Mavzu: Xristian dinining bo`linishi Bajardi: Ilmiy raxbar


Mavzu: Xristian dinining bo`linishi


Download 1.9 Mb.
bet2/3
Sana04.06.2020
Hajmi1.9 Mb.
#114366
1   2   3

Mavzu: Xristian dinining bo`linishi



Bajardi:

Ilmiy raxbar:


Reyting bali:_______________________________________

Urganch-2020

Reja:

Kirish.

I. Bob. Xristianlik dinining vujudga kelishi va bo`linishi

1.1. Xristianlik dinining vujudga kelishi

1.2. Xristianlikda ilk boʼlinishlarning yuzaga kelishi.

II. Bob. Xristian dinining oqimlari

2.1 Katoliklik (Katolitsizm) va uning oʼziga xos jihatlari.

2.2 Pravoslavlik (Pravoslavie) tarixi va taʼlimoti.

2.3 Protestantlik (Protestantizm)ning yuzaga kelishi va sektalari.

III. Xulosa.

IV. Foydalangan adabiyotlar.

V. Ilovalar.

Kirish

Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston ko’p millatli, ko’p konfessiyali davlatdir. Bunday davlatda millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. SHuning uchun davlat va diniy tashkilotlar o’rtasidagi munosabatlarni o’zaro hurmatga asoslanishi mamlakatimizda qurilayotgan demokratik jamiyatning asosiy tamoyillaridan biridir. Zero, mamlakatimizda 16 diniy konfessiyaning o’zaro totuvlikda faoliyat ko’rsatishiga davlat barcha sharoitlarni yaratib bergan.a. O’tgan qisqa davr ichida mazkur yo’nalishda qator ishlar amalga oshirildi va diniy islohotlarga keng zamin yaratildi. O’zbekistonda qaror topgan davlat va diniy tashkilotlar o’rtasidagi demokratik prinsiplarga asoslangan munosabatni o’rganishning dolzarbligi quyidagi omillar bilan belgilanadi:

Birinchidan, respublikamizda istiqomat qilayotgan turli diniy konfessiyalar faoliyati va ularning davlat bilan munosabatida o’zaro hurmat, sabr-toqat, bag’rikenglik tamoyillarini qaror toptirishda ilmiy-nazariy tadqiqotlar olib borish muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kunda diniy tashkilotlar faoliyati, davlat va din munosabatlarini, diniy bag’rikenglik, umuman, diniy omilning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotdagi o’rni va ahamiyatiga bevosita qaratilgan maxsus tadqiqotlarna ehtiyoj saqlanib qolmoqda. Mamlakatimizda tinchlik, barqarorlikni yanada mustahkamlashda turli dindagi konfessiyalarning tarixi, ta’limoti, ularning jamiyat rivojidagi o’rnini o’rganish katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega.



Ikkinchidan, aholining siyosiy, huquqiy, axloqiy madaniyatini takomillashtirishda ba’zi reaksion oqimlarga qarshi kurashni ilmiy-nazariy jihatdan tashkil qilish muammolarining mutaxassislar tomonidan tadqiq qilinishi davr talabiga aylandi. Ana shunday asosda olib borilgan tadqiqotlarning natijalari va xulosalariga tayanadigan ilmiy tavsiyalarga amaliyotning ehtiyoji yuqoriligicha qolmoqda. Bu esa masalani alohida tadqiqot ob’ekti sifatida tanlab olish uchun eng muhim sabablardan biri sanaladi.

Uchinchidan, milliy va diniy bag’rikenglik, davlat va diniy tashkilotlarning o’zaro munosabatida demokratik tamoyillarning qaror topishi xalqimiz madaniyati hamda mentalitetining ajralmas qismiga aylandi. O’zbekistonda diniy bag’rikenglik borasida olib borilayotgan siyosat demokratik o’zgarishlarni va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni tezlashtirishga, boshqa millatlar va madaniyatlarga hurmatsizlik hollaridan, har qanday tajovuzkorlik, ekstremizm va missionerlik shakllaridan xoli haqiqiy demokratik jamiyatni qurish omiliga aylanishiga, jamiyatda millatlararo va dinlararo ahillikning saqlanishiga imkon tug’dirmoqda. Bu tajribalarni atroflicha tadqiq qilish hamda O’zbekistonning yutuqlarini jahon hamjamiyati oldida targ’ib etish mamlakatimiz uchun katta ahamiyat kasb etmoqda.

To’rtinchidan, millatlararo va konfessiyalararo munosabatlardagi uyg’unlik xalqlarning ma’naviy boyligi manbai hisoblanadi va davlatlarning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, qizg’in o’zaro xalqaro munosabatlar davrida insoniyatning madaniy, aqliy va ma’naviy jihatdan birligi muammosi amaliy yechimni talab qiladi. Bu esa ko’p jixatdan davlatning diniy tashkilotlar bilan o’zaro munosabatiga bog’liq.

Demak, yuqorilardan ko’rinib turibdiki, mamlakatimiz taraqqiyoti, tinchlik va barqarorlik ko’p jixatdan davlatning diniy tashkilotlar bilan munosabati, turli diniy konfessiyalar va tashkilotlar faoliyatini to’g’ri yo’lga qo’yilishi omili bilan bog’liq.


Mavzuning maqsadi: Hozirgi globallashuv jarayonida diniy bag‘rikenglik, dinlararo totuvlik, o‘zaro hamkorlik masalasi rivojlangan va rivojlanib borayotgan mamlakatlarning tinchligi va taraqqiyoti uchun eng muhim tamoyillardan biri bo‘lib hizmat qiluvchidir. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, qadim-qadimdan Yurtimizda turli madaniyat, til, urf-odatlar, o‘z turmush tarziga ega bo‘lgan turli dinlarga e'tiqod qiluvchi va bir-biriga o‘xshash bo‘lmagan turli xalqlar, millatlar yashab kelayotgan zamindir desam mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning bu xususida quyidagi so‘zlarini eslab o‘tish maqsadga muvofiq deb bilaman. Jumladan; “Bizning milliy xususiyatlarimiz umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘lanib ketgan. Asrlar davomida xalqimiz umumbashariy, umuminsoniy qadriyatlar takomiliga ulkan hissa qo‘shgan. Turli millat vakillariga hurmat, ular bilan bahamjihat yashash, diniy bag‘rikenglik, dunyoviy bilimlarga intilish, o‘zga xalqlarning ilg‘or tajribalari va madaniyatini o‘rganish kabi xususiyatlar ham xalqimizda azaldan mujassam” – deb aytganlar.

Shuni inobatga olgan holda xristianlik dinini vujudga kelishini o‘rganish, uning rivojlanish bosqichlari, bo‘linish sabablarini va jahon madaniyati ko‘rsatgan ta‘sirini yoritib berish mavzuning bosh maqsadidir.



1.1 Xristianlik dinining vujudga kelishi

Xristianlik dini buddaviylik va islom dinlari qatorida jahon dini hisoblanadi. Bu din o’ziga e’tiqod qiluvchilarning soni jihatidan jahon dinlari orasida eng yirigi hisoblanadi. Unga e’tiqod qiluvchilarning soni 1 mlrd. 600 mln. bo’lib, bu son dunyo aholisining deyarli uchdan biriga to’g’ri keladi. Xristianlik asosan Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya qit’alarida hamda qisman Afrika qit’asining janubiy qismida va Osiyo qit’asining sharqiy qismida tarqalgan. Xristianlik eramizning boshida Rim imperiyasining sharqiy qismida Falastin erlarida vujudga keldi. Iso Masih (Iisus Xristos) Bibliyaning xabar berishiga ko’ra, xristianlik ta’limotining asoschisi bo’lib, u Rim imperiyasi tashkil topganining 747 yili Falastinning Nazaret qishlog’ida bokira qiz Maryamdan Xudoning amri bilan dunyoga keldi. Yangi eraning boshlanishi ham Iso Masihning dunyoga kelishi bilan bog’liq. Eramizning boshlarida yahudiylar hokimiyatning uch tabaqasi bilan bog’liq og’ir tushkunlikni boshdan kechirar edilar. Bir tomondan Rim imperatori va uning joylardagi noiblari, ikkinchi tomondan Falastin podshohi Irod Antipa, uchinchi tomondan esa ruhoniylar xalqni turli soliqlar va majburiyatlar bilan ko’mib tashlagan edilar. Xuddi shu davrda yahudiylar o’rtasida kutilayotgan xaloskorning kelishi yaqinlashib qolganligi haqida xabar tarqatuvchilar paydo bo’ldi. Ular xalqni kutilayotgan xaloskor kelishiga tayyorlash uchun chiqqan edilar. Shunda Iso Masih yahudiylikni isloh qilish va uni turli xurofotlardan tozalash g’oyasi bilan chiqib, xristian diniga asos soldi. Yahudiylar uni va uning izdoshlarini Falastindan quvg’in qildilar. Isoning 33 yoshida fitnachilikda ayblab qatl etishga hukm qildilar. Isoning tarixiyligi xususida diniy va diniy bo’lmagan manbalar orasida ixtilof mavjud: xristianlik manbalari Isoning o’zi xudo bo’la turib, insoniyatning gunohlarini o’ziga olish uchun odam qiyofasida tug’ilganini, uning tarixiy shaxs ekanini ta’kidlab, uning hayot tarzini, insonlar bilan muloqoti haqidagi keng ma’lumotlarni bersada, diniy bo’lmagan manbalarda Isoning nomi uchramaganligini nazarda tutib, u tarixiy emas, balki afsonaviy shaxsdir deguvchilar ham bor. Iso nomiga qo’shiluvchi Masih so’zi qadimiy yahudiy tili - ivritdagi «moshiax» so’zidan olingan bo’lib, «silangan» yoki «siylangan» ma’nolarini beradi. Grekchada bu so’z «xristos» («christos») shakliga ega. Bu dinning «xristianlik» yoki «masihiylik» deb atalishi ham shu so’zlar bilan bog’liq. Bundan tashqari xristianlik Iso Masihning tug’ilgan qishlog’i - «Nazaret» bilan bog’lab, nazroniyya deb ham atalgan. Keyinchalik bu nom nasroniyya, nasroniylik shaklini olgan. Iso Masih o’z ta’limotini o’zining 12 o’quvisi Apostollar - Havoriylarga o’rgatdi. Ular esa Isoning vafotidan keyin ustozlarining talimotlarini har birlari alohida-alohida tarzda kitob shakliga keltirdilar. Bu kitoblar Bibliyaning «Yangi ahd» qismini tashkil etadi.

Xristianlik asosan Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya qit'alarida xamda qisman Afrika qit'asining janubiy qismida va Osiyo qit'asining sharqiy qismida tarqalgan.

Xristianlik dini asoschisi Iso MasihHazrati Iyso alayhissalomga 30 yoshida Xudo tomonidan Injil vahiy qilingan. Bu kitobni Iyso alayhissalomning 12 shogirdlari-havoriylar payg'ambar vafotidan keyin milodiy I-II asrlarda yozib kitob holiga keltirganlar. Xristianlikning aqidalari, e'tiqod talablari, huquqiy va axloq me'yorlari, cheklov va ta'qiqlari ana shu kitobda yozilgan.

Xristianlik diniga dunyoning 1 mlrd. 600 mln.aholisi e'tiqod qiladiXristianlikning nomi, uning asoschisi Xristos (Iisus Xristos) nomidan olingan.

Xristianlik milodiy I asrning ikkinchi yarmida Rim imperiyasining sharqiy qismi-Falastinda yashovchi yahudiylar o'rtasida paydo bo'lgan va birinchi o'n yillikdayoq atrofdagi xalqlarga tarqala boshlangan.

Xristianlikning tez yoyilishiga sabab, barcha alamdiydalar, jafokashlarga murojaat qilib, ularning ko'ngillariga samoviy kuchlar yordami bilan tez vaqt ichida zolimlar ustidan g'alaba qozonish ishonchini, yaqin fursatda Yer yuzida «ilohiy saltanat» o'rnatilishidan umidvor bo'lish hissining jo etilganligidir.

Hazrati Iyso alayhissalomga 30 yoshida Xudo tomonidan Injil vahiy qilingan. Bu kitobni Iyso alayhissalomning 12 shogirdlari-havoriylar payg'ambar vafotidan keyin milodiy I-II asrlarda yozib kitob holiga keltirganlar.

Xristianlik dini manbasi Bibliya (Injil)

Qadimiy ahd qismi

Xristianlikning aqidalari, e'tiqod talablari, huquqiy va axloq me'yorlari, cheklov va

ta'qiqlari ana shu kitobda yozilgan.

Xristianlik yuksak insonparvarlik g'oyalari bilan to'lib-toshgan, o'ta yuksak insoniylik bilan sug'orilgan axloqiy me'yorlarni va sahovat, rahmdillik, o'z yaqin kishilarini sevish, hamdardlik, hamma narsani kechirish va bular asosida jamiyatning axloqiy va madaniy kamoloti xristianlik qoidalariga asoslanishi lozimligini talab etgan.

Xristianlikning asosiy g'oyalaridan biri muqaddas uchlikka e'tiqod qilishdir, ya'ni mohiyatan bir xudo, ammo u Ota-xudo, O'g'il-xudo, Xudo-Muqaddas ruh ko'rinishida namoyon bo'ladi.

Ana shu yanglish, xato, botil aqidalar tufayli ular musulmonlar tomonidan “Kofir” (kufrga ketgan) deb ataldilar.

Alloh o'ziga bunday shirk keltirgan nasroniylarning da'volarini Qur'oni Karimda keltirilgan oyatlar bilan qat'iyan rad qiladi va ularni oxiratda qattiq jazoga tortajagi haqida ogohlantiradi.

Xristianlikning muhim aqidalaridan biri: Iyso payg'ambarning dunyoga kelishi, uning xalqqa, Xudo saltanatining yaqinlashib qolganligini e'lon qilishi, uning odamlarni gunohdan halos etish uchun qiynoqlarga solinishi va dahshatli tarzda o'ldirilishi, keyin yana tirilib osmonga ko'tarilib ketganligi, zamona oxirida yana qaytib kelishi va adolatli podshohlik o'rnatishi va boshqalar Injilda yoritib berilgan.

1.2 Xristianlikda ilk boʼlinishlarning yuzaga kelishi

Milodiy 395 yilga kelib oʼz vaqtida qudrati olamni larzaga solgan Rim imperiyasi gʼarbiy (Rim) va sharqiy (Vizantiya) qismlarga boʼlinib ketdi. Ushbu boʼlinish mazkur hududdagi nafaqat siyosiy, ijtimoiy-madaniy, iqtisodiy jabhalarga, balki diniy hayotga ham taʼsir oʼtkazdi. Chunki, barcha xristianlarning rahnamosi boʼlgan Rim Papasi maqomidan Gʼarbiy Rim Vizantiyaga qarshi qurol sifatida foydalanishi mumkin edi. Shu sababli ham Sharqiy Rim Papaning obroʼsini tushirish maqsadida turli sxizmalar (yunon. boʼlinish, parchalanish) yuzaga kelishiga keng yoʼl ochib berdi. Bunday ilk guruhlarning eng mashhurlari monofizitlar va nestorianlar edi.

Monofizitlik (yunon. “bir”, “yagona”, “tabiat”, “tabiiylik”) V asrda paydo boʼlgan xristianlikdagi xristologik doktrina. U Iso Masihning faqat xudolik tabiatini yoqlab, uning insonlik mohiyatini rad etadi. Yaʼni pravoslav taʼlimotiga zid ravishda monofizitlik Masih-Xudo inson emas, yaʼni uning inson sifatida koʼrinishi mavhum. Аmmo “monofizitlik” terminining oʼzi adabiyotlarda VII asr oxirlaridagina paydo boʼlgan.

Monofizitlik asoschisi deb Konstantinopolь ibodatxonasining igumeni (erkaklar monastirining boshligʼi) arximandrit (monastirь boshligʼi) Yevtixiy (tax. 378-454 y.) tan olingan. Shu sababli Yevtixiylik deb ham yuritiladi. 448 yildagi Konstantinopolь sobori Yevtixiyning taʼlimoti tadqiqotlariga bagʼishlangan. Unda Yevtixiy oʼz taʼlimotining asoslarini shunday taʼriflaydi: “Men Xudoimizning qoʼshilishidan oldin ikki tabiatdan iborat boʼlgan, birlashganidan keyin esa yagona tabiat egasi boʼlganiga eʼtiqod qilaman”.

Hozirgi kunda monofizitlikning umumiy tarafdorlari 45 mln. kishini tashkil etadi. Аsosiy monofizitlik cherkovi tashkilotlari – Аrman-apostol cherkovi, Kopt pravoslav cherkovi (unga yaqin boʼlgan Nubiya va Efiopiya cherkovlarini ham oʼz ichiga oladi), Suriya pravoslav (yakovit) cherkovi (Suriya cherkovining Malankar provintsiyasi va Malabar Suriya cherkovini oʼz ichiga oladi).

Аrman-apostol cherkovi eng qadimgi xristian cherkovlaridan biri hisoblanadi. Аvliyo Grigoriy Prosvetitelь harakatlari bilan 301 yilda Аrmanistonda xristianlik davlat dini deb eʼlon qilinadi. “Аrman-grigorian cherkovi” nomi unga nisbat berilgan holda shunday atalgan.1

V asrning oʼrtalarigacha Аrman-grigorian cherkovi xristianlikning bir tarmogʼi hisoblangan. Lekin Vizantiyadan mustaqil boʼlishga harakat qilgan hamda 451 yilda boʼlib oʼtgan Jahon soborining monofizitlarga qarshi qaroriga norozilik bildirgan Аrman-apostol cherkovi amalda ham Sharqiy, ham Gʼarbiy cherkovlardan ajralishga muvaffaq boʼldi.

Аrman-apostol cherkovining diniy taʼlimoti pravoslavlik taʼlimotiga juda yaqin. Faqat Аrman-apostol cherkovida pravoslavlikdan farqli ravishda Isoning jismida xudolik va insonlik xislati alohida-alohida mavjud boʼlmay, ular oʼzaro qoʼshilib ketgan, deb hisoblanadi. Cherkov taʼlimotida xristianlikning barcha sirli marosimlari tan olinadi. Shu bilan birga, Аrman-grigorian cherkovida boshqa xristian yoʼnalishlarida uchramaydigan “matax” deb nomlanadigan qurbonlik keltirish marosimi mavjud. Bu marosim katta bayramlar munosabati bilan amalga oshirilib, buqa, qoʼy yoki parranda soʼyilib, uning goʼshti maxsus duo bilan muqaddas tuzli suvda pishiriladi. Pishgan goʼshtning hammasi shu kunning oʼzida yaqin kishilarga tarqatilishi lozim.

Ushbu cherkov vakillari Iso tugʼilgan kuni (Rojdestvo, 6 yanvarь), Isoning xatna qilinishi (14 yanvarь) kabi bayram va marosimlarni nishonlaydilar. Oʼzbekistonda ham Аrman-grigorian cherkovlari mavjud boʼlib, ulardan biri Samarqand shahrida 1903 yildan faoliyat koʼrsata boshlagan. 2011 yilning 1 iyuliga qadar ularga tegishli 2 ta diniy tashkilot roʼyxatga olingan.

Nestorianlik xristianlikdagi yoʼnalishlarning eng kam sonlisidir. U V asr boshlarida paydo boʼlgan. Bu yoʼnalish asoschisi 428-431yillarda Konstantinopolь patriarxi lavozimidagi monax Nestoriy hisoblanadi. Xristianlikning boshqa yoʼnalishlari namoyondalaridan farqli ravishda nestorianlar “Iso Masih Xudoning oʼgʼli boʼlmagan, balki Xudo mujassam boʼlgan inson boʼlgan, shu sababli Iso Masihning xudolik va insonlik tabiati bir-biridan farqlidir”, deb eʼtiqod qiladilar. Shunga bogʼliq ravishda ularda Bibi Maryam Xudoni emas balki Isoni dunyoga keltirgan deb hisoblanadi va unga alohida eʼtiqod qilinmaydi. 431 yilda Uchinchi Butun Jahon Efes soborida nestorianlik eʼtiqodi va oqimi “eresь” (bidʼat) sifatida qoralangan va taʼqib ostiga olingan.

Bugungi kunda mazkur cherkov tarafdorlarining soni taxminan 200 ming kishi. Ular Iroq (82 ming), Suriya (50 ming), Hindiston, Eron, АQSh, Rossiya, Gruziya, Аrmaniston va boshqa mamlakatlarda joylashgan.

589 yili Toledo shahrida boʼlib oʼtgan Butunjahon soborida Nikeya-Konstantinopolь eʼtiqod timsoliga “filiokve” tushunchasining kiritilishi, xristianlikning aqidaviy jihatdan ham amalda ikkiga boʼlinib ketishiga sabab boʼldi. “Filiokve” soʼzi lotinchadan “oʼgʼildan ham” degan maʼnoni anglatib, unga koʼra ilohiy uchlik – troitsaning atributlardan boʼlgan Muqaddas Ruh bir vaqtning oʼzida ham Ota Xudodan ham Oʼgʼil Xudodan tajalliy etadi, yaʼni ulardan kelib chiqadi. Holbuki, Birinchi va Ikkinchi soborlarda qabul qilingan eʼtiqod timsoliga koʼra “Muqaddas Ruh faqat Ota Xudodan kelib chiqadi” deb mustahkamlab qoʼyilgan edi. Katta shov-shuv va kelishmovchiliklarga sabab boʼlgan mazkur qoida oxir-oqibat 1013 yili Papa Benedikt VIII davrida rasman diniy amaliyotga kiritildi. Kelishmovchiliklar asosan Papa va Konstantinopolь patriarxi orasida avj olib, 1054 yili xristianlikning rasmiy ravishda katoliklik va pravoslavlikka boʼlinishiga olib keldi.2



II Bob Xristian dinining oqimlari

2.1. Katoliklik (Katolitsizm) va uning oʼziga xos jihatlari.

Katoliklik (Katolitsizm) va uning oʼziga xos jihatlari

Katoliklik (yunon. butun jahon) ham 1054 yilda xristianlikning ikkita – gʼarbiy va sharqiy cherkovga boʼlinishi natijasida tashkil topgan.

Katoliklik Yevropa, Аmerika qitʼasi davlatlarida keng tarqalgan. Аfrikadagi qator mamlakatlarda ham katoliklik asosiy diniy eʼtiqod hisoblanadi. Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Frantsiya, Belьgiya, Аvstriya va Lotin Аmerikasi davlatlarida asosiy eʼtiqod qilinadigan din boʼlsa, Vatikan davlatida esa rasmiy din hisoblanadi.

Dunyoda xristianlikning ushbu yoʼnalishiga taxminan 1,076 milliard kishi eʼtiqod qiladi.

Katolik cherkovi qatʼiy markazlashgan tashkilot hisoblanadi. Rim Papasi – katolik cherkovining boshligʼi, Isoning noibi va apostol Petrning oʼrinbosari hisoblanadi. Diniy hayotda gunohsiz deb hisoblanadigan, yashirin ovoz berish yoʼli bilan kardinallar kollegiyasi saylaydigan Papaning hokimiyati jahon soborlari hokimiyatidan ustun turadi. Katolik cherkovi soborlari (episkoplar yigʼini) cherkovga oid murakkab masalalarni hal etish uchun Papa tomonidan chaqiriladi. Papa cherkov davlati – Vatikanning cheksiz vakolatlarga ega rahbaridir.

Bugungi kunda katolik cherkovi oʼziga itoat etuvchi oʼta intizomli ruhoniylarning juda keng safiga, koʼpsonli monaxlik ordenlari, missionerlik, xayriya va boshqa turdagi koʼplab diniy tashkilot va muassasalarga ega. Umuman olganda, katoliklikda uchta asosiy cherkov rutbasi mavjud boʼlib, bular: diakon, presviter va yepiskoplardir.

Katoliklikning markazi Vatikanda joylashgan. 1929 yildan boshlab Vatikan mustaqil davlat maqomiga ega boʼldi. U hozirda 120 dan ortiq davlatlar bilan diplomatik aloqalar oʼrnatgan.

Katoliklikda “Injil” va “Muqaddas rivoyatlar” bilan bir qatorda Butun jahon soborlari va Rim Papasining qarorlari ham diniy taʼlimot manbai deb qaraladi.

Pravoslavlardan farqli ravishda katolikliklikda:

- “Muqaddas Ruh” nafaqat Ota-xudodan balki Oʼgʼil-xudodan ham kelib chiqqan, deb hisoblanadi;

- Iso va uning havoriylari, Bibi Maryam hamda avliyolar amallarini qamrab olgan “xayrli va savobli ishlar xazinasi” mavjud va ushbu xazina hisobidan cherkov gunohkorlarning gunohidan oʼtish imkoniga ega, deb hisoblandi. Mana shu taʼlimotga, yaʼni gunohlardan pok boʼlish va uning savobini oʼtganlarga bagʼishlash mumkin, degan aqidaga asoslanib katolik cherkovi XII asrdan boshlab gunohlarni kechirish haqidagi yorliqlar (indulьgentsiya – lot. rahm-shafqat) bilan savdo qilishni yoʼlga qoʼygan. Ruhoniylar vafot etganlarning yaqinlariga indulьgentsiya sotish orqali ularning aʼrofda boʼlish muddatini qisqartirishlari mumkin;

- Аʼrof (doʼzax va jannat oraligʼidagi mavze) haqidagi aqida mavjud. Unga koʼra, gunohi katta boʼlmagan gunohkorlarning ruhi u yerda oʼtda kuyadi, keyin jannatga yoʼl topadi. Ruhning aʼrofda boʼlish muddati oʼlganlar xotirasiga yaqinlari tomonidan qilinadigan xayrli ishlar (ibodat va cherkov foydasiga xayr-ehson qilish) evaziga qisqartirilishi mumkin;

- Bibi Maryam ham Iso kabi Аnnaning (Maryamning onasi) iffati saqlangan holda Muqaddas ruhdan homilador boʼlishi orqali dunyoga kelgan, deb hisoblanadi;

Katoliklikning oʼziga xos xususiyatlari qatorida:

- nikoh qatʼiy hisoblanishini (katoliklik aqidasiga binoan nikoh aqdi osmonda tuziladi va yerdagilar uni buzish huquqiga ega emaslar);

- Bibi Maryamning xudodan gunohlarni soʼrab beruvchi sifatlari koʼproq eʼzozlanishini;

- marosimlar teatrlashtirilgan tarzda, dabdabali, kishilarning his-tuygʼulariga taʼsir etadigan darajada oʼtkazilishi, ashula bilan birga organ musiqasidan ham foydalanilishini;

- ibodatxonalar rasm va haykallar bilan bezatilishi, avliyolar, jafokashlar ibodatlarini ifoda etuvchi turli muqaddas yodgorliklarni eʼzozlash keng tarqalganini alohida qayd etish lozim.

Xristianlikning yetti asrorini talqin qilish va ularga rioya qilishda ham pravoslavlikdan muayyan farqlar kuzatiladi. Xususan, katoliklikda:

- choʼqintirish amali choʼqintirilayotgan odamning ustidan suv quyish orqali bajariladi;

- choʼqintirilgandan keyin surtiladigan xushboʼy moy choʼqintirish bilan bir vaqtda emas, balki sakkiz yoshdan kichik boʼlmagan bolalarga yepiskop tomonidan surtiladi;

- nonni Isoning tanasi, vinoni uning qoni misolida isteʼmol qilishga asoslangan marosimda ruhoniylar xamirturushsiz non va vino, oddiy insonlar esa faqat xamirturushsiz non bilan (hozir baʼzan vino bilan ham) prichaщenie qiladilar;

- barcha ruhoniylar uylanmaydi. Diniy martabadan chiqish esa man etiladi;

Katoliklikda quyidagi “Majburiy” bayramlar nishonlanadi:

1. Iso tugʼilgan kun (Rojdestvo Xristovo - 25 dekabrь);

2. Xudoning zohir boʼlishi (Bogoyavlenie - 6 yanvarь);

3. Meʼroj, yaʼni Isoning osmonga koʼtarilishi (Voznesenie Gospodne - Pasxaning 40-kuni);

4. Isoning tana va qoni bayrami (Prazdnik Tela i Krovi Xristovыx - Pasxa bayramidan 60 kun oʼtgach nishonlanadi);

5. Bibi Maryam kuni (Denь Presvyatoy Devы Marii, Materi Bojiey - 1 yanvarь);

6. Bibi Maryamning pokdomon holida homilador boʼlishi (Neporochnoe Zachatie Presvyatoy Devы Marii - 8 dekabrь);

7. Bibi Maryamning osmonga koʼtarilishi yoki vafot etishi (Uspenie Presvyatoy Devы Marii - 15 avgust);

8. Bibi Maryamning qalligʼi Аvliyo Iosif kuni (Denь Svyatogo Iosifa, Obruchnika Marii - 19 mart);

9. Havoriylar Petr va Pavellar bayrami (Denь svyatыx apostolov Petra i Pavla - 29 iyunь);

10. Barcha avliyolar kuni (Denь vsex svyatыx -1 noyabrь).

2.2 Pravoslavlik (Pravoslavie) tarixi va taʼlimoti.[

Pravoslavlik (Pravoslavie) tarixi va taʼlimoti

Pravoslavlik (Pravoslavie) (rus. chin eʼtiqod) – xristianlikning 1054 yilda boʼlinib ketishi natijasida shakllangan shu dindagi uch asosiy yoʼnalishidan biri. Mazkur yoʼnalish tarixan xristianlikning sharqiy shahobchasi sifatida roʼyobga chiqdi va shakllandi. U asosan, Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Bolqon mamlakatlarida tarqalgan. “Pravoslav” atamasi yunoncha “ortodoksiya” soʼzidan olingan boʼlib, ilk davr xristian yozuvchilari asarlarida uchraydi. Pravoslavlikning manbaviy asoslari Vizantiyada shakllandi, chunki bu yoʼnalish u yerdagi hukmron din edi.

Dunyo boʼyicha pravoslavlikka eʼtiqod qiluvchilar soni 217 million atrofida hisoblanadi. Unda katolikliklarda boʼlganidek yagona markaz hozirga qadar yoʼq. Bugungi kunda dunyoda 15 ta avtokefalь (mustaqil) Konstantinopolь, Аleksandriya, Аntioxiya, Quddus, Gruzin, Serb, Rumin, Bolgar, Kipr, Ellada, Аlban, Polyak, Chexiya, Slovakiya, Rus, Аmerika va 4 ta avtonom maqomga ega pravoslav cherkovlari mavjud. Ular umumcherkov ahamiyatiga molik masalalarni hal etishda bir-birlari bilan aloqada boʼlib turadilar.

Pravoslavlik diniy taʼlimoti “Muqaddas yozuv” (“Injil”) va “Muqaddas rivoyatlar”ga asoslangan. Bu aqidalarni pravoslav cherkovlari ilohiy xarakterga ega, abadiy va oʼzgarmas deb biladi.

“Muqaddas uchlik” - xudoning bir vaqtning oʼzida ham yagona, ham uch xil koʼrinish (Ota-xudo, Oʼgʼil-xudo-Iso va Muqaddas Ruh) da namoyon boʼladi, deb ishonish, insonni tugʼma gunohkor deb bilish, Isoning inson qiyofasiga kirib, oʼz ummatlarini gunohdan xalos etish uchun oʼzini qurbon qilganini tan olish, oxiratga va unda qayta tirilishga eʼtiqod qilish, cherkovning xudo va odamlar oʼrtasidagi vositachi ekaniga ishonish pravoslavlik diniy taʼlimotining asosini tashkil etadi.

Pravoslavlikda diakon, yepiskop, mitropolit, patriarx kabi diniy rutbalar mavjud. Poytaxt shaharlarning yepiskoplari mitropolit deb ataladi. Pravoslav cherkovining eng oliy mansabi patriarxdir.3

Xristianlikning 7 sirli marosimi pravoslavlikning ham asosini tashkil etadi. Faqat ularning bajarilishida katoliklar bilan pravoslavlar orasida baʼzi farqlar bor.

Pravoslavlikda:

- yangi tugʼilgan bola choʼqintirilayotganda suvga botirib olinadi;

- muqaddas moy surtish choʼqintirishdan soʼng ketma-ket mahalliy ruhoniy tomonidan bajariladi;

- oddiy insonlar va ruhoniylar bir xil – kvasli non va vinodan totinadilar;

- nikoh marosimi cherkovda, ruhoniy tomonidan amalga oshiriladi. Er-xotin faqatgina xiyonat sababli ajrashishlari mumkin. Nikohni faqat cherkov bekor qila oladi;

- xristianlikning boshqa konfessiyalaridan farqli ravishda “qora” va “oq” ruhoniylar farqlanadi. Jumladan, “qora” ruhoniylarda “tselibat”, yaʼni uylanmaslik amaliyoti mavjud;

- tavba marosimida katoliklikdan farqli ravishda tavba qiluvchi va ruhoniy yuzma-yuz oʼtiradilar.

Qolgan marosimlarda sezilarli farq kuzatilmaydi.

Pravoslavlikda ibodat asosan mahalliy tilda olib boriladi. Rojdestvo, Pasxa kabi umumxristian bayramlari pravoslavlikning ham asosiy marosimlari hisoblanadi.

Cherkovlar boʼlinganidan soʼng katoliklar tomonidan qabul qilingan aqidalarni pravoslavlar xato, “Muqaddas yozuv” va “Muqaddas rivoyatlar”ga zid, deb hisoblaydilar. Shuningdek, cherkovlar boʼlinishidan soʼng katoliklar tomonidan qabul qilingan bayramlarni ham pravoslavlar nishonlamaydilar.

Pravoslavlar asosan quyidagi bayramlarni nishonlaydilar:

1. Iso tugʼilgan kun (Rojdestvo Xristovo – dunyo pravoslavlarida 25 dekabrь, Rus pravoslav cherkovida 7 yanvarь);

2. Isoning xatna qilinishi (Obrezanie Gospodne – 14 yanvarь);

3. Isoning choʼqintirilishi (Kreщenie Gospodne. Bogoyavlenie – 19 yanvarь);

4. “Qadimgi Аhd” va “Yangi Аhd”lar birlashgan kun (Sretenie Gospodne – 15 fevralь);

5. Ilohiy xushxabar (Blagoveщenie Presvyatoy Bogoroditsы – 7 aprelь);

6. Isoning Quddusga kirishi (Vxod Gospodenь v Ierusalim – 24 aprelь);

7. Pasxa (Pasxa Gospodnya. Svetloe Xristovo Voskresenьe – 1 may);

8. Isoning osmonga koʼtarilib ketishi (Voznesenie Gospodne – 9 iyunь);

9. Muqaddas uchlik yoki Pyatidesyatnitsa bayrami (Denь Svyatoy Troitsы ili Pyatidesyatnitsa - 19 iyunь);

10. Yahyo paygʼambarning tugʼilgan kuni (Rojdestvo Ioanna Predtechi – 7 iyulь);

11. Havoriylar Petr va Pavellar kuni (Denь svyatыx pervoverxovnыx apostolov Petra i Pavla – 12 iyulь);

12. Iso Masihning Yermon togʼida nurlanishi bayrami (Preobrajenie Gospodne – 19 avgusta);

13. Bibi Maryamning vafoti (Uspenie Presvyatoy Bogoroditsы – 28 avgust);

14. Yahyo paygʼambar qatl etilgan kun (Useknovenie glavы Ioanna Predtechi – 11 sentyabrь);

15. Bibi Maryamning tugʼilgan kuni (Rojdestvo Presvyatoy Bogoroditsы – 21 sentyabrь);

16. Iso mixlangan xochni tiklash bayrami (Vozdvijenie Kresta Gospodnya – 27 sentyabrь);

17. Bibi Maryamning 910 yilda Konstantinopolь shahri qamali paytida moʼʼjizaviy paydo boʼlishi bayrami (Pokrov Presvyatoy Bogoroditsы – 14 oktyabrь);

18. Bibi Maryamning ota-onasi tomonidan ibodatxonada xizmat qilish uchun topshirilishi bayrami (Vvedenie vo xram Presvyatoy Bogoroditsы – 4 dekabrь).

2.3 Protestantlik (Protestantizm)ning yuzaga kelishi va sektalari.

Protestantlik (Protestantizm)ning yuzaga kelishi va sektalari

Protestantlik (Protestantizm) (lot. norozi boʼlish, kelishmaslik) – XVI asrda katoliklik yoʼnalishidan ajralib chiqqan xristianlikdagi uch asosiy yoʼnalishlardan biri hisoblanadi. U XVI asrda Yevropada katoliklarga qarshi qaratilgan Reformatsiya harakati bilan bogʼliq koʼplab mustaqil cherkovlar va sektalarni oʼz ichiga oladi.4

Protestantlik АQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Kanada, Shveytsariya, Skandinaviya mamlakatlari, Latviya, Estoniyada keng tarqalgan. Bugungi kunda protestantlar soni taxminan 647 millionni tashkil etadi.

Katolik cherkovi tomonidan XV-XVI asrlarda indulьgentsiya savdolarining avj oldirilishi oqibatida cherkovning xalq orasida obroʼsi tushib bordi. Shunday bir vaziyatda, 1517 yil 31 oktyabrda Vittenberglik ruhoniy Martin Lyuter shahar sobori darvozasiga indulьgentsiyalar savdosini tanqid qilgan 95 moddadan iborat tezislarini osib qoʼyadi.

Lyuter xristianlik aqidalari hammaga toʼliq tushunarli boʼlishi uchun Bibliyaning zamonaviy tillarga tarjima qilinishi, cherkovdagi diniy xizmatlar ona tilida olib borilishi tarafdori edi. Baʼzi knyazlar va shahar vakillari lyuteranlikning tarqalishini cheklashga qaratilgan ayrim harakatlarga qarshi ekanliklarini bildirib “Protestatsiya”ga imzo chekdilar. Protestantlik degan nom mana shundan kelib chiqqan.

Protestantlik xudoning mavjudligi, uning uch qiyofada namoyon boʼlishi, ruhning abadiyligi, jannat va doʼzax, vahiy va ilohiy taqdir toʼgʼrisidagi umumxristian aqidalarini tan oladi.

Shu bilan birga, protestantlik:

- cherkov va ruhoniylarning eʼtiqod qiluvchilar bilan xudo orasidagi vositachi ekanini inkor etadi;

- cherkov ierarxiyasi, ruhoniylar va oddiy kishilar orasidagi tabaqalanishni rad qiladi;

- monaxlik, avliyolar, xoch va ikonalarga sigʼinishni notoʼgʼri deb hisoblaydi;

- koʼp mablagʼ talab qiladigan tadbirlarni asossiz deb biladi;

- selibat (ruhoniylarning uylanmasligi)ni inkor etadi.

Protestant yoʼnalishlari bir-biridan u yoki bu jihatlariga koʼra farqlansada M.Lyuter tomonidan katolik cherkovi taʼlimotiga qarshi keskin tarzda bayon etilgan:

- oʼz eʼtiqodi bilan najot topish;

- eʼtiqod qiluvchilarning barchasi ruhoniy boʼlishi, yaʼni har bir choʼqintirilgan inson cherkov yordamisiz oʼzi xudo bilan muloqotda boʼlishi, toat-ibodat qilishi, vaʼz oʼqishi mumkinligi;

- “Bibliya”ning oliy nufuzi, uni oʼqish, oʼrganish va tafsir qilish eʼtiqod qiluvchining birinchi majburiyati ekani haqidagi 3 tamoyil ularning barchasi tomonidan birday tan olinadi va ular protestantlikning asosiy qoidalari hisoblanadi.

Protestantlikning ilk shakllari: lyuteranlik, svinglichilik, kalьvinizm, unitarizm va sotsinchilik, anabaptizm, mennonitlik va anglikanlik edi. Hozirgi vaqtda protestantlik dunyoning barcha qitʼalarida keng tarqalgan. Uning jahon markazi АQShda, bu yerda baptist, adventist, Iegova shohidlari va boshqalarning qarorgohlari joylashgan.5

Lyuteranlik – ilk protestantlik yoʼnalishi. Yuqorida qayd etilganidek rohib Martin Lyuter (1483-1546) tomonidan asos solingan.

“Bibliya” bilan bir qatorda M.Lyuter qarashlarini oʼzida mujassam etgan “Kelishuv kitobi” ham lyuteranlik diniy taʼlimotining manbai sanaladi.

Lyuteranlikda protestantlikning boshqa yoʼnalishlari kabi ibodat marosimlari soddalashtirilgani bilan ham ajralib turadi. Shu bilan birga, xristianlikning yetti sirli marosimlaridan choʼqintirish hamda “non va vino totish” tan olingan holda qolganlariga oddiy marosimlar sifatida qaraladi.

Germaniyadan keyin lyuteranlik Yevropaning Аvstriya, Vengriya, Frantsiya kabi bir qator davlatlari hamda Shimoliy Аmerikada tarqaldi.

Bosh sinod – lyuteranlikning oliy huquqiy organi yepiskop tomonidan nazorat qilinadigan Konsistoriya (cherkov ishlari boʼyicha tashkilot) asosiy ijroiya hokimiyati hisoblanadi.

Kalьvinizm. Diniy islohotning boshqa bir yirik arbobi Jan Kalьvin (1509-1564) edi. Uning 1536 yilda nashr etilgan “Xristian dinidagi koʼrsatmalar” degan bosh asari, protestanizm taʼlimot sifatida shakllanganidan keyin yangi bir diniy yoʼnalish - kalьvinizmning asosi boʼlib qoldi.

Dastlabki islohot arboblaridan farqli oʼlaroq, Kalьvin uchun asosiy manba Injil emas, balki Tavrot boʼlib qoladi. Kalьvin absolyut taqdir haqidagi taʼlimotni ishlab chiqdi. “Iso ham bizning gunohlarimiz uchun azobu uqubatlarga giriftor qilingan”, der edi u.

Protestant cherkovining kalьvinistik yoʼnalishdagi davomchilari (kalьvinistlar yoki reformatorlar) Shotlandiya, Gollandiya, Shimoliy Germaniya, Frantsiya, Аngliyada keng nufuzga va taʼsirga ega edilar.

Presviterianlar kalьvinistik cherkovdan kelib chiqqan boʼlib, moʼʼtadil puritanlardir. 1592 yili Shotlandiya parlamenti bu taʼlimotni asosiy mafkura deb hisoblash haqida qaror qabul qilgan. Bu jamoa boshida jamoa aʼzolari tomonidan saylangan presviter turadi.

Presviterianlar diniy taʼlimotining asosiy aqidalari “Vestminster” kitobida bayon qilingan. Bu aqidalar ortodoksal kalvinizm ruhida boʼlib, olamdagi barcha odamlarning gunohkorligi va qismatning mutlaqligiga ishonchdan iborat.

Presviter jamoasi qavmlar saylagan presviterlar va pastorlardan iborat konsistoriya tomonidan boshqariladi. Presveterianlarning oliy organi – bosh assambleya. Bosh assambleya presviteriyanlar vakil qilib yuborgan presviter va pastorlardan iborat. Presveterianlarning koʼpchiligi oʼzlarining xalqaro tashkiloti – “Presveterianlarning tashkiliy tuzilishiga amal qiluvchi jahon reformatsiya cherkovlari alьyansi”ga aʼzodir. Mazkur alьyans 1875 yilda tashkil etilgan.

Hozirgi paytda Shotlandiya, Аngliya, Irlandiya, АQSh, Kanada, Аvstraliya va boshqa mamlakatlarda presveterianlar mavjud.6

Аnglikan cherkovi Аngliyaning davlat cherkovi 1534 yilda mahalliy katolik cherkovi Buyuk Britaniya qiroli Genrix VIII ni cherkov boshligʼi deb eʼlon qildi, yaʼni cherkov qirol hokimiyatiga boʼysundirildi. XVI asr oʼrtalariga kelib ibodatni ingliz tilida olib borish joriy etildi. Аnglikan diniy taʼlimoti “Umumiy ibodatlar kitobi”da aks ettirilgan.

Аnglikan cherkovida katolitsizmdagi marosimlar shundayligicha qabul qilinib, undagi Ierarxiya tuzumiga oʼxshash tartib joriy etilgan. Аnglikan cherkovi tarkibiga 3 cherkov kiradi. Ular katolitsizmga yaqin turadigan oliy cherkov, puritanizmga va pietizmga yaqin quyi cherkov, xristian oqimlarining barchasini birlashtirishga intiluvchi hukmron oqim – keng cherkov. Аnglikan cherkovidan rasman ajralgan cherkovlar Shotlandiya, Uelьs, Irlandiya, АQSh, Kanada, Аvstraliya kabi jami 16 mamlakatda tarqalgan. 1867 yildan Аnglikan cherkovi oʼz mustaqilligini saqlagan holda Аnglikan cherkovlar ittifoqiga birlashgan. Lambet konferentsiyalari Аnglikan cherkovida konsulьtativ organ hisoblanadi.

Baptistlik (Baptizm). Protestant taʼlimotining eng koʼp sonli davomchilari baptistlardir. Baptizm (yunon. suvga boʼktirish) XVII asr boshlarida vujudga kelgan boʼlib, hozirgi kunda dunyoning 130 mamlakatida oʼz tarafdorlariga ega. Bu taʼlimot tarafdorlari faqat oʼspirinlarnigina choʼqintirishga olib boradilar. “Hech kim, jumladan, ota-onalar ham kishi uchun biror dinni tanlay olmaydi. Kishi dinni ongli ravishda oʼzi ixtiyor qilmogʼi zarur” degan tamoyil baptistlarning asosiy qoidasidir. Ularda ibodat oʼta soddalashtirilgan boʼlib, diniy qoʼshiq, ibodat va mavʼizadan iborat. Ular toʼrtta sirli marosimni saqlab qolishgan: choʼqintirish (oʼspirinlar uchun), non va vino yeyish, nikoh, ruhoniylikka qabul qilish.

Аdventistlar (lot. kelish, voqe boʼlish) protestantlikdagi yoʼnalishlardan biri boʼlib, unga XIX asrning birinchi yarmida АQShda Uilьyam Miller (1772-1849) asos solgan.

“Bibliya”ni oʼrganib, “oxirzamon”ning yaqinlashayotgani hamda Iso Masihning ming yillik hukmronlik davri boshlanishi haqidagi fikrga kelgan U.Miller 1831 yilda Isoning 1843 yilda qaytishi haqida katta vaʼz qildi. Bu vaʼz hatto Yevropada ham aks-sado berdi. 1843 yil kirib kelganida esa U.Miller oʼz xulosasini biroz oʼzgartirib Isoning qaytish muddatini 1844 yilga koʼchirdi. Masih tushishi kerak boʼlgan oy va kunni, hatto joyini – Nьyu-York shtatidagi togʼni ham aniq koʼrsatdi. Belgilangan kunda Miller izdoshlari oq kiyimlarga oʼranib “qiyomat togʼi”da joylashdilar. Uzoq kutishdan soʼng “paygʼambar” izdoshlarining soni kamaya boshladi, lekin koʼplar unga sodiq qoldilar. Isoning 1843 yili kelmaganining sababi esa oʼsha yili Iso yerga emas, balki “osmondagi poklanish joyi” (chistiliщe) ni tozalash uchun kelgan, deb talqin qilindi.

1845 yilda U.Miller va uning izdoshlari baptistlar safidan chetlashtirilganlaridan soʼng oʼzlarining “adventistlar” deb atalgan tashkilotini tuzdilar.

Аdventistlar taʼlimoti Iso Masihning ikkinchi marotaba qaytishi gʼoyasiga asoslanadi. Unga koʼra ikkinchi qaytish davrida faqatgina taqvodorlar (birinchi tirilish) tiriladilar va Xudo bilan osmonda 1000 yil boʼladilar. Bu davr mobaynida yerda insonlar boʼlmaydi, ular tomonidan yaratilgan jamiki narsa vayron boʼlib, yoʼq boʼlib ketadi. Shayton kishanlanadi va uning jazosi vayronaga aylangan yerda boʼladi. 1000 yildan soʼng Iso uchinchi bor yerga qaytadi, shunda jin, alvasti va shu kabilar tiriladilar (ikkinchi tirilish). Shayton esa xalqlarni yoʼldan ozdirib, ularni Isoga qarshi oxirgi jangga toʼplash uchun vaqtincha ozodlikka chiqadi. Lekin osmon olovi ularni kulga aylantiradi. Shayton va insu-jinslar abadiy yoʼq qilinadilar - bu ular uchun ikkinchi oʼlimdir. Olov bilan tozalangan Yer yangilanadi va uni taqvodorlar egallaydilar. Quddus qayta tiklanadi va odamlar abadiy rohatda baxtli hayot kechiradilar.

Yettinchi kun adventistlari adventistlik zamirida paydo boʼlgan eng yirik yoʼnalish hisoblanadi. 1844 yilda АQShda yuzaga kelgan ushbu yoʼnalishning asoschisi Elena Uayt (1827-1915) hisoblanadi.

“Ettinchi kun adventistlari” yoʼnalishi tarafdorlarining soni taxminan 16 million kishini tashkil etadi. Uning 206 davlatda 46 mingdan ortiq cherkov (jamoa)lari bor. Umumjahon Yettinchi kun adventistlari cherkovining Markazi – Bosh Konferentsiyasi АQShning Vashington shahrida joylashgan.

“Ettinchi kun adventistlari” taʼlimotiga koʼra, Xudo oʼz irodasini xalqqa yetkazish uchun goʼyoki, Elena Uaytni tanlagan va unga 2000 ga yaqin “koʼrinishlar” (videnie) boʼlgan. Uning bu “koʼrinishlar” asosida yozgan kitob va xatlari “Bibliya” bilan bir qatorda “Ettinchi kun adventistlari” diniy taʼlimotining asosiy manbai hisoblanadi.

Iso Masihning yaqin orada qaytishiga ishonish “Ettinchi kun adventistlari”ning asosiy aqidasi hisoblanadi.

Yettinchi kun adventistligida:

- “Bibliya” buyruqlariga boʼysunish qatʼiy talab qilinadi;

- boshqa xristianlardan farqli ravishda, yakshanba kuni emas, haftaning yettinchi kuni – shanba ulugʼlanadi. Shuning uchun ham, ularni “Ettinchi kun adventistlari” deb ataydilar. Shanba kuni ishlash, hatto, ovqat tayyorlash ham mumkin emas. Butun kun ibodatga bagʼishlanadi. Ular Isoning tirilishi va “oxirzamonni” kutib yashaydilar. 7

Аyni paytda, Yettinchi kun adventistligida:

- ruhning abadiyligi, jannat va doʼzax tushunchalari inkor qilinadi;

- choʼqintirish butun tanani suvga botirish orqali oʼtkaziladi;

- “nopok hayvonlar” goʼshti, xususan, choʼchqa goʼshtini yeyish, kofe, choy, vino ichish, tamaki chekish taqiqlanadi;

- turli xil koʼngil ochar tadbirlar, badiiy kitob oʼqish esa qoralanadi.

Pyatidesyatniklar yoki “Toʼliq injil xristianlari” protestantlikdagi eng yirik yoʼnalishlardan biri hisoblanadi. Hozirda pyatidesyatniklarning soni dunyo boʼyicha taxminan 120 millionni tashkil etadi.

Pyatidesyatniklik tarixi rasman 1901 yilning 1 yanvariga borib taqaladi. Аynan shu kuni АQShning Kanzas shtati Topeke shahrida Charlьz Parxem ismli ruhoniy boshqarayotgan “Bibliya” maktabining talabalardan biri Аgnessa Ozman “uchinchi rahmat”ga erishib (yaʼni, Muqaddas Ruh bilan choʼqintirilib), xitoy tilida gapira boshlaydi. Uning ketidan “xudo bilan notanish tilda gaplashish” “epidemiya”si butun maktabni qamrab oladi. Shundan soʼng, Ch.Parxem oʼz oʼquvchilari bilan janubiy shtatlarda pyatidesyatniklikni targʼib qila boshlagan.

Xudo bilan notanish tilda gaplashishni boshidan oʼtkazgan koʼpchilik keyinchalik oʼzlarining pyatidesyatniklik cherkoviga asos soldilar. Bunday cherkovlar Skandinaviya, Аngliya, Hindiston, Chili, Germaniya kabi davlatlarda ham paydo boʼldi.

Pyatidesyatniklik diniy hayotda “Muqaddas Ruh inʼomlari” degan tushunchaga tayanadi. Taʼlimotga koʼra, bu inʼomlar faqatgina Muqaddas Ruh bilan choʼqintirish orqali Iso Masihning asl izdoshlariga, unga xizmat qilish vositasi sifatida beriladi. Muqaddas Ruh bilan choʼqintirilganlikning tashqi belgisi deb pyatidesyatniklar “glossaliya”, yaʼni “xudo bilan notanish tilda gaplashish”ni tushunadilar.

Ularning bir-biridan asosiy farqi xudoning rahmatlari soni va suv bilan choʼqintirishning uslublaridadir. Xususan, baʼzi pyatidesyatniklar 3 ta rahmatga – dinga kirgizish, nurlantirish yaʼni, xristian taʼlimoti bilan chuqurroq tanishtirish va Muqaddas Ruh bilan choʼqintirishga ishonishsa, ayrimlari faqat 2 ta rahmat – dinga kirgizish va Muqaddas Ruh bilan choʼqintirishni tan oladilar. Shuning uchun ham, ularni “Ikki rahmat cherkovlari” deb atashadi.

Pyatidesyatniklikning diniy taʼlimot manbai “Bibliya”dir. Unga koʼra, Muqaddas Ruh doimo cherkovda namoyon boʼlib turadi. Pyatidesyatniklikda Isoning ikkinchi marta qaytishi, oxirzamon va mingyillik hukmronligi oʼrnatilishining yaqinligi targʼib qilinadi. Shuningdek, Xudoning “Oʼldirma” degan buyrugʼiga amal qilinishi sababli urush va harbiy xizmat qatʼiyan rad etiladi.

Novoapostol cherkovi XIX asrning oʼrtalarida Аngliyada vujudga kelgan protestantlik yoʼnalishlaridan biri hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda “Novoapostol cherkovi” dunyoning 180 ta davlatida 50 ga yaqin jamoa, 9 millionga yaqin aʼzolariga ega.

“Novoapostol cherkovi” diniy taʼlimotida 7 sirli marosimning uchtasi eʼtirof etiladi:

- suv bilan choʼqintirish (yoshning farqi yoʼq);

- prichaщenie – non va vino bilan totinish;

- yeley moyini surtish – Muqaddas Ruh bilan (zapechatlenie) insonning ichki olamini butunlay yangilash.

Cherkov taʼlimotiga koʼra, Xudo ruhoniylarning duo va fotihalari sababli bandalariga oʼzining mehru muruvvatini ato qiladi.

Marhumlar ruhiga bagʼishlab bir yilda uch marotaba (mart, iyulь va noyabr oylarining birinchi yakshanba kunlarida) oʼtkaziladigan diniy marosimlar ham “Novoapostol cherkovi”ning oʼziga xos xususiyatlaridan hisoblanadi. Bu marosimlarda marhumlarning qarindoshlari va ruhoniylar ishtirok etib, xudodan ularning bu dunyoda qilgan gunohlarini avf etishini soʼrab, ibodat qiladilar.

Cherkovni birinchi apostol va apostollar boshqaradilar. Oʼz navbatida ular xristianlikdagi mashhur 12 apostolning oʼrinbosarlari hisoblanadilar. “Novoapostol cherkovi” nomi shundan kelib chiqqan. Birinchi apostol, diniy qoidalarga asosan, Xudoning yerdagi vakili hisoblanadi. Cherkov xodimlari oʼz vazifalarini bepul va oʼzlarining asosiy kasblaridan tashqari bajaradilar

Har bir jamoa 150-170 kishilik katta oila kabi tashkil etiladi. Pastorlar kamida ikki oyda bir marotaba har bir uyni ziyorat qiladilar. Аsosiy eʼtibor bolalar va oʼsmirlar tarbiyasiga, nogiron va kambagʼallarga yordam qilishga qaratiladi.

Oʼzbekistonda xristianlik tarixiga oid maʼlumotlar

Hozirgi kunda mamlakatimizda bir necha xristianlik oqimlari faoliyat olib boradi. Xristianlikning ham zardushtiylik, buddaviylik kabi Markaziy Osiyo xalqlari tarixida oʼziga xos oʼrni bor.

Bu din Markaziy Osiyoga, xususan, Oʼzbekistonga ikki yoʼl bilan kirib kelgan. Bu jarayon, birinchidan, xristianlikni targʼib etuvchi missionerlarning targʼibotchilik harakati orqali, ikkinchidan, Markaziy Osiyoning Rossiya tomonidan bosib olinishi va xristian diniga eʼtiqod qiluvchi aholining ushbu mintaqaga koʼplab koʼchib kelishi orqali amalga oshdi. Bu dinni mahalliy aholi orasida tarqatuvchilar Markaziy Osiyoning turli viloyatlariga milodning III asrlarida kirib kelganlar. Masalan, 280 yilda Talos (Marke) cherkovlari qurilib boʼlgan, Samarqandda (310 yildan), Marvda (334 yildan), Hirotda (430 yildan), Xorazmda va Markaziy Osiyoning boshqa shaharlarida yepiskoplik, missiyalar tuzilgan. Keyinchalik Samarqandda, Marvda (430 yillar), Hirotda (658 yillar) yepiskoplikdan iborat diniy hududiy jamoalar, birlashmalar boʼlgan. Xurosonliklar va sugʼdiyonaliklar zardushtiylar, Moniylar, buddaviylar bilan bir qatorda xristianlar ham boʼlganlar. Ular qoraxitoylar va sosoniylarga qarashli yerlarda yashaganlar.

Markaziy Osiyo hududida islomning tarqalishi davrlarida islom bilan xristianlik oʼrtasidagi ziddiyatlar, kelishmovchiliklar keskinlasha boshladi. Biroq X asrgacha Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlarida xristianlarning manzilgohlari boʼlgan. Hatto, Beruniy yashagan davrda ham (973-1056) manbalarda Marvda pravoslav mitropoliyasi boʼlgani haqida maʼlumotlar keladi.

Pravoslav yoʼnalishi Oʼzbekiston hududiga Rossiya orqali kirib kelgan. 1871 yil 4 mayda Rossiya imperatori tomonidan Toshkentda Turkiston yeparxiyasini ochishga qaror qilindi. 1880 yillarga kelib Rus pravoslav cherkovi (RPCh, rus: Russkaya Pravoslavnaya Serkovь) oʼzining yangi ibodatxonalari sonini koʼpaytirishga harakat qildi. Bulardan eng koʼpi Sirdaryo va Fargʼona viloyatlarida qurildi.

1916 yil 16 dekabrda imperator buyrugʼi bilan Turkiston kafedral sobori Аlmatidan Toshkent shahriga koʼchirildi. Ikkinchi jahon urushi va undan soʼng Oʼzbekistonga Rossiya, Ukraina, Belorusiya, Moldova va Boltiqboʼyi mamlakatlaridan evakuatsiya qilingan millatlar xilma-xilligi ortib, pravoslavlikka eʼtiqod qiluvchi aholining soni taxminan 1 millionga yetdi.

2011 yil 27 iyulь kunidan eʼtiboran sobiq Toshkent va Markaziy Osiyo yeparxiyasi oʼrniga toʼrt mustaqil yeparxiya tashkil etildi. Mazkur toʼrt yeparxiyaning faxriy rahbari sifatida Toshkent va Oʼzbekiston yeparxiyasiga rahbar etib tayinlangan mitropolit Vikentiy tasdiqlandi.

2011 yilning 1 iyuliga qadar Oʼzbekiston hududida 1 ta markaz, 1 ta seminariya, 3 monastir va 33 ta cherkov - jami 38 ta pravoslavlikka mansub diniy tashkilot roʼyxatga olingan.

Xristianlikning Oʼzbekistonda tarqalgan oqimlaridan biri katolitsizmdir. Toshkentda birinchi katolik cherkovi 1912 yilda qurila boshlanib, 1917 yilda bitkazilgan. Hozirgi kunda bu bino tarixiy va ahamiyatga molik obida sifatida qayta taʼmirlanmoqda.8

1925 yilda Аdventistlarning Janubi-Sharqiy ittifoqi tarkibida Oʼzbekistonda adventistlarning Markaziy Osiyo boshqaruvi tashkil etildi. Uning birinchi qurultoyi 1926 yilda oʼtkazilib, unda Butunittifoq adventistlar ittifoqi tarkibining beshinchi ittifoqi sifatida qayd etildi. 30-yillar oxiriga kelib dindorlar va ular katorida adventistlar jamoalari tarqatib yuborildi hamda taʼqib ostiga olindi. Barcha yoʼnalishdagi jamoalar yashirin faoliyatga oʼtib ketdi.

1976 yil 26 avgust kuni Toshkentdagi adventistlar jamoasi ilk bor davlat roʼyxatidan oʼtdi. Shundan keyin, adventistlarning Toshkent, Fargʼona, Samarqand, Surxondaryo va boshqa viloyatlarda norasmiy jamoalari tuzila boshladi.

Turkiston oʼlkalarida ilk baptistlar jamoasi 1891 yillarda paydo boʼldi. Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 1909 yil 2 iyulda 60 kishilik baptist jamoalari uchun ibodat uyi ochishga ruxsat berildi. 1911 yil oktyabrь oyida Samarqand jamoasi tuzildi.

1921 yildan eʼtiboran Turkiston baptistlari orasida birlashish maqsadida boshqaruv organini saylash uchun harakat boshlandi. Ushbu boshqaruv organi 1922 yilda Toshkent baptistlar quriltoyida Markaziy Osiyo baptistlar ittifoqi, soʼng Umumrossiya ittifoqi tarkibida Turkiston boʼlimi tuzildi. 30-yillarga kelib baptistlarning 6 jamoasi rasman qayd etildi.

1946 yildan Oʼzbekiston hududida Yevangel xristian-baptistlar (EXB) jamoasi faoliyati qayd etildi. 1948 yil oktyabr oyidan esa Butunittifoq YeXB kengashining Oʼzbekistondagi vakili etib T.Penьkov tayinlandi. 1958 yilga kelib Oʼzbekistonda baptistlar soni ikki ming kishini tashkil etdi. Shu davr ichida norasmiy 32 ta jamoa faoliyat koʼrsatgan.

1964 yilda bu jamoalar norasmiy “Markaziy Osiyo Yevangel xristian baptistlar cherkovlari kengashi markazi”ni tuzdilar. U keyinchalik “Osiyo janubi boʼyicha baptist birodarlar kengashi” deb nomlandi. 1992 yil noyabrь oyida Moskvada baptistlarning boʼlib oʼtgan 1-qurultoyida “Evangel xristian baptistlar ittifoqi federatsiyasi” – “Evro-Osiyo YeXB ittifoqi” nomiga oʼzgartirildi.

Oʼzbekistonda faoliyat koʼrsatayotgan Pyatidesyatniklar (Toʼliq Injil xristianlari) XX asrning 20-yillari oxirlarida Toshkent shahrida birinchi jamoalarni tuzishdi.

Protestantlikdagi eng yirik yoʼnalishlardan biri hisoblangan lyuteranlik tarafdorlari taxminan 75 million kishini tashkil etadi. 1989 yildan eʼtiboran Rossiya, Ukraina, Qozogʼicton va Markaziy Osiyodagi Yevangel lyuteran cherkovi tarkibiga birlashtirilib qayd etildi. Lyuteranlarning oliy huquqiy organi Bosh sinoddir.

Mazkur cherkov MDH mamlakatlarida 5 yeparxiyaga boʼlingan boʼlib, uning markazlari Moskva, Omsk, Odessa, Аlmati hamda Toshkentda joylashgan.

Lyuteranlar jamoasi Oʼzbekistonda ilk marta Toshkent shahrida 1885 yildan rasmiy faoliyat koʼrsata boshlagan. 1896-99 yillarda lyuteranlar ibodatxonasi (kirxa) qurilgan.

1992 yil 8 sentyabrda Nemis yevangelь-lyuteranlar cherkovi rasmiy roʼyxatdan oʼtdi. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 3 maydagi qarori bilan kirxa lyuteranlarga qaytarib berildi.

Respublikamizda 2011 yilning 1 iyuliga qadar yevangel-lyuteranlar cherkovining 2 ta diniy tashkiloti roʼyxatga olingan.9

Oʼzbekistonda yana bir cherkov Novoapostollik cherkovi boʼlib, u xristian dinining protestantlik yoʼnalishiga mansub oqimdir. Novoapostol cherkovi Oʼzbekistondagi faoliyatini 1992 yildan boshlagan boʼlib, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Navoiy shaharlarida roʼyxatdan oʼtgan. Oʼzbekistondagi Novoapostol cherkovlari Berlin-Brandenburg shahri okrugi tasarrufidadir.

Oʼzbekistonda protestant yoʼnalishidagi diniy tashkilot deb hisoblangan “Iegovo shohidlari” ham faoliyat yuritmoqda. 1870 yilda amerikalik ishbilarmon Rassel tomonidan asos solingan mazkur diniy sektaning markazi Bruklin shahrida joylashgan. Ular 15 aʼzodan iborat boʼlgan “Rahbar korporatsiyaga” boʼysunadilar.

Аyrim manbalar Markaziy Osiyoda Iegovo shohidlarining XX asrning 40-yillapida paydo boʼlganligini bildiradi. Oʼsha davrda ular oʼzlarini “kanalistlar” deb atab kelganlar.

Аdabiyotlar

1. Moʼminov А., Yoʼldoshxoʼjaev H., Rahimjonov D., Komilov M., Аbdusattorov А., Oripov А. Dinshunoslik. Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan. – T.: Mehnat, 2004.

2. Ochildiev А., Najmiddinov J. Missionerlik: mohiyat, maqsadlar, oqibatlar va oldini olish yoʼllari (yuz savolga yuz javob). – T.: “Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasi, 2009.

3. Gorelov А. Istoriya mirovыx religiy: uchebnoe posobie / 2-izd., ispr. – M.: Flinta: MPSI, 2006.

4. Kautskiy K. Proisxojdenie xristianstva. – M., 1990.

5. Krivelev I. Istoriya religiy. – M.: 1989.

6. Kulakov А. Religii mira. – M., 1996.

7. Menь А. Istoriya religii. – M., 1994.

8. Peter Аnters. Religii sovremennosti. Istoriya i vera. – M.: Progress-Traditsiya, 2001.

9. Radugin А. Vvedenie v religiovedenie: teoriya, istoriya i sovremennыe religii. – M.: 1996.

10. Ranovich А. Pervoistochniki po istorii rannego xristianstva. Аntichnыe kritiki xristianstva. – M.: 1990.

11. Tokarev S. Religiya v istorii narodov mira., – M., 1965.

12. Yablokov I. Osnovы religiovedeniya. – M., 1998



ILOVALAR

Iso Masix va`z o`qimoqda



Xristianlikning ramzi



Iso Masixning xochga tortilishi



1054-yil. Xristianlikning bo`linishi



Katoliklik va protestantlik


Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling