maqullangan laboratoriyaga (keyingi o‘rinlarda — texnik jihatdan malakaliligi maqullangan sinov laboratoriyasi deb ataladi) ega bo‘lish;
(11-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
attestatsiyani o‘tkazishda olingan axborotning maxfiyligini ta’minlash;
attestatsiyani o‘tkazish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
attestatsiyani o‘tkazishda mustaqillikni ta’minlash;
attestatsiya to‘g‘risidagi to‘g‘ri hisobotni taqdim etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Mehnatni muhofaza qilish sohasida professional xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot rahbaridan sertifikat talab etilmaydi.
Mehnatni muhofaza qilish sohasida professional xizmat ko‘rsatuvchilarning akkreditatsiyadan o‘tgan yoki texnik jihatdan malakaliligi maqullangan sinov laboratoriyasi rahbari faqat mehnatni muhofaza qilish mutaxassisining malakaviy sertifikatiga ega shaxs bo‘lishi kerak.
(11-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
12. Attestatsiya o‘tkazuvchi tashkilot ish o‘rinlarida attestatsiyadan o‘tkazilayotgan korxonaga nisbatan mustaqil shaxs bo‘lishi kerak.
Korxona attestatsiya bo‘yicha ishlarni bajarish uchun bir nechta attestatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilotlarni jalb etishga haqlidir. Bunda attestatsiya bo‘yicha ishlar attestatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilotlar o‘rtasida ham attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan ish o‘rinlari soni, ham ish o‘rinlarida bajariladigan ishlarning turlari bo‘yicha taqsimlanishi mumkin.
13. Attestatsiyani o‘tkazishda korxona attestatsiyani o‘tkazuvchi tashkilotdan:
attestatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilot ushbu Nizomda belgilangan mehnatning shart-sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun talablarga to‘liq javob berishni hujjatlar bilan tasdiqlashni;
o‘lchashlar va baholashlarni normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq o‘tkazishni talab qilishga haqlidir.
14. Attestatsiyani o‘tkazishda korxona:
attestatsiyani o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazishda attestatsiyani o‘tkazuvchi tashkilotga yordam berishga, zarur axborot va hujjatlarni taqdim etishga, attestatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilotning so‘roviga ko‘ra attestatsiya maqsadlariga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha og‘zaki va yozma shaklda tushuntirishlar berishga;

15. Attestatsiyani o‘tkazishda attestatsiyani o‘tkazuvchi tashkilot:


normativ-huquqiy hujjatlar, shu jumladan ushbu Nizom asosida o‘lchashlar va baholashlarni o‘tkazish usullarini, shuningdek o‘lchashlar va baholashlarni o‘tkazuvchi mutaxassislarning soni va shaxsiy tarkibini belgilaydi;



Download 23.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling