Mavzu. Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarni moliyaviy resurslari


Download 30.93 Kb.
Sana23.11.2020
Hajmi30.93 Kb.
#150904
Bog'liq
MAVZU XYuS (1)


MAVZU. Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarni moliyaviy resurslari

1.XYuSlarning moliyaviy resurslari nima

XYUSlarning moliyaviy resurslari ular tomonidan olinadi-gan pul daromadlari va ishlab chiqarish resurslari iqtisodiy doiraviy aylanishi samaradorligining o‘sishiga xizmat qiladigan, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni moliyalashtirish jarayo-nini amalga oshirishga yordam beradigan va ularning ixtiyorida bo‘lgan qarz mablag‘lari asosida tashkil topadi.

Hozirgi vaqtda kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirishda XYUS o‘z mablag‘larining (sof foyda va amortizatsiya) salmog‘i mu-him ahamiyatga yega. Bunda amortizatsiya ajratmalarini shakllan-tirish va ulardan samarali foydalanish alohida o‘rin tutadi.

YAIM va MDni qayta (ikkilamchi) taqsimlash davlat va XYUS-lar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar doirasida sodir bo‘ladi. Ana shu darajada XYUSlar va aholining birlamchi daromadlari bir qismini to‘g‘ri (bevosita) va yegri (bilvosita) soliqli undi-rish yo‘li bilan, shuningdek, davlat kreditlashtirishi hisobidan mamlakatning davlat moliyasi tashkil topadi (shakllanadi).

XYUSlar pul resurslarini, uy xo‘jaliklari daromadlarini ikkilamchi qayta taqsimlash kredit-bank sohasi va sug‘urta tizimi orqali ham amalga oshiriladi. Bular depozitli, vekselli, pulli va banklarning boshqa jamg‘arma operatsiyalari, ular tomonidan yuridik shaxslar va aholiga uzoq, o‘rta va qisqa muddatli kreditlar va ssudalar berish, turli risklarni sug‘urta qilish shakllarida sodir bo‘ladi.



Ko‘p darajali byudjet tizimi va nobyudjet fondlar faoliya-tidagi qayta taqsimlash jarayonlarini takomillashtirish moliya-viy salohiyatni yanada kuchaytirish va davlat moliyaviy resurslari o‘sishining quyidagi yo‘nalishlari bilan uzviy bog‘langan:

  • byudjet-soliq sohasidagi daromadlarni qayta taqsimlash-ning samaradorligini oshirish. Bu narsa davlat tomonidan ta’sir-chan fiskal siyosatni hayotga tatbiq yetish bilan bog‘liqki, bu siyo-sat, o‘z navbatida, ishlab chiqarishning o‘sishi va XYUSlarning investitsiyalarga yo‘naltiriladigan moliyaviy resurslarining o‘si-shi rag‘batlantirilishini ko‘zda tutmog‘i kerak;

  • bank-kredit sektori orqali pul resurslarining qayta taq-simlanishini optimallashtirish. Buning yeng asosiy iqtisodiy instrumentlari va mexanizmlari quyidagilar hisoblanishi mum-kin: kredit siyosati; uzoq, o‘rta va qisqa muddatli kreditlar hajm-larining nisbati; Markaziy bankning hisob stavkasi; ssuda va depozit foizlarining stavkasi; qimmatli qog‘ozlar bozori. Iqti-sodiyotda bu instrument va mexanizmlardan foydalangan holda davlat tomonidan ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan tarzda tartibga solish davlat, XYUSlarning investitsion imkoniyatlari chegaralarini kengaytiradi, aholining pulli jamg‘armalarini in-vestitsiyalarga jalb qiladi;

  • yangi samarali iqtisodiyotni – intellektual infrastruk-turaning yuqori sur’atlarda rivojlanishi farqlanuvchi belgisi bo‘lgan bilimlar iqtisodiyotini shakllantiradigan XYUSlarning ildam rivojlanishi. Mamlakat raqobatbardosh iqtisodiyotining yadrosini yuqori qo‘shilgan qiymat va yuqori darajada qayta ish-lanadigan mahsulotlar ishlab chiqaradigan yangi tarmoqlar tashkil yetmog‘i lozim. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishida xom ashyo-yenergiya sektorining hukmronlik qilishi, yoqilg‘i-yenergetika kompleksi-ning sanoat ishlab chiqarishida, konsolidatsiyalashtirilgan va res-publika byudjeti daromadlarida, yeksportda va valyuta tushum-larida nisbatan katta salmoqning yegallashi iqtisodiyotning shu tomonga deformatsiyalashganligidan dalolat beradi. Milliy xo‘ja-likning bunday tarkibiy nomuvofiqligi iqtisodiyotni qoloqlik sari yetaklaydi, uni modernizatsiya qilish vazifalarini murakkab-lashtiradi. Shu munosabat bilan xom ashyo tarmoqlaridan yuqori texnologiyali ishlab chiqarishga kapitalning oqib o‘tishini ta’-minlovchi samarali mexanizmlarni ishlab chiqish muammosi dol-zarblik kasb yetib, bu narsa oxir-oqibatda, davlatning moliyaviy salohiyatini yuqori darajaga ko‘taradi.

  • XYUSlar moliyaviy salohiyatining darajasi ularning sa-marali investitsion-tadbirkorlik faolligiga bog‘liq. Zamonaviy o‘zgaruvchan (dinamik) iqtisodiy muhit xorijiy kapitalni qo‘shgan holda o‘z va jalb qilingan investitsion manbalar asosida ishlab chiqarishni doimiy ravishda ilmiy-texnikaviy jihatdan yangilash-ni va rivojlantirishni talab qiladi.

Hozirgi paytda ishlab chiqarish kompaniyalarining moliyaviy barqarorligi va raqobatbardoshligini ta’minlashning o‘ziga xos omili ularning yirik tadbirkorlik tizimlariga (moliya-sanoat guruhlari, konsernlar, konglomeratlar, xoldinglar, konsorsium-lar va boshqalar) birlashishi hisoblanadi. Bank va sanoat kapita-lining real qo‘shilishi va ta’sirchan moliyaviy kapitalning shakl-lanishi sodir bo‘lmoqda. Bularning natijasida ishlab chiqarish masshtablarining o‘sishidan vujudga kelgan samara, iqtisodiyot tarkibiy tuzilmalarining o‘zaro ta’sirchanligi va investitsiyalar-ning o‘sishidan olingan sinergetik samara kompaniyalarga yirik masshtabli moliyaviy vazifalarni yechishga imkon bermoqda.

2. XYuS kapitali nima

XYUS asosiy kapitalidan foydalanishga tavsifnoma beruvchi muhim kо‘rsatkichlardan biri fond qaytimi hisoblanib, uni quyi-dagi formula yordamida aniqlash mumkin:

F= (R : A)

Aylanma aktivlar XYUS kapitalining yeng faol yelementi hisoblanadi. Yil davomida ular aylanishining miqdori (soni) kapitaldan foydalanishning intensivlik darajasini kо‘rsatadi.

. Moliyaviy leverij XYUS qarz kapitalining XYUS о‘z kapitaliga nisbatini kо‘rsatuv-chi moliyaviy faollik koyeffitsiyenti orqali ifodalanadi. Uni formula orqali quyidagi tarzda kо‘rsatish mumkin:

K= K: K,

3. Tushum va uning tarkibiy qismlarini ayting

Asosiy kapitalning doiraviy aylanish jarayonida vujudga kyeladigan о‘z Moliyaviy resurslarining tarkibiga, amortizasiya fondidan tashqari, yana quyidagi daromadlar va turli tuShumlar ham kiradi:


  • foyda, Shuningdyek, Moliyaviy opyerasiyalar va boshqa tashki-lotlarda hissali ishtirok yetishdan olinadigan daromadlarni ham qо‘shib hisoblaganda tadbirkorlik faoliyatidan kelib tuShuvchi pul mablag’lari;

  • mulkni samarali boshqarish hisobidan olinadigan pul mablag’lari;

  • XYUSga tyegishli bо‘lgan ijara haqi, lizing tо‘lovlari, dividyendlar, aksiyalar, obligasiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar bо‘yicha foizlar, realizasiyadan tashqari boshqa daromadlar, asosiy fondlarni realizasiya qilishdan olingan daromadlar;

  • ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish hisobidan yerishilgan foyda.

Ish navbatini о‘zgartirish va dastgohlarni Yuklash koyef-fisiyentining oshirilishi, intyensiv foydalanishning о‘sishi va asosiy vositalar tarkibiy tuzilmasidagi progressiv о‘zgarishlar, kiritilgan quvvatlarning tyez о‘zlashtirilishi fond qaytimi va boshqa ishlab chiqarish-iqtisodiy kо‘rsatkichlarni oshiradi.

Asosiy fondlarni shakllantirish uchun jalb qilinadigan pul mablag’larining manbalarini ikki guruhga bо‘lish mumkin:



  • maqsadli Moliyalashtirish va tuShumlar;

  • banklarning о‘rta va uzoq muddatli kreditlari hamda XYUS tomonidan texnikaviy qayta qurollantirish va ryekonstruksiya qilish, yangi asosiy ishlab chiqarish fondlarini yaratish uchun milliy va xorijiy valYutada olingan qarzlar.

Birinchi guruhning tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • hukumat organlaridan subsidiyalar shaklida olingan pul mablag’lari;

  • taraqqiyotning stratyegik yо‘nalishini amalga oshiruvchi maqsadli dasturlar asosida investisiyalar kо‘rinishidagi byudjet ajratmalari;

  • kichik tadbirkorlikni Moliyaviy qо‘llab-quvvatlovchi byudjetdan tashqari fondlarning mablag’lari;

  • hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok yetuvchi boshqa XYUS va tashkilotlardan Moliyaviy tuShumlar;

  • va boshqalar.

4. XYuSlarning tashkiliy huquqiy asoslari ko’rinishlari qanday

5. XYuS faoliyatining samaradorlik ko’rsatkichlari qanday
Download 30.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling