Mavzu: xotira shajarasi va operativ xotira reja: Xotira shajarasi Magnitli disklar Operativ va kesh xotira Tayanch iboralar
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
12-mavzu (1)
ma’lumotlarni tezkor kiritish-chiqarish qurilmasi, deb ham atashimiz mumkin.
Protsessorlarning ishlash tezliklari bilan, magnitli disklarga ma’lumotlarni yozish- o‘qish tezliklari orasidagi farq kattalashaverdi. 80-yillarning oxirlariga kelib (1988 yili) diskli xotiraning tezkorligini va ishonchliligini oshirish imkonini beruvchi - RAID-massivlar g‘oyasini amalga oshirish yo‘llari, ya’ni ushbu xotirani tashkil qilishning bir necha xil variantlari (6-ta) taklif qilindi (2.19-rasm). Bunda, protsessorlarning tezkorligini oshirishda qo‘llanilgan ma’lumotlarni parallel ishlash texnologiyalarini, diskli xotirani tashkil qilishda ham qo‘llashni amalga oshirish maqsad qilib qo‘yildi. Buning uchun bir nechta - 4, 5, 7 yoki 8-ta 2.1-jadval. SCSI-disklari versiyalarining ba’zi ko‘rsatgichlari. Nomi Razryadlar soni Shinaning chastotasi MGs Uzatish tezligi, Mbayt/s SCSI-1 8 5 5 Fast SCSI 8 10 10 Wide Fast SCSI 16 10 20 Ultra SCSI 8 20 20 Wide Ultra SCSI 16 20 40 Ultra2 SCSI 8 40 40 Wide Ultra2 SCSI 16 40 80 Ultra3 SCSI 8 80 80 Wide Ultra3 SCSI 16 80 160 Ultra4 SCSI 8 160 160 Wide Ultra4 SCSI 16 160 320 7 SCSI-disklari birlashtirilib, operatsion tizim tomonidan RAID-massiv yoki SLED- disk, yagona disk sifatida boshqarish yo‘lga qo‘yildi. SCSI-disklar to‘plami odatda serverlar yonida o‘rnatilgan bo‘lib, yagona RAID-kontroller tomonidan boshqariladi. 4-rasm. RAID-massivlarni tashkil qilishning bir necha xil variantlari. 8 Ma’lumotlar RAID-massivga ko‘chirib olinadi, so‘ngra esa ular bilan odatdagi yozish-o‘qish amallari bajariladi. RAID-massivlarda ma’lumotlarni taqsimlanishining turli xil variantlari 2.19-rasmda keltirilgan. Ular 0, 1, 2, 3, 4 va 5-sath RAID-massivlari deb ataladi, ammo bu erda sath so‘zi o‘rniga, variant so‘zini ishlatish to‘g‘riroq bo‘lar ekan. 5-rasm. Kompakt diskka yozish sxemasi. CD va DVD disklar: CD-ROM (Compact Disc-Read Only Memory, rus tilida - постоянная память на компакт-диске) - kompakt diskda joylashgan doimiy xotira. CD-R (CD-Recordable, rus tilida - записываемый компакт-диск) - yozish mumkin bo‘lgan kompakt disk. 2.20-rasmda kompakt diska yozish sxemasi keltirilgan. CD-RW (CD-ReWritable, rus tilida - перезаписываемый компактдиск) - ma’lumotlarni o‘chirib qayta yozish mumkin bo‘lgan disk. DVD (Digital Video Disk, rus tilida - цифровой видеодиск) - raqamli video disk, yoki Digital Versatile Disk (rus tilida - цифровой многоцелевой диск) - raqamli ko‘p maqsadli disk. Ushbu disklarga yozishda qizil rangli lazer qodlaniladi va ularning quyidagi xillari mavjud: 1. Bir tomonli bir qavatli disklar - 4,7 Gbayt. 9 2. Bir tomonli ikki qavatli disklar - 8,5 Gbayt. 3.Ikki tomonli bir qavatli disklar - 9,4 Gbayt. 4.Ikki tomonli ikki qavatli disklar - 17 Gbayt. Blu-Ray - ma’lumotlarni yozish uchun ko‘k rangli lazer qo‘llaniladigan DVD-disk. Bu xildagi disklarning bitta tomoniga 25 Gbaytgacha xajmdagi ma’lumotlarni yozish mumkin, ikki tomonli diskning xajmi esa 50 Gbayt bo‘ladi. Ma’lumotlarni uzatish tezligi 4,5 Mbit/sek. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling