Mavzu: Xodimlarni boshqarish bo'yicha xorijiy tajriba


Faoliyat turlarining kengayishi


Download 0.75 Mb.
bet6/7
Sana11.05.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1454156
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xodimlarni boshqarish bo\'yicha xorijiy tajriba

Faoliyat turlarining kengayishi
Toyota Motor Corporation hozirgi kunda nafaqat avtomobil, balki harbiy qurollar, skafandrlar, hatto tibbiy texnikalar ham ishlab chiqaradi; ilmiy tadqiqotlar, Formula-1 va boshqa poyga musobaqalarida ham ishtirok etib keladi.
Korporatsiyaning avtomobil ishlab chiqaruvchi boshqa kompaniyalari ham bor bo‘lib, ulardan dunyoga mashhurlari – Lexus, Scion, Daihatsu va Hino'lardir.

Toyota 2007 va 2009 yillarda dunyodagi mashina ishlab chiqaruvchi eng katta korporatsiya maqomida bo‘ldi, 2012 yilda Volkswagen va General Motors'dan o‘zib ketib, yana bir bor bu unvonga sazovor bo‘ldi.
Kompaniya 2013 va 2015 yillarda eng qimmat avtomobil ishlab chiqaruvchi brend deya tan olingan.

2017 yilda Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada Toyota o‘zining sun'iy intellektga ega avtomobil konseptini taqdim qildi.
M azkur aqlli mashina haydovchisiz harakatlanish, atrofdagi avtomobil va haydovchilar bilan ham muloqot qila olish xususiyatiga ega.

Qolaversa, avtomobil salonida ovoz bilan boshqarish funksiyalari va xavfsizlik nazorati, haydovchini tanib olish, yuzi va ovoz tembriga qarab kayfiyatni aniqlash texnologiyasi ham kiritilgan.


Yapon brendi aqlli mashinalardan tashqari, aqlli robotlarni ham ishlab chiqmoqda. Hozirda Toyota – sun'iy intellektga eng katta sarmoya kiritayotgan korporatsiyalardan biri. Kompaniyada avtomobillarni yig‘ish jarayoni 98 foizga robotlashtirilgan.

Ma'lumot uchun, Toyota 1997 yilda Toshkentda ham o‘z vakolatxonasini ochib, avtomobillarini sota boshlagan.

Xulosa.
Yapon boshqaruv uslubi kattalarni hurmat qilish, jamoaviylik, umumiy kelishuv va xushmuomalalik an'analariga asoslanadi.
Insoniy munosabatlar nazariyasi va kompaniya ideallariga sodiqlik, yirik korxonalarda xodimlarni umrbod ishga olish, xodimlarni doimiy ravishda almashtirish va samarali jamoaviy ish uchun sharoit yaratish ustunlik qiladi. Yaponiya iqtisodiyoti muvaffaqiyatining asosiy sababi boshqaruv usullaridadir. Asosan ikkita usul guruhi qo'llaniladi: Kanban (Just-in-Time) va Integratsiyalashgan sifat menejmenti (nol nuqsonlar). Kadrlar bilan qanday ish olib borilishi, uni tarbiyalash, tanlash va zaxirani shakllantirishga ko'ra amalga oshiriladi. Misol uchun, Yaponiyaning eng mashhur kompaniyalaridan biri Sony kompaniyasida 120 000 kishi ishlaydi, ularning 55% yaponiyaliklar emas. Mutaxassislarning fikricha, gigant kompaniya muvaffaqiyatining asosiy sabablaridan biri bu maxsus boshqaruv strategiyasidir.


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling