Mavzu: Xromosoma tarqalmagandagi belgilarning irsiylanishi


Download 8.53 Kb.
Sana22.12.2022
Hajmi8.53 Kb.
#1041957
Bog'liq
Abror Normurodov Tezis


Tezis
Mavzu: Xromosoma tarqalmagandagi belgilarning irsiylanishi .
Odatda hujayraning meyoz bo'linish jarayoni normal kechsa autosomalar ham ,jinsiy xromosomalar ham gametalarga teng taqsimlanadi .K.Bridjes tadqiqotlariga ko'ra ayrim vaqtda jinsiy xromasomalar mitoz jarayonida hujayralariga notekis taqsimlanishi mumkin. Oqibatda bir gametaga ikkita X xromasoma tarqalib, ikkinchi gametada esa X xromasoma bo'lmaydi .Bunday tuxum hujayralar X xromosomali Yoki X xromosomali spermatozoidlar bilan urug'langanda 4 xil: XXX,XXY,XO,OY tipdagi zigotalar hosil bo'ladi . Yuqorida qayd qilinganidek agar oq ko'zli urg'ochi drozofila bolasi qizil ko'zli erkak drozofilani chatishtirilsa jinsiy xromasomalar normal gametalarga tarqalganda F 1 da urg'ochi qizil ko'zli ,erkak oq ko'zli bo'ladi .X xromosoma gametalarga notekis tarqalganda esa uchta XXX xromasomaga ega drozofilla yirik gavdali o'ta urg'ochi bo'lib , ular odatda o'ladilar . Ikkita X va bitta Y xromosomali zigoradan rivojlangan drozofila erkak emas u urg'ochi jinsli ko'zli oq bo'ladi . Bitta X xromasomali drozofilada Y xromosoma yo'q bo'lsada, qizil ko'zli erkak bo'ladi. Genotipi faqta Y xromasomali erkak organizm ham o'ladi .
Demak, X xromasoma mitoz jarayonida tarqalmay qolgan taqdirda ona o'z belgisini qiziga ,erkak o'z belgisini o'g'liga beradi. X Xromosoma meyoz bo'linishida gametalarga teng taqsimlasa,ota organizm o'z belgisini qiziga ,ona esa o'z belgisini o'g'liga bergan bo'lar edi.
Download 8.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling