Joriy tijoriy XYuSlarning moliyaviy resurslarini shakllanish manbalariga ko‘ra quyidagilarga ajratish mumkin: - Joriy tijoriy XYuSlarning moliyaviy resurslarini shakllanish manbalariga ko‘ra quyidagilarga ajratish mumkin:
• mahsulot realizatsiyasining tushumi hisobidan shakllanadigan moliyaviy resurslar (foyda, amortizatsiya ajratmalari fondi, ish haqi fondi, moddiy xarajatlarni tiklash fondi); • boshqa realizatsiya (mol-mulk, asosiy faoliyatga daxldor bo‘lmagan xizmatlar va boshqalar) hisobidan olinadigan moliyaviy resurslar; • moliyaviy bozorda shakllanadigan moliyaviy resurslar (kreditlar va zayomlar, o‘z aksiyalari va qimmatli qog‘ozlarning boshqa ko‘rinishlarini sotish, boshqa emitentlarning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha dividendlar va foizlar, sug‘urta qoplamalari va boshqalar); • kreditorlik qarzlari hisobidan tashkil topadigan moliyaviy resurslar (mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga; mehnat haqi bo‘yicha; ijtimoiy sug‘urtaga doir; budjet oldidagi va boshqalar); • badallar va maqsadli xarakterdagi tushumlar hisobidan shakllantiriladigan moliyaviy resurslar (boshqa tashkilotlar va jismoniy shaxslardan tushumlar, budjet subsidiyalari va h.k.).
Do'stlaringiz bilan baham: |