Mavzu XVI asrdan XX asr boshlarigacha O’zbekistonda ijtimoiy-falsafiy tafakkur Reja
Iqtisodiy islohotlar va tsivilizatsiyalashgan bozor
Download 161.02 Kb.
|
Mavzu XVI asrdan XX asr boshlarigacha Oâzbekistonda ijtimoiy-fal-fayllar.org
Iqtisodiy islohotlar va tsivilizatsiyalashgan bozor. Uzoq yillar davomida shakllangan iqtisodiy strukturada tub o’zgarishlarni zudlik bilan qisqa vaqt ichida amalga oshirishning salbiy oqibatlari oldini olishga va puxta o’ylangan strategik rejalarni amalga oshirishga alohida e’tibor berildi. Islohotlarning amalga oshirilishi milliy manfaatlar uchun xizmat qilishi zarurligi, odamlar islohotlar uchun emas, balki islohotlar odamlar uchun xizmat qilishi zarurligi e’tiborga olindi.
Islohotlar amalga oshirilgunga qadar respublika aholisining aksariyat qismi iqtisodiy jihatdan nochor ahvolda bo’lib, mulkning davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi jarayonida aholining ikki toifaga ajralishi, haddan tashqari boyib va qashshoqlashib ketishi muqarrar ravishda turli noroziliklar va ijtimoiy larzalarni keltirib chiqarishi mumkin edi. Ana shularni hisobga olib, I.A. Karimov bozor munosabatlariga o’tishning muhim xususiyatlaridan biri sifatida aholini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan kuchli siyosat g’oyasini ilgari surdi. Bozor munosabatlarini amalga oshirish bir necha bosqichdan iborat qilib belgilandi. Har bir bosqichda ma’lum iqtisodiy tadbirlar amalga oshirildi. Bular quydagilardir: - mulkni xususiylashtirish; - mulkning davlat tasarrufidan chiqarilishi; - mulkning xilma-xil shakllarini vujudga keltirish; - agrar islohotlarni amalga oshirish; - milliy valyutani muomalaga kiritish; - yangi iqtisodiy infrastrukturaning yaratilishi; - rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikdagi qo’shma korxonalarning barpo etilishi; - innovatsiya siyosatini amalga oshirish; - xorijiy investitsiya, texnika va texnologiyalarni mamlakat iqtisodiyotiga jalb etish va boshqalar. Xullas, bozor munosabatlariga o’tishning madaniy tsivilizatsiyali xarakterga ega ekanligi O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlashning muhim xususiyatidir. Chinakam tsivilizatsiyalashgan bozor munosabatlari, bozor vositalari faqat yuksak ma’naviyat, yuksak axloqiylik va vatanparvarlik negizlarida barpo etilishi mumkin. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va bozor munosabatlarini shakllantirishda respublikamizning bugungi holati, imkoniyatlaridan kelib chiqib, islohotlarning maqsadi xalq va davlat munosabatlari tomon yo’naltirildi. O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirishiga imkon beradigan qulay shart-sharoitlari quyidagilardir: - mamlakatning nihoyatda ko’p boyliklarga ega ekanligi; - sanoat uchun zarur bo’lgan xom ashyo zahiralarining ko’pligi; - ishchi kuchlarining mo’lligi; - O’zbekistonning tabiiy — jo’g’rofiy qulay o’rni; - mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlik; Ana shu imkoniyatlarning ro’yobga chiqishi O’zbekistonning iqtisodiyot sohasida jahon tsivilizatsiyasiga qo’shilib borishi uchun keng istiqbollar yaratadi. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar negizida kishilarning mehnatga, mulkka, mehnat mahsuliga bo’lgan munosabatini o’zgartirish g’oyasi yotadi. Uzoq yillar davomida mehnatga bo’lgan qarashlarda biryoqlamalik hukm surib keldi. Ishlab chiqarish vositalariga bo’lgan ijtimoiy mulkchilik — kishilar mehnat faolligining asosi barcha ijtimoiy illatlarning bosh sababchisi — xususiy mulkchilik degan noto’g’ri qarash o’zini oqlamadi. Shaxsiy manfaatdorlikni inkor etish, jamoa, jamiyat uchungina faol mehnat qilish, iqtisodiyotni mafkuraviy maqsadlarga bo’ysundirish; mehnat raqobati o’rniga soxta musobaqani joriy etish insonning mehnatdan, o’z-o’zidan va jamiyatdan begonalashuviga, boqimandalik kayfiyatining shakllanishiga olib keldi. Bu esa jamiyat inqirozini tezlashtirdi. O’zbekiston sharoitida bozor munosabatlarini shakllantirishda mehnatga, mulkka va insonning o’z-o’ziga bo’lgan munosabatini tubdan o’zgartirishning nazariy-falsafiy asoslarini ishlab chiqish zarurati vujudga keldi va bu I.A. Karimov asarlarida o’z ifodasini topdi. Mehnat va mehnatga munosabat sohasida qator yangiliklar joriy etildi. Mehnatga munosabatda xususiy mulkning o’rni, mulkdorning jamiyat hayotidagi ahamiyati yangicha tushunila boshlandi. Davlat va jamiyatning kuch-qudrati fuqarolarning tadbirkorligi, boyligi, ishbilarmonligiga bog’liq ekani anglab olindi. Download 161.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling