Mavzu: Xotira qurilmalarini loyihalashtirish


Download 114.34 Kb.
bet1/5
Sana13.05.2023
Hajmi114.34 Kb.
#1456907
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil ishi 5


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI QARSHI FILIALI

"Kompyuter injiniring" fakulteti


" Raqamli qurilmalarni loyihashga kirish” fanidan


MUSTAQIL ISH-№5




Mavzu: Xotira qurilmalarini loyihalashtirish.
Bajardi: KI 15 20 S-guruh talabasi
Egamberdiyev Dostonbek Rustam o’g’li
Qabul qildi: POLVONOV. X

Mavzu: Xotira qurilmalarini loyihalashtirish

REJA:

1.1 Disklar, ularning turlari


1.2 Magnit disklardagi yig`uvchilar
1.3 Diskda ma`lumotni adreslash
1.4 Egiluvchan magnit disklardagi yg`uvchilar
1.5 Qattiq, magnit disklardagi yig`uvchilar
1.6 Optik disklardagi yig`uvchilar
1.7 Raqamli DVD videodisklari
































1. DISKLAR, ULARNING TURLARI.

Tashqi xotira qurilmasi yoki boshqachasiga aytganda, tashqi eslab qolish qurilmasi (TEQQ) juda xilma-xildir. Ularni bir qator belgilar bo`yicha tasniflash mumkin: tashuvchi ko`rinishi bo`yicha, konstrukciya tipi bo`yicha, ma`lumotlarni yozish va o`qish tamoyili bo`yicha, murojaat qilish usuli bo`yicha va h.k.


Tashuvchi - ma`lumotlarni saqlash qobiliyatiga ega bo`lgan moddiy ob`ektdir.
Disklar bevosita murojaat qilinadigan ma`lumotni mashinali tashuvchilarga taalluqlidir. «Bevosita murojaat» tushunchasi shuni bildiradiki, SHK qidirilaetgan ma`lumot boshlanadigan yoki yangi ma`lumotni yozish lozim bo`lgan yo`lakchaga
Yozish o`qish kallagi qaerda joylashishidan qaty nazar bevosita «murojaat qilishi» mumkin.
Disklardagi yig`uvchilar xilma-xildir:

  • disklarda yoki disketalarda;

  • qattiq magnit disklardagi yig`uvchilar yoki vinchesterlar;

  • almashinadigan qattiq, magnit disklardagi yig`uvchilar, ularda Bernulli effekti ishlatiladi;

  • floptik disklardagi yig`uvchilar, boshqachasiga floptical-yig`uvchilar;

  • o`ta yuqori zichlikdagi yozuvli yig`uuvchilor boshqachasiga, VHD-yig`uvchilar;

  • optik kompakg-disklardagi CD ROM (Compact Disk) yig`uvchilar;

  • CC WORM tipidagi (Continnous Composite Write Once Read Many, bir marta yozish-ko`p marta o`qish) optik disklardagi yig`uvchilar;

  • magnit optik disklardagi yig`uvchilar (MODY);

raqamli videodisklardagi DVD (Digital Versatile Disk) yig`uvchilar va b.

2. MAGNIT DISKLARDAGI YIG`UVCHILAR


MD markazidan bir xil masofada joylashgan MD yo`lkalar yig`indisini «cilindr» deb ataladi.
Har bir yo`lakcha sektorlarga bo`lingan. Har bir sektorda 128, 256, 512 yoki 1024 bayt joylashtirilishi mumkin, lekin odatda 512 bayt qiymatlar joylanadi.
MDY va AX o`rtasidagi qiymatlarni almashish ketma-ket butun sondagi sektorlar bilan amalga oshiriladi. Ma`lumotni yozishda va o`qishda MD o`z o`ki atrofida aylanadi, magnit kallakni boshqaradigan mexanizm esa uni ma`lumotni yozish yoki o`qish uchun tanlangan yo`lkaga olib keladi. Magnit diskdagi ma`lumotni o`qish va yozish qurilmasi diskovod deb ataladi. Uzining asosiy tavsifi - axborot sikinidan tashqari, diskli yig`uvchilar ikkita vaqt ko`rsatkich bilan: murojaat qilish vaqti va qatorasiga o`qish tezligi bilan tavsiflanadi. Diskdagi ma`lumotga murojaat qilish vaqti (access time), ya`ni diskovod qiymatlarni o`qishni boshlagunga qadar sarf qiladigan vaqti bir necha tashkil etuvchilardan iboratdir:
- magnit kallakni kerakli yo`lkaga siljish vaqti (seek time);
- kallakni o`rnatish va uning tebranishini so`ndirish vaqti (setting time);
- aylanishni kutish vaqti (rotatoin latemy) - diskning aylanishi natijasida kerakli sektor kallak ostiga tug`ri kelish momentini kutish.
Ma`lumotga murojaat qilingandan keyin uni ketma-ket satrlab o`qish amalga oshiriladi - yaxshi diskovodlar sekundiga 1 Mbayt va undan yuqori satrlab o`qish tezligini (transfer rate) ta`minlaydi. Disklardagi qiymatlar fayllarda saqlanadi, ular shu ma`lumotlarni tashuvchilardagi xotira uchastkalari (soxa, maydon) bilan odatda bir-biriga tenglashtiriladi. Yaratilgan faylga xotira maydoni klasterlarni aniqlangan soniga juft qilib ajratiladi. Klaster - ma`lumotlarni diskda joylashtirishning eng kichik birligi bo`lib, u yo`lkani bir yoki bir nechta yonma-yon sektorlaridan tashkil topgan. Bitta faylga ajratilgan klasterlar diskli xotirani istalgan bo`sh joyida joylashishi mumkin va albatta yonma-yon bo`lishi shart emas. Diskdagi tarkatilgan klasterlarda saqlanayotgan fayllar lavholashtirilgan deb ataladi.
3. DISKDA MA`LUMOTNI ADRESLASH

BIOS tizimida 3 o`lchamlik cilindr (yo`lka), magnit kallagi (disk tomoni), sektor nomeri. DOS tizimida tashqi 0-cilindrdan (yo`lqadam), 0-kallak, 1-sektordan boshlab sektorlarni satrlab ketma-ket nomerlash.


Har bir disketada 2 ta soxani: tizimli va qiymatlar soholarini ajratish mumkin.

Download 114.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling