Deduktiv xulosa chiqarish (bevosita xulosa chiqarish).
Deduktiv xulosa chiqarishning muhim xususiyati unda umumiy bilimdan ju’ziy bilimga o’tishning mantiqan zaruriy xususiyatiga egaligidir. Uning turlaridan biri bevosita xulosa chiqarishdir.
Faqat birgina mulohazaga asoslangan holda yangi bilimlarning hosil qilinishi bevosita xulosa chiqarish deb ataladi.
Bevosita xulosa chiqarish jarayonida mulohazalarning shaklini o’zgartirish orqali yangi bilim hosil qilinadi. Bunda asos mulohazaning tarkibi, ya’ni sub’ekt va pridakat munosabatlarining miqdor va sifat tavsiflari muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bevosita xulosa chiqarishning quyidagi mantiqiy usullari mavjud:
I. Aylantirish shunday mantiqiy usulki, unda berilgan mulohazaning miqdorini saqlagan holda, sifatini o’zgartirish bilan yangi mulohaza hosil qilinadi. Bu usul bilan xulosa chiqarilganda qo’sh inkor sodir bo’ladi, ya’ni avval asosning predakati, keyin bog’lovchisi inkor etiladi. Buni quyidagi ko’rinishda yozish mumkin:
Aylantirishda A-E ga, E-A ga, I-O ga, O-I ga o’zgaradi.Demak, aylantirish usuli bilan xulosa chiqarilganda “biror nimaning qo’sh inkori uning tasdig’iga tengdir”, degan qoidaga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |