Mavzu: "xususiy va umumiy iqtisodiy muvozanat"


Download 188.42 Kb.
bet13/21
Sana09.06.2023
Hajmi188.42 Kb.
#1475377
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
Xususiy umumiy iqtisodiy muvozanat

Psixologik nazariya. Iqtisodiyotning siklli rivojlanishini tuShuntirishda iqtisodiy nazariyalar bilan bir qatorda psixologik nazariyalar ham keng o‘rin olib bormoqda. Psixologik nazariya tarafdorlariga J.M.Keyns, U.Mitchell, F.Xayek va boshqalarni kirtish mumkin. Ularning fikricha, insondagi optimizm va pessimizm faoliyat aktivligiga ob’ektiv iqtisodiy omillar: foiz normasi, pul oqimi, foyda va boshkalar ta’sir ko‘rsatib, buning natijasida ishlab chiqarishning qisqarishi yoki kengayishi ro‘y beradi.
Kreditning kengayishi, talab va ishlab chiqarishning o‘sishi odamlarning kayfiyatini ko‘taradi va aksincha. Bundan tashqari kishilar borgan sari likvidligi Yuqori bo‘lgan pul jamg‘arishga moyilligi ortib borishi va o‘z navbatida iqtisodiy rivojlanishga ta’sir etishini ko‘rsatishadi.
Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy siklning 1380 dan ortiq turlari mavjudligi ta’kidlanadi. Quyidagi 3-jadvalda ularning ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan tan olingan eng asosiy turlari ifodalangan.


2.3-jadval. Sikllarning asosiy turlari



Sikl turlari

Siklning davomiyligi

Asosiy xususiyatlari

Kitchin sikli

2–4 yil

Zahiralar miqdori  YAMM, inflyasiya, bandlikning tebranishi, tijorat sikllari

Juglar sikli

7–12 yil

Investitsion sikl  YAMM, inflyasiya va bandlikning tebranishi

Kuznets sikli

16-25 yil

Daromad  immigratsiya  uy-joy qurilishi  yalpi talab  daromad

Kondratev sikli

40-60 yil

Texnika taraqqiyoti, tarkibiy o‘zgarishlar

Forrester sikli

200 yil

Energiya va materiallar

Toffler sikli

1000-2000 yil

Sivilizatsiyalarning rivojlanishi



Kitchin sikli zahiralar sikli deb ham nomlanadi. Bunda Jozef Kitchin (1926 y.) o‘zining e’tiborini tovar zahiralarining harakat chog‘idagi moliyaviy hisoblar va sotish narxlarini tahlil qilish asosida 2 yildan 4 yilgacha davr davomidagi qisqa to‘lqinlarni tadqiq qilishga qaratadi.

Download 188.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling