Mavzu: Xorijiy mamlakatlardagi ta'lim-tarbiya mazmuni Reja: Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta'lim-tarbiya


Bilimlarni to‘la o‘zlashtirish texnologiyasi


Download 125 Kb.
bet3/5
Sana25.10.2023
Hajmi125 Kb.
#1721594
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xorijiy mamlakatlardagi ta\'lim-tarbiya mazmuni

Bilimlarni to‘la o‘zlashtirish texnologiyasi. O‘quv materiallari bir necha bo‘laklaiga bo‘linadi: o‘zlashtirilishi tegishli bo‘lgan o‘quv unsurlari, undan so‘ng bo‘limlar bo‘yicha tekshirish uchun materiallar ishlab chiqiladi, undan so‘ng o‘qitish, tekshirish — joriy nazorat, korrektirovka va qayta, o‘zgartirilgan tarzda ishlab chiqish - o‘qitish. Hozirgi davr o‘quv jarayoniga pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish bilan xarakterlidir. Pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta’lim texnologiyalarining ilmiy asoslarini ishlab chiqish, pedagogik innovatsiyalar, mualliflik maktablari va yangi texnologiyalarni yeksperiment qilish bilan bog‘liqdir. Bu tajribalar muayyan tizimni ishlab chiqish va umumlashtirishni talab etadi. “O‘qitish tizimining qurama texnologiyasi” saviyasiga va darslarda mavzu bo‘yicha davriylikni rivojlantirishga ko‘ra sinf ichidagi o‘qitishning tabaqalashtirilishi deb qaraladi, Darslar har bir mavzu bo‘yicha ketma-ket joylashgan besh tipdan iborat bo‘ladi:
1) mavzuni umumiy tahlil qiluvchi darslar (ular leksiyalar deb yuritiladi);
2) ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlari jarayonida o‘quv materialining chuqurlashtirib ishlab chiqishini ko‘zda tutgan, tuzilgan seminar mashg‘ulotlari (bunday darslar uchtadan beshtagacha bo‘lishi mumkin);
3) bilimlarni umumlashtirish va tartibga tushirish (gurahlash) darslari (mavzular bo‘yicha sinovlar);
4) fanlararo materiallarni umumlashtirish (mavzular bo‘yicha vazifalarni himoya qilish);
5) dars-praktikumlar.
Keyingi bosqichda o‘qituvchi o‘quvchilarning saviyalariga ko‘ra tabaqalashtirish ishlarini tashkil yetadi. Bu ish yangi materialni berish, uni mustahkamlash va takrorlash, bilim, malaka va ko‘nikmalarni nazorat qilish orqali amalga oshiriladi. Bu texnologiyada uchta tabaqalashtirishning turli darajadagi qiyinchiliklari: “A”,”V”,”S” dasturlari ajralib turadi. Dasturlar quyidagi vazifalarni hal qiladi:
• muayyan darajadagi bilim, malaka va ko‘nikmalarni yegallashni ta ‘minlaydi;
• talim oluvchilarning ma ‘lum darajadagi mustaqilligini ta’minlaydi; “S” dasturi tayanch standart sifatida qayd qilinadi. Uni bajarish orqali ta’lim oluvchilar fan bo‘yicha o‘quv materialini, uni qayta tiklay olish darajasida o‘zlashtiradilar. “S” dasturi vazifalarini nisbatan qiyin dasturga o‘tmasdan oldin har bir o‘quvchi bajara olishi lozim.
“V” dasturi mavzuni qo‘llash bilan bog‘liq masalalarni yechish uchun zarar bo‘lgan o‘quv va aqliy faoliyatining umumiy va o‘ziga xos usullari bilan birga yegallashni ta’minlaydi. Ushbu dasturga kiritiladigan qo‘shimcha ma’Iumotlar birinchi bosqich materiallarini kengaytiradi, asosiy bilimlarni isbotlaydi, namoyish yetadi va oydinlashtiradi hamda tushunchalarning amal qilish va qo‘llanishini ko‘rsatib turadi. «A» dasturi o‘quvchilarning bilimlarini to‘la anglash, ijodiy qo‘llash darajasiga ko‘taradi. Bu dasturda ijodiy qo‘llash istiqboli tobora takomillashib boruvchi ma’lumotlar, chuqurlashtiriladigan materiallar, hamda uning mantiqiy asoslanganligi joylashtirilgan. Materiallarni takrorlashda turli darajadagi vazifalarni yerkin tiklash metodikasi qo‘llanadi. Tabaqalashtirilgan vazifalarni nazorat qilishda individuallikka o‘tiladi va u chuqurlashtiriladi.

Download 125 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling