Mavzu: xorazm vohasi arxeologiyasi mundarija reja: Kirish I. Bob. Xorazm vohasi O’zbekistonning eng tarixiy markazlaridan biri sifatida talqin etilishi


Download 65.93 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi65.93 Kb.
#1498163
1   2   3   4
Bog'liq
MAVZU

Qadimgi Xorazm tili va yozuvi.
Markaziy Osiyo xalqlarining eng qadimgi yozuvi – bu xumning sirtida tasvirlangan xorazm tilidagi qisqa yozuvdir. U Katta Oybo‘yirqal'a shahar xarobasida topilgan . Arxeologik ma'lumotlarga ko‘ra, bu yozuv miloddan avvalgi V-IV asrlarga tegishlidir. Miloddan avvalgi IV-III asrlarga oid yana bir Xorazm yozuvi Qo‘yqirilgan qal'adan topilgan sopol idishlarning sirtida saqlangan. Bu manba yagona “aspabarak” otlik chavandoz so‘zidan iboratdir.Qadimgi Xorazm yozuvi oromiy alifbosiga asoslangan . Oromiylar- miloddan avvalgi 1 mingyillik boshlarida Mesopatamiya (ikki daryo oralig‘i ) hududida joylashgan qadimgi xalqdir . Miladdan avvalgi VI-IV asrga kelib 22 harfdan iborat bo‘lgan oromiy alifbosi O‘rta sharqni idora qilish, ish yurituvchi va ma'muriy tili vazifasini bajargan.
Tuproqqal'dan topilgan yodgorliklardan Xorazmiy yozuvning grafik qiyofasi (milodiy III asr) hamda orfografik me'yorlari xorazmda alifboli yozuv madaniyatining kamida 500 yillik yo‘lini aks ettiradi. To‘kqal'a, Mizdahkan va boshqa ilk o‘rta asr yodgorliklaridan topilgan xorazmiy yozuvlar qadimiy oromiy yozuvdan jiddiy farqlangan. Chizma shakllari ravon, yuguruk husnixat darajasiga yetgan. Xorazm yozuvi alifbosi 22 belgili oromiy alifbosining an'anaviy tizimini davom ettirgan. Lekin amalda Xorazm tili matnlarida 20 ta harf belgisi amal qilgan. Lom, ayn, qof harflari oromiycha ideogrammalarda uchraydi. Tet hamda tsadde harflari esa hozirgacha biror matnda uchragan emas. Bular oromiy (shomiy) til fonemalarini ifodalovchi harflar bo‘lgani uchun Xorazm matnlarida geteogrammalarda uchrashi ehtimolligini ko‘zda tutmoq kerak .Xorazm alifbosining qolgan 18ta harfi matnlarda ko‘p qo‘llangan . Ular quyidagilar: alif, bet, g‘ayn, dol, ha, vav, zay, xet, tet, yot, kof, mim, nun, sin, pe, resh, shin, tau.
Xorazm arab xalifaligi tasarrufiga kirgach, Xorazm yozuvi man etildi . IX-X asrlarda arab yozuvini xorazm tiliga moslashtirishga urinish bo‘lgan deyish uchun bizda asos bor. Bu haqda Abul Fazl Bayhaqiy XI asrda Xorazmda o‘z yozuvi bo‘lgan , deb xabar beradi. Abu Rayhon Beruniy davrida qadimiy Xorazm yozuvi unitilgan edi. Demak, Bayhaqiy arabiy asosdagi tub xorazmiy yozuvi haqida fikr yuritgan ekan. Lekin qadimgi Xorazm tilining “o‘lib borishi” , o‘g‘iz lahjasi asosidagi yangi turkiy til vaziyati Xorazmda arabiy –xorazmiy yozuvning rivojlanishiga imkon bermagan. Uning o‘rnida esa arabiy asosdagi turkiy yozuv barcha talablarga javob bera boshlagan . Shu ma'noda arabiy - xorazmiy yozuv namunalari sifatida Beruniy, Zamaxshariy, Qazviniy asarlaridagi qadimgi xorazmcha til misollari , ulardagi grafika va orfografiyani ko‘rsatishimiz mumkin.

Download 65.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling