Buxgalteriya hisobi schyotlarining turkumlanishi
№
|
Schyotlar turkumlanishi xususiyatlari
|
Xususiyatlardan kelib chiqqan holda schyotlar tarkibi
|
1.
|
Schyotlarning tuzilishiga ko'ra
|
Doimiy schyotlar
|
Aktiv (A) Passiv (P)
|
Vaqtinchalik schyotlar
|
Tranzit schyotlar (T)
|
Balansdan tashqari schyotlar (BT)
|
2.
|
Ko'rsatkichlarni aks ettirilishiga ko'ra
|
Sintetik schyotlar
|
Analitik schyotlar
|
3.
|
Balansda aks ettirilishiga ko'ra
|
Balans schyotlari
|
Balansdan tashqari schyotlar (BT)
|
4.
|
Tayinlanish- mo'ljaliga ko'ra
|
Asosiy schyotlar
|
Aktiv schyot (A) Passiv schyot (P)
|
Tartibga soluvchi schyotlar
|
Kontr-aktiv (KA) Kontr-passiv (KP) To'ldiruvchi schyotlar
|
Taqsimlovchi schyotlar
|
Yig'ib taqsimlovchi Hisobot davrlari bo'yicha taqsimlovchi
|
Kalkulyatsiya schyotlari
|
Taqqoslovchi schyotlar
|
Aktiv schyot (A) - bu aktivlarni aks ettirishga mo‘ljallangan schyot bo‘lib, unda iqtisodiy resurslarning qoldig‘i va ko‘payishi schyotning debetida, kamayish esa kredit bo‘yicha aks ettiriladi.
Passiv schyot (P) - bu majburiyat va sarmoyani aks ettirishga mo‘ljallangan schyot bo‘lib, unda majburiyat va sarmoyaning qoldig‘i va ko‘payish schyotining krediti bo‘yicha, kamayish esa debet bo‘yicha aks ettiriladi.
Kontr-aktiv schyot (KA) - bu u bilan bog‘lik bo‘lgan aktiv schyotning saldosidan chegiriladigan moliyaviy hisobotda aktivning sof qiymatini aks ettiruvchi schyotdir.
Kontr-passiv schyot (KP) - bu u bilan bog‘lik bo‘lgan passiv schyotning saldosidan chegiraladigan moliyaviy hisobotda majburiyat yoki sarmoyaning sof qiymatini aks ettiruvchi schyotdir.
Tranzit schyotlar (T) - bu hisobot davrida foydalaniladigan, lekin yopiladigan Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladigan hisobot davri oxiriga qoldiqqa ega bo‘lmaydigan daromadlar va xarajatlarning vaqtinchalik schyotlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |