Мavzu: Xufyona faoliyatning kelib chiqish sabablari, maqsadlari va amal qilish sohalari Toshkent – 2023 Mundarija
Download 54.47 Kb.
|
Hufyona faoliyatning kelib chiqish sabablari
Xufyona bitimning mutlaq ikki tomonlama xususiyati bilan bog`liq xarajatlar. Faoliyatni va uning natijalarini qonundan yashirishga urinish xufyona bitim ishtirokchilari doirasini mumkin qadar cheklashga undaydi. Xufyona bitim ko`proq ikki tomonlama xususiyatga ega. Bitimdan manfaatdor bo`lgan uchinchi shaxslar (masalan, stixiyali yuzaga keladigan bozorlar yaqinidagi mavzelar aholisi) uning ishtirokchilari doirasidan chiqarilgan va, demak, ularning manfaatlari bitimda hisobga olinmaydi. Boshqacha aytganda, zararli foydalanish huquqi, odatda, xufyona huquqni tartibga solish sohasidan tashqarida qoladi.
Nizolarni hal etishning xufyona tartibotlaridan foydalanish xarajatlari. Oshkora sud-huquq tizimi nizolarni hal etishning qator substitutlariga – oilaviy-qarindoshchilik va mafiya mexanizmlariga ega. Yuzaga kelgan nizolarni hal etish uchun ikkala muqobil variantdan ham foydalanish xarajatlar bilan bog`liq. Birinchidan, ko`p sonli qarindoshlar, yurtdoshlar va boshqa «o`zinikilar» bilan yaxshi munosabatlarni ushlab turish e’tibor belgilarini qaratish uchun vaqt va xizmatlar almashish uchun mablag`lar talab qiladi. Ikkinchidan, sud va kuch tuzilmalari funksiyasini bajaruvchi mafiya xizmatlariga murojaat etish o`ziga xos soliqni to`lash zarurati bilan shartlangan. Hatto Italiyada ushbu soliq alohida– pizzo nomiga ega bo`lgan. Ushbu soliqning miqdori yo korxona aylanmasiga nisbatan foizlarda, yoki mafiya tomonidan biznesni himoyalash va nizolarni hal etish bo`yicha ko`rsatilgan xizmatlarga ekvivalnt hisobida hisoblab chiqiladi. Bunda davlatdan farqli ravishda mafiya o`z xizmatlarining har bir foydalanuvchisiga «soliqning» alohida miqdorini belgilagan holda monopolchini kamsituvchi siyosatni olib borishga qodir bo`ladi. Oshkora tuzilmaga qaraganda mafiya faoliyatining lokal xususiyati axborot manbalarining ancha keng doirasidan foydalanishidir. Tadqiqotchilarning katta bir qismi xufyona faoliyat va xufyona iqtisodiyotni о‘rganishga huquqiy jihatdan yondashadilar О‘z navbatida kriminal iqtisodiyot doirasida ikkita tarkibiy qism ajratiladi: noqonuniy (yashirin) ishlab chiqarish faoliyati va iqtisodiy jinoyatchilik. Noqonuniy (yashirin) ishlab chiqarish faoliyatiga biznes kо‘rinishida tashkil yetilgan, qonun yо‘li bilan taqiqlangan faoliyat turlarini kiritish mumkin. О‘z navbatida kriminal iqtisodiyot doirasida ikkita tarkibiy qism ajratiladi: noqonuniy (yashirin) ishlab chiqarish faoliyati va iqtisodiy jinoyatchilik. Noqonuniy (yashirin) ishlab chiqarish faoliyatiga quyidagilarni kiritish mumkin: qurol ishlab chiqarish va sotish; narkobiznes; qimor о‘yinlari; kontrabanda va boshqalar. Iqtisodiy jinoyatlar iqtisodiy sohadagi jinoyatlar bо‘lib, ular ishlab chiqarishga bevosita aloqasi bо‘lmagan va g‘arazli maqsadlarni kо‘zlab qilingan iqtisodiy jinoyatlardir: g‘arazli maqsadlarda xizmat mansabini suiste’mol qilish (poraxо‘rlik); firibgarlik; о‘g‘rilik; ta’magirlik (reket) va boshqalar. Y.N.Popov va M.YE.Tarasovlarning yozishicha, kriminal iqtisodiyotning ushbu turi iqtisodiyotga bevosita tegishli bо‘lmay, jinoyatchilikning bir turi hisoblanadi. Lekin shu bilan birga iqtisodiy jinoyatchilik katta iqtisodiy zarar keltiradi va aynan shuning uchun ham kriminal iqtisodiyotning bir qismi sifatida qaraladi. Xufyona iqtisodiyot sohasidagi faoliyat miqyosi va xarakterining o‘zgaruvchanlik chegaralari juda kengdir – jinoiy faoliyatdan (masalan, narkobiznesdan) olinadigan katta daromadlardan tortib, to tuzatilgan jo‘mrak uchun vodoprovodchi ustani bir shisha aroq bilan “mukofotlash”gacha jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Xufyona iqtisodiy faoliyat o‘zining natijaviyligi ko‘ra ishlab chiqarish va qayta taqsimlash faoliyatlari turlariga bo‘linadi. Rasmiy iqtisodiyotga munosabati bo‘yicha xufyona iqtisodiyotning ichki iqtisodiyot va parallel iqtisodiyot kabi turlari mavjud. Xufyona iqtisodiyotning takror ishlab chiqarish bosqichlari bo‘yicha quyidagi turlari aniqlanadi: xufyona ishlab chiqarish; xufyona taqsimot; xufyona ayirboshlash; xufyona iste’mol. Xufyona ishlab chiqarish noqonuniy, hisobga olinmagan, yashirin, mayda ishlab chiqarish, sifatsiz mahsulotlar chiqarish, ishlab chiqarish resurslaridan noratsional foydalanishda namoyon bo‘ladi. Xufyona taqsimlash daromadlarni noqonuniy taqsimlash, maxsus taqsimot, davlat mulkini o‘g‘irlash, o‘zlashtirish, fuqarolar xususiy mulkiga tajovuz qilish va unga nisbatan jinoyatlarda ifodalanadi. Xufyona ayirboshlash noqonuniy savdo, xaridorlarni aldash, noqonuniy tarzda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish shakllarida yuz beradi. Xufyona iste’mol noqonuniy yo‘l bilan topilgan ne’matlarni iste’mol qilish, xizmatlardan noqonuniy foydalanish, jamiyatda qabul qilinmagan, kishilarning destruktiv ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan mahsulotlarni iste’mol qilish hamda ana shunday xarakterdagi xizmatlardan foydalanish. Bundan tashqari, xufyona iqtisodiyot sohasi о‘zining yuqori daromadliligi va subyektlarining huquqni himoya qilish organlariga murojaat qila olmasliklari bois, iqtisodiy jinoyatchilik uchun yaxshi muhit bо‘lib hisoblanadi. Xufyona iqtisodiyotni turlarga ajratishga bо‘lgan statistik yondashuv xufyona iqtisodiyotni rasmiy statistikadan yashrilgan faoliyat sifatida tavsiflaydi. Xufyona iqtisodiyotining belgilari. Mamlakat yashirin iqtisodiyotining ko'lamini aks ettiruvchi asosiy ko'rsatkichlar quyidagilar: Haqiqiy iste'mol darajasi va rasmiy daromad darajasi o'rtasidagi tafovut; Mamlakatlarning markaziy banklarining uslubiy hisob-kitoblariga nisbatan pulga talabning yuqori baholanishi; Elektr energiyasi iste'moli, ishlab chiqarish faoliyatida, xizmatlar sohasida ishlatiladigan boshqa zarur resurslar hajmidagi tafovut; Aholini tanlab olingan kuzatuvlar va sotsiologik tadqiqotlar orqali belgilangan mehnat bandligining statistik ko'rsatkichlari va ularning o'lchamlari o'rtasidagi tafovut. Ko'rsatkichlarning sezilarli darajada og'ishi tadbirkorlar o'rtasida tuzilgan bitimlarning ahvolidan yashirishning katta qismini, real daromad darajasining yetarlicha baholanmaganligidan dalolat beradi. Elektr energiyasi iste'moli, ishlab chiqarish faoliyatida, xizmatlar sohasida ishlatiladigan boshqa zarur resurslar hajmidagi tafovut; Aholini tanlab olingan kuzatuvlar va sotsiologik tadqiqotlar orqali belgilangan mehnat bandligining statistik ko'rsatkichlari va ularning o'lchamlari o'rtasidagi tafovut. Ko'rsatkichlarning sezilarli darajada og'ishi tadbirkorlar o'rtasida tuzilgan bitimlarning ahvolidan yashirishning katta qismini, real daromad darajasining yetarlicha baholanmaganligidan dalolat beradi. Real xо‘jalik faoliyati tо‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat organlaridan ongli ravishda, ataylab yashirilishi yoki milliy statistika tizimida qamrab olinmasligi mumkin. Bundan tashqari soxta iqtisodiyot ham mavjud bо‘lib, unda faoliyat faqat qog‘ozda amalga oshiriladi. Statistik hisob-kitoblardan tadbirkorlik faoliyatining turli elementlari tо‘g‘risidagi ma’lumotlar yashirilishi yoki ongli ravishda ma’lumotlarni buzib kо‘rsatilishi mumkin: korxonani yashirish (rо‘yxatdan о‘tkazmasdan yoki litsenziya olmasdan xо‘jalik faoliyatini amalga oshirish); xо‘jalik operatsiyalarini yashirish ( ularni shartnoma va hisobotlarda aks yettirmaslik); ishchi kuchini yashirin ravishda yollash (ishchi kuchini mehnat shartnomalarini rasmiylashtirmasdan yollash); mehnat sharoitlari tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni (ish haqi, pensiya va sug‘urta tо‘lovlari, texnika xavfsizligi, ish vaqti va b.) buzib kо‘rsatish; daromadlarni yashirish (soliq tо‘lashdan qochish). Korrupsiya bu — jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi. Ushbu illatni tadqiq qilgan bir qator yirik mutaxassislar quyidagi faktorlarni korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillar sifatida ko‘rsatadi. Ikki xil ma’noni anglatuvchi qonunlar — ushbu vaziyat huquqni qo‘llovchi mansabdor shaxs tomonidan qonunlarni turlicha qo‘llash imkonini yaratadi. Shuningdek, ayrim mutaxassislar jinoyat, ma’muriy qonunchilikdagi “vilka” sanksiyalarni ham korrupsiyaga qulay sharoit yaratishi mumkinligi haqida fikr yuritishgan. Ya’ni, sanksiyaning aniq miqdori yo‘qligi sudyada uni o‘z hohishiga qarab qo‘llashga sharoit yaratib beradi. Aholi huquqiy savodxonligining pastligi — aholi tomonidan qonunlarni bilmaslik yoki tushunmaslik mansabdor shaxsga o‘zining shaxsiy manfaati yo‘lida qonunlardan foydanishga qulay sharoit yaratadi. Mamlakatdagi siyosiy vaziyatning notinchligi — mamlakatdagi notinchlik birinchi navbatda aholi ongida hayotda yuksak turmush darajasiga erishishning asosiy usuli qonunga xilof faoliyat bilan bog‘liq, degan mutlaqo axloqqa zid nuqtai nazar shakllanishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida korrupsiyaga qulay sharoit yaratadi. Ijro hokimiyatining birligi tamoyilinining buzilishi — aynan bitta faoliyatning turli instansiyalar tomonidan tartibga solinishi: aholining davlatni nazorat qilishdagi sust ishtiroki; davlat sektoridagi xizmat qilayotgan xizmatchilar daromadlarining xususiy sektorda topish mumkin bo‘lgan daromadlardan kamligi; iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi; inflyasiyaning yuqori darajasi; mamlakat yuqori boshqaruv organlarining aholidan uzilib qolganligi; mamlakatdagi diniy va axloq qoidalari. Download 54.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling