Mavzu: XVI xix asrlarda vujudga kelgan geosiyosiy bilimlar va harakatlar
Download 0.63 Mb.
|
1 2
Bog'liqJumanazarova Sadoqat
Mavzu: XVI - XIX asrlarda vujudga kelgan geosiyosiy bilimlar va harakatlarTuzuvchi:Jumanazarova SadoqatReja: 1.Geosiyosiy bilimlar rivojida amir Temurning xizmatlari 2.Shayboniylar davlatining tashkil topishi. 3.Xalqaro munosabatlar tizimida Xuroson muammosi: Shayboniylar - Safaviylar, Shayboniylar - Boburiylar. Qo’qon - Xitoy munosabatlari. 4.Markaziy Osiyoning jahon bozoridan uzilib qolishi va uning oqibatlari. Geosiyosiy bilimlar rivojida amir Temurning xizmatlari. Amir Temur va temuriylar davri o’zbek davlatchiligi tarixida alohida o’ringa egadir. Amir Temur nomi bilan O’zbekistonda davlat va huquq o’zining eng rivojlangan bosqichiga ko’tarilgan edi. Bu saltanatning chegaralari Sharqda Xitoy devorigacha g’arbda O’rta yer dengizigacha, janubda Hindiston va Shimolda Moskov Knyazligi hududlari bilan chegaralangan edi. Markazlashgan o’z davrida dunyodagi eng kuchli davlatga aylangan edi. Amir Temur davrida davlat va qonunchilikni yuksalishi o’z navbatida siyosiy dunyoqarash ham yuksaklikka ko’tardi. Markaziy Osiyo xalqlari uchun Amir Temurning xizmati ulkandir: Amir Temur o’rta asrlarda Turkistonda shunday shart - sharoit yaratdiki, unda Ulug’bek abservatoriyasi, Alisher Navoiy, Bobur va boshqalar o’z asarlari, odil siyosatlari bilan dunyo jamoatchiligining diqqat e‘tiborini tortishga muvaffaq bo’ldi. Bu buyuk ishlarni amalga oshirilishining boshida, so’zsiz, Amir Temur turar edi. U davlat va jamiyat qurilishida, uni boshqarishda adolat va qonuniylikka asoslandi. O’z zamonida xalqlar orasida keng tarqalgan Islom siyosiy mafkurasi va uning qonunlar tizimi - shariatni amalda qo’lladi hamda unga qo’shimcha tarzda o’z «tuzuklarini» yaratdi. Sohibqiron Amir Temurning Oltin O’rda munosabatlari muhim siyosiy nuqtalardan biri bo’lib, u bu bilan davlatni har tomonlama yuksaltirishga, muhofazalashga va xalqaro katta tayoq siyosatini olib borishga intilgan. Demak, u diplomatiyada geostrategiyani avvalgi o’ringa qo’ygan. Uning tashqi siyosat yo’nalishi Misr, Usmoniylar davlati katta muammolardan hisoblanar edi. Unga dunyoda yetakchi mavqega intilayotgan davlatlarning rahbarlari - Misr sultoni Barquq, Usmoniylar sultoni Boyazid Yeldirim halaqit berayotgan, buning ustiga ular Oltin O’rda bilan birga Amir Temurni yanchib tashlashga intilayotgan edi. Manfaatlar, hududlar ustidagi tortishuvlar xam ular orasidagi ziddiyatlarning keskinlashishiga katta tasir ko’rsatgan. XI asrdan boshlab arab va fors manbalarida «Dashti Qipchoq» deb ataluvchi geografik hudud tilga olinadi. Bu atama Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning g’arbiy yon - bag’irlaridan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar cho’zilgan hududga nisbatan ishlatilgan. Dashti Qipchoqda Abulxayrxon davrida kuchli davlat tashkil etildi (1428 - 1468). Lekin uning vafotidan keyin o’zaro janglar avj oladi. Shayboniyxon hokimiyatining kuchayishi Dashti Qipchoq qabilalarining rahnamolari Abulxayrxon vafotidan so’ng boshlangan o’zaro qirg’inlarning yana takrorlanishini aslo istamas edilar. Shu tufayli ular Muhammad Shayboniyxon timsolida bunday qirg’inga yo’l qo’ymaslikka qodir shaxsni ko’rdilar. Bundan tashqari, Dashti Qipchoq qabilalari ko’pdan buyon o’troq hayot tarzida yashashni orzu qilib kelardilar. . Bu orzuning ushalishi o’zgalarning unumdor yerlarini bosib olish tufayligina ro’yobga chiqishi mumkin edi. Qabilalar rahnamolari Muhammad Shayboniyxonni o’z orzularini ro’yobga chiqarishga qodir deb hisoblardilar. Shu bois ham ular va ruhoniylar kuchli yollanma qo’shinga ega bo’lgan Muhammad Shayboniyxonni qo’llab - quvvatlaydilar. XVI asrda Osiyoning bir - biriga tutash qismida uch siyosiy kuch kurash maydoniga chiqqan edi. Bular – Movarounnahrda shayboniylar, Eronda safaviylar va Hindistonda boburiylar edi. Xalqaro va o’zaro munosabatlarda bu uch sulola manfaatlari to’qnashib, raqobatchilik kuchayib bordi. Kelishmovchilik bir tomondan sulolaviy kelishmovchilikka asoslansa, ikkinchi tomondan hududiy asosda edi. Ularning manfaatlari to’qnashgan nuqta Xuroson edi. Chunki Xuroson ham harbiy - siyosiy, ham savdo - iqtisodiy jihatdan muhirn o’rin tutar edi. Bundan tashqari, Xuroson – Movarounnahr, Eron va Hindiston yo’nalishida o’ziga xos darvoza vazifasini ham o’tar edi. Ularning har ikkovi ham Xurosonni o’z nazoratida ushlashga harakat qilgan. Albatta Hindni boshqarayotgan boburiylar ham o’zlarini Xurosonning qonuniy merosxo’ri deb bilishgan. Chunki, Bobur Hind yurishidan oldin uzoq yillar Qobulni boshqardi va uni katta o’g’liga meros qilib qoldirgan. Bu masalada Muhammad Shayboniyxon, Ubaydullaxon va Abdullaxonlar davrida shayboniylar ustunlik qilganlar. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling