Mavzu. XVI-XVII asr birinchi yarmida angliya. Reja


Download 232.71 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.05.2023
Hajmi232.71 Kb.
#1445305
Bog'liq
XVI-XVII asrlarda Angliya



MAVZU. XVI-XVII ASR BIRINChI YARMIDA ANGLIYA. 
REJA. 
1. XVI asrdagi Angliyaning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishi. 
2. Tyudorlar sulolasining taxtga kelishi. 
3.Angliyada reformasiya va kontreformasiya. 
4. XVI asrda Angliya tashqi siyosati.
XVI asr boshida Angliyaning iqtisodiy yuksalishi. 
XVI asrda Angliyaning iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatgan holat, 
bu buyuk geografik kashfiyotlar bilan bog’liq bo’lib, savdo sohasidagi to’ntarilish 
edi, ya’ni Angliya yangi jahon savdo yo’lining markaziga, London esa dunyoning 
eng yirik port shaharlaridan biriga aylandi. 
Inglizlar Buyuk geografik kashfiyotlarda faol ishtirok etganlar. Ingliz 
dengizchilari eskimoslar yashaydigan joygacha suzib borishib, Virginiyada 
Angliya koloniyasiga asos soldilar, Villagbi esa Moskva to’g’risida axborot 
yig’ishga muvaffaq bo’ldi. Dreyk o’zining dunyo bo’ylab sayohati bilan 
F.Magellan kashfiyotini takrorladi. Keyinchalik ingliz sayohatchisi Djenkinson 
Buxorogacha yetib borgan. Afsuski, bu sayohatchilarning barchasining faoliyati 
yangi yerlarni kashf etishga qaratilmay, ya’ni sof geografik kashfiyotlardan chetga 
chiqib, josuslik, qaroqchilik va hatto bosqinchilik faoliyatlari bilan ham bog’lanib 
ketgan edi.
Angliyaning buyuk geografik kashfiyotlarda ishtiroki Bristol shahri 
savdogarlarining tashabbusi bilan boshlandi. Ularning niyati boshqa yerlar qatori 
Xitoy sohillariga ham yetib borish edi. Savdogarlar mablag’iga dengiz 
ekspedisiyasi tashkil qilinib, unga rahbar qilib asli italiyalik bo’lgan Djon Kabot 
(Djovanni Kabetto) tayinlandi. 1 kema va 18 ekipajdan iborat Djon Kabot 
boshchiligidagi ekspedisiya 1497 yilning may oyida Bristoldan g’arb tomon yo’lga 
chiqdi va shu yilning o’zida Shimoliy Amerikadagi Labrador (Nyufaundlend)ga 


yetib keldi. Qaysi hududga kelganliklarini bilmagan inglizlar «Buyuk Xon 
podsholigi», ya’ni Xitoyni kashf etdik deb o’yladilar. 1498 yilda yana Djon Kabot 
boshchiligida 5 kemadan iborat ikkinchi dengiz ekspedisiyasi tashkil qilindi. 
Yo’lda vafot etgan Djon Kabot o’rniga ekspedisiyaga uning o’g’li Sebastyan 
Kabot boshchilik qildi. Bu ekspedisiya 1498 yilda Shimoliy Amerikaning shimoliy 
– sharqiy qirg’oqlariga yetib keldi.
Afsuski, XVI asrda uyushtirilgan va qisman qirollik tomonidan mablag’ 
bilan ta’minlangan dengiz ekspedisiyalarining ko’pchiligi yangi yerlarni kashf 
qilish o’rniga dengiz qaroqchiligi bilan shug’ullandilar.O’zining qo’shnisi bo’lgan 
Irlandiyani talash Angliya uchun dastlabki kapital jamg’arishning bir vositasiga 
aylandi. 
XI asrdan boshlab Angliyaning chetga sotadigan asosiy mahsuloti mayin jun 
va qo’y terisi edi. Yevropadagi eng sifatli jun faqat Angliyada yetishtirilar va 
Flandriya hamda Italiya to’qimachilik sanoati uchun yetkazib berilar edi. Ammo 
XVI asrning birinchi yarmidan boshlab movut ishlab chiqarish ingliz sanoatining 
asosiy tarmog’iga aylandi va jun gazlamalar chiqarish junning o’zini chiqarishga 
nisbatan bir necha marotaba ko’paydi. Hozirga qadar jun solingan xalta inglizlar 
boyligining ramzi hisoblanadi va lordlar palatasida Angliya lord-kansleri uchun 
yumshoq o’tirg’ich vazifasini o’taydi. 
XVI asr o’rtalarida Angliya Flandriya va Florensiyadagi movut sanoatiga 
xom ashyo – jun yetkazib beradigan mamlakatdan ichki va tashqi bozorga o’zi 
movut chiqaradigan mamlakatga aylandi.Angliyada XVI asrga kelib jun 
eksportining kamayganligini quyidagi misolda ham ko’rish mumkin: 1354 yilda 
Angliyada bir yilda 32 ming xalta jun chiqarilgan bo’lsa, bu ko’rsatkich Genrix 
VIII davrida (1509-1547) 5-6 ming xaltaga tushib qoldi. O’z navbatida tayyor 
movut chiqarish to’xtovsiz o’sib bordi. Masalan, 1354 yilda chetga 5 ming o’ram 
movut chiqarilgan bo’lsa, XVI asr o’rtalariga kelib uning miqdori 122 ming 
o’ramga yetdi. XVI asr oxiriga kelib Angliya bir yilda 200 ming o’ram movut 


ishlab chiqaradigan darajaga erishdi. Movut va jundan tayyorlangan buyumlar 
Angliya umumiy eksportining 81,6 % ni tashkil qildi. 
Angliyaning jun gazlamalari mamlakatning janubiy-g’arbidagi hududlar: 
Uiltshir, Somerset, Glostershir, Oksfordshir va boshqalar edi. Bu yerda, jun 
gazlamalarining «bronklot» deb atalgan eng nafis turi to’qilardi. 
Kapitalistik xususiyatga ega bo’lgan ishlab chiqarish Angliyaning qishloqlariga 
ham chuqur kirib bordi. Bunga quyidagi hol ko’maklashdi: movut to’qish, 
hunarmandchilikning yangi tarmog’i sifatida asosan qishloqlarda rivojlandi, bu 
yerda esa ishlab chiqarishni siqib qo’yadigan sexchilik yo’q edi. Movutga bo’lgan 
talabning kuchayishi bu mayda ishlab chiqarish punktlarini kengaytirishni talab 
etdiki, bu kelgusida yirik manufakturalarning paydo bo’lishiga olib keldi. 
Manufakturalarning qay darajada rivojlanganligini ko’rsatadigan misollarga 
murojaat etsak, misol sifatida Berkshir grafligidagi yirik movutchi Djon Uichkaiba 
manufakturasini ko’rsatishimiz mumkin; bu yerda 200 dan ortiq to’quv dastgohlari 
bo’lib, movut ishlab chiqarish jarayonida 1000 dan ortiq kishi qatnashgan. 
XVI asrga kelib ingliz sanoatining boshqa turlari ham sezilarli yutuqqa erishadi. 
Norich, Yorkshir, Dorsetshir, Devonshir va Kolchesterda shoyi va ip gazlamalar, 
Birmingam va Sheffilda qulflar, mixlar, pichoq va boshqa duradgorchilik asboblari 
ishlab chiqarish yaxshi yo’lga qo’yildi. 
XVI asrda Angliyaning iqtisodiy taraqqiyoti ichki va tashqi savdoning rivojlanishi 
tufayli ham yuz berdi. Yagona milliy bozor tashkil topdi. XIV-XV asrlarda 
Angliyaning Italiya va Sharq mamlakatlari bilan savdosi asosan venesiyaliklar 
vositachiligida olib borilar, Shimoliy Yevropa davlatlari bilan savdo esa Ganza 
ittifoqiga kirgan nemis savdogarlari qo’lida edi. XVI asrga kelib yuqoridagilarning 
ikkalasining ham savdo sohasidagi monopoliyasi qo’ldan ketdi va Angliyaning 
butun savdo sohasi ingliz savdogarlarining kompaniyalari qo’liga o’tdi.Angliyada 
kemasozlik ham juda tez sur’atlar bilan o’sdi. 


Shuni alohida ta’kidlash lozimki, XVI asrda Angliya sanoatining taraqqiyotida 
Yevropaning boshqa mamlakatlaridan emigrant bo’lib kelgan tajribali ustolarning 
ulushi katta bo’ldi. Niderlandiya inqilobi davrida ispanlar beboshligidan qochib 
kelgan flomand to’quvchilari o’zlari bilan birga nafis movut ishlab chiqarishning 
sirlarini olib keldilar, fransuz emigrantlari (asosan gugenotlar) shoyi ishlab 
chiqarishni yo’lga qo’ydilar. Angliyaga maxsus taklif qilingan nemis ustolari esa 
nodir metallardan chiroyli idish va bezaklar yasadilar. 
3.2.Angliyada 
agrar 
to’ntarilish.G’ov 
tutish 
va 
dehqonlarning 
yersizlantirilishi.«Qonli qonunlar» 
Movut ishlab chiqarishning yutug’i, ingliz juniga nisbatan avval qo’shni 
Flandriyada, keyinchalik esa Angliyaning o’zida talabning kuchayishi agrar 
munosabatlarning sezilarli o’zgarishiga olib keldi. Junga bo’lgan narxning 
ko’tarilishi bilan Angliyada qo’ychilik qishloq xo’jaligiga nisbatan foydali bo’lib 
qoldi va juda ko’p lordlar o’zlarining yerlarini yaylovlarga aylantira boshladilar. 
Ular bo’sh yotgan va yaylov sifatida jamoa tomonidan foydalanib kelinayotgan 
yerlarni egallab ola boshladilar. Bu ham yetmagandek ular, o’z qo’llari ostidagi 
kesim yerlarga ega bo’lgan dehqonlarni haydab chiqardilar, dehqonlar yashagan 
butun-butun qishloqlar buzib yaylovlarga aylantirildi. Tortib olingan yerlarga 
lordlar tomonidan qo’ylarning yaylovlardan chiqib ketmasligi uchun g’ov tutildi. 
Bu yerlar lordlar tomonidan chorvachi – fermerlarga yuqori renta asosida ijaraga 
berildi, ayrim hollarda esa ularning o’zlari qo’ychilikni yo’lga qo’ydilar. Ingliz 
dehqonlarini mana shu tariqa zo’rlik yo’li bilan yersizlantirish jarayoni «g’ov 
tutish» degan nomni oldi. 
Tarixchilarning ko’rsatishicha, g’ov tutishga Angliyada XIII asrdayoq qadam 
qo’yilgan. XII – XV asrlar davomida Lestershir, Devonshir, Xantingdonshir va 
boshqa grafliklarda lordlar tomonidan turli qonunlar xususan, XIII asrdagi Merton 
va Vestminster statutlari asosida jamoa yerlarini o’rab olish jarayoni boshlangan 
edi. 


XVI asrga kelib inglizlar iqtisodi jahon bozori bilan mustahkam 
bog’langanligi tufayli va sanoat ishlab chiqarishning yangi soha va 
yo’nalishlarining paydo bo’lishi va bu sohaning qo’ychilikni rivojlantirishni taqozo 
qilishi, g’ov tutishning yanada kuchayishiga olib keldi. Ingliz hukumati 
komissiyasining 1517 yilga tegishli ma’lumotiga qaraganda, markaziy grafliklarda 
g’ov tutilgan yerlar miqdori 71 % ni, o’z yerlaridan va mulkidan mahrum bo’lgan 
dehqonlar soni 84,4%ni tashkil qilgan. XVI asrning ikkinchi yarmida bu 
grafliklarda g’ov tutish yanada kuchaytirilgan. Bu jarayonni XVI asr ingliz 
gumanisti Tomas Mor «Utopiya» asarida obrazli qilib qo’ylar shunchalik ochko’z 
bo’lib 
ketdiki, 
ular 
odamlarni 
yeb 
qo’yayapti, 
deb 
ta’riflagandi.
Dehqonlarning shu tariqa majburiy yersizlantirilishi Angliyada juda ko’p 
sonli ishsizlar armiyasi pauperlar va daydilarning paydo bo’lishiga olib keldi. 
Daydilikning masshtabi juda keng edi. Ma’lumotlarga qaraganda, Yelizaveta 
Tyudor hukmronligi davrida 200 ming aholiga ega bo’lgan London shahrida 
daydilar soni 50 mingdan ko’p bo’lgan. Ishsizlar armiyasining ko’payishining 
yagona manbai yuqoridagi jarayon emas edi. XVI asrning ikkinchi yarmidan ular 
safiga yana ikki kategoriyadagi kishilar kelib qo’shildilar. 
Birinchisi, bu aristokratlarning xususiy (shaxsiy) harbiy drujinalariga kirgan 
kishilar hisobiga. Genrix VII absolyutizmni mustahkamlash siyosatini yuritib, 
aristokratiyani zaiflashtirish maqsadida, barcha xususiy harbiy drujinalarni tarqatib 
yuborish to’g’risida statut chiqardi. Natijada, avval yirik feodallar qo’lida harbiy 
xizmatda bo’lgan juda ko’p kishilar, yashash uchun ta’minotdan mahrum bo’ldilar. 
Ikkinchisi, bu qashshoqlar safiga monaxlarning kelib qo’shilishi. Bu ingliz 
reformasiyasiga bog’liq bo’lib, monastirlarning tugatilishi bilan oddiy 
monaxlarning juda ko’pchiligi ko’chaga tashlanib, ishsizlar sonini ko’paytirdi. 
Ma’lumotlarga qaraganda, 7 mingdan ko’proq monax va 25 mingdan ortiq turli 
cherkov yer egaligidagi xizmatchilar ishsiz qolganlar. 


Shunday qilib, Angliyada yashash uchun mablag’ va boshpanaga ega 
bo’lmagan, yersizlantirilgan va o’zlarining ish kuchlarini manufakturalar va yirik 
fermalar egalariga arzimagan pulga sotadigan kishilar guruhi paydo bo’ldi. 
Zo’rlik yo’li bilan yersizlantirishga qarshi, XVI asrning o’rtalariga yaqin 
Angliyada dehqonlarning ommaviy norozilik chiqishlari boshlandi. 1536-1537 
yillarda g’ov tutishlarga qarshi Angliyaning shimoliy grafliklarida, 1536 yilda 
Linkolnshirda, 1547 yilda Kent hududida, 1549 yilda bir vaqtning o’zida 
Devonshir, Kornuell (Kornoull), Norfolk va Seffolk grafliklarida, 1596 yilda 
Oksfordshir grafligida yirik dehqon qo’zg’olonlari bo’lib o’tdi. 
Bu qo’zg’olonlar ichida 1549 yilda Norfolk va Seffolkda aka-uka Robert va 
Vilyam Ketlar boshchiligidagi qo’zg’olon Angliyada Uot Tayler qo’zg’olonidan 
keyingi eng yirik dehqonlar harakati edi. Ma’lumotlarga qaraganda, qo’zg’olonda 
20 mingga yaqin dehqonlar qatnashgan. Qo’zg’olonchilar lenlordlarning jamoa 
yerlarida boqilgan 20 ming qo’ylarni ularga qarshilikning belgisi sifatida so’yib 
yeb yuborganlar. Ularning 29 moddadan iborat hukumatga bergan talablari asosan 
quyidagilardan iborat edi: to’lovlarni kamaytirish, frigolderlarni kopigolderlarga 
aylantirishni man etish, lordlarning jamoa yaylovlaridan foydalanishini ta’qiqlash, 
manorga tegishli sudlarni tugatish va krepostnoy huquq qoldiqlarini yo’q qilish. 
Robert Ket boshchiligidagi qo’zg’olon juda qiyinchiliklar bilan bostirildi va aka-
ukalar qatl etildi. 
Rivojlangan manufaktura sanoati birdaniga yersizlantirilgan dehqonlarni, 
Angliyaning shahar va qishloqlarini to’ldirib yuborgan ishsiz va daydilarni ish 
bilan ta’minlashga qodir emasdi. Ularning ko’pchiligi o’zlarining kun ko’rishlari 
uchun jinoyat sodir etishga majbur bo’ldilar. Genrix VIII davrida 72 ming «katta 
va kichik o’g’rilar» osib o’ldirildi. Tyudorlar daydi va qashshoqlarga qarshi 
ayovsiz qonunlar chiqara boshladiki, keyinchalik bu qonunlar «qonli qonunlar» 
degan nom oldi. 


1530 va 1536 yillardagi qonunlar tilanchilik qilishga faqatgina keksa va 
mehnatga yaroqsiz kambag’allarga ruxsat berdi, ishga yaroqli «daydilarni» esa 
avval yaxshilab kaltaklab, so’ng ulardan o’z joylariga qaytib borib «ishga kirishga» 
qasam ichtirdilar. Agar jazolangan ikkinchi marotaba qo’lga tushsa, uni yana 
kaltaklab qulog’ining yarmini kesdilar, agar u uchinchi marotaba qo’lga tushsa 
o’lim jazosiga hukm qilindi. 
Eduard VI (1547-1553) qonunlariga ko’ra, «daydiga» ish topish uchun bir 
oy muhlat berildi, undan so’ng «daydini» uning to’g’risida ma’lumot bergan 
kishiga qullikka berdi. Yangi xo’jayin uni boqishi kerak edi va buning evaziga uni 
majburiy yo’l bilan ishlatish, sotish, avlodiga vasiyat qilib qoldirish va yollanma 
ishga yuborish huquqiga ega bo’lardi. O’zboshimchalik bilan ketib qolganligi 
uchun birinchi marotaba bu qulning yuziga «S» (Slave - qul) tamg’asini kuydirib 
bosishar, shunday harakat uchinchi marotaba takrorlanganda esa u davlat 
jinoyatchisi sifatida qatl qilinar edi. Yelizaveta I davridagi qonunlar bu 
berahmlikni yanada kuchaytirdi. 
Angliyada savdo taraqqiyoti. XVI asr va XVII asr boshlari Angliyada 
dastlabki jamg’arish davri, kapitalizmning vujudga kelish davridir. Dastlabki 
jamg’arishning eng muhim manbalari – bular jahon bozorining va kolonial 
savdoning vujudga 
kelishidir. 
Bular 
buyuk geografik 
kashfiyotlarning 
ko’rsatkichlaridir.
XVI asr oxirida Angliyada kapitalistik rivojlanishda noqulay sharoit yuzaga 
keldi. Sababi Ispaniya bilan bo’lgan urush ingliz-ispan savdosini izdan chiqardi. 
Endi Angliya o’z tovarlarini, birinchi navbatda dag’al movutni sotish uchun zarur 
bo’lgan «Ost-Indiya»-Sharqiy Hindiston hududida bozor topishi kerak edi. Bundan 
tashqari Angliya to’qimachilik sanoatiga xom ashyolar (bo’yoqlar, paxta, jun va 
h.k.) kerak edikim, bular keyinchalik «Ost-Indiya» kompaniyasining tuzilishiga 
olib keldi.


Angliya sanoati va savdo burjuaziyasi o’zlarining yevropalik hamkasblari 
singari tezlik bilan dengiz orti mamlakatlariga kirish imkoniyatlarini izlay 
boshladilar va yangi dengiz savdo yo’llarini egalladilar. Kapital savdo 
ekspansiyalarning boshlanishi bevosita qirol hukumatining yordamida amalga 
oshirildi. 
XVI asrda Angliyadagi buyuk geografik kashfiyotlar, boshqa Yevropa 
davlatlaridagi singari kolonial bosqinchilikning boshlanishiga to’g’ri keladi. 
Sharqiy Hindistonni «ochishda» inglizlar bu sohadagi ispanlar va portugallarning 
geografik yutuqlari natijalaridan foydalandilar. Inglizlar tomonidan Sharqqa qarab 
M.Frobisher (1576 yil), F.Dreyk (1577-1580 yy.), T.Kevendish (1586-88, 1591-
93), D.Raymend va D.Lankaster (1591-1594 yillarda) boshchiligida dengiz 
ekspedsiyalari yuborildi. Sharqiy Hindistonga eng oxirgi ekspedisiya 1596 yilda 
B.Vuda boshchiligida uyushtirildi. 
Bu ekspedisiyalar natijalari inglizlarning Sharqdagi savdo monopoliyalari 
tuzilishining hal qiluvchi omili bo’ldi. XVII asrning boshlarida Angliyada bir 
qancha savdo kompaniyalari: «Savdogar Avantyuristlar», «Moskva», «Marokko», 
«Levant» va boshqalar tuzildi. 1599 (uning rasmiylashtirilishi 1600 yilda bo’lgan – 
P.Sh.) yilda esa «Ost-Indiya» kompaniyasi tuzildi. «Ost-Indiya» kompaniyasi 
faoliyati tufayli inglizlar Janubiy-Sharqiy Osiyoda kolonial maydonda muaffaqiyat 
qozondilar, ayniqsa, Hindistonni egallash uning qo’li bilan bo’ld 
3.3.Angliyada Tyudorlar absolyutizmining o’ziga xos xususiyatlari 
XVI asr Angliya tarixida to’liq Tyudorlar sulolasining hukumronlik davri 
bo’ldi. Bu sulolaning rasmiy hukumronlik yillari 1485 yilda boshlanib, 1603 
yilgacha davom etdi. Bu sulolaning eng yirik vakillari Genrix VII (1485-1509), 
Genrix VIII (1509-1547), Eduard VI (1547-1553), Mariya I (1553-1558) va 
Yelizaveta I (1558-1603) edilar. Ulardan keyin Styuartlar sulolasi hukumronligi 
boshlangan. 


Tyudorlar sulolasining birinchi vakili Genrix VII edi. U 1457 yilda 
Pembrukda tug’ilib, 1509 yilda Richmonda vafot etgan. Yangi monarxiyaning 
asoschisi Genrix VII to’liq ma’nodagi simvolik shaxs edi. U qirollikni qurol bilan 
egallab, o’z hukumatini xasislik, ayyorlik, makkorlik va diplomatiya bilan 
mustahkamladi. Unda qo’shinni boshqarish qobiliyati bo’lsa-da, ammo urushni 
yoqtirmasdi. Bunga sabab urushning ko’p xarajat talab qilishi edi. Genrix VII ning 
hukmronligi mamlakatda tartibsizliklar va muxolifat kuchlarning vujudga kelib, 
urush davom etayotgan bir paytiga to’g’ri keldi. 
Qirollik va boy zadogonlar o’rtasidagi kurashlar natijasida jismoniy jihatdan 
qirilib ketgan zadogonlarning yerlari maydalanib ketdi, buning natijasida ular 
yerlarining ko’pchiligi qirollik tarkibiga qo’shib olindi. 
Bir holga alohida e’tibor berish zarurki, Genrix VII ni shahar savdogarlari va 
hunarmandlari qo’llab quvvatladilar, ya’ni kim uchun tinch hayot zarur bo’lsa, 
ularning barchasi Genrix VII ni quvvatladilar. Natijada Genrix VII bu 
imkoniyatlardan foydalanib o’z hukumronligini kuchaytirdi va bu dinastiya 100 yil 
yashadi. 
Genrix VII oldida muhim ikkita muammo turar edi: birinchisi eski 
dvoryanlarning harbiy qudratini sindirish, ikkinchisi esa juda katta boylikka ega 
bo’lib, qirollikni moliyaviy tomondan mustaqil, hyech kimga murojaat etmaydigan 
qilish edi. Uning keyingi muammoni ancha ijobiy hal qilganligidan keyingi 24 yil 
ichida parlamentning 7 marotaba chiqarilgani ham guvohlik beradi, ya’ni u soliq 
to’plash uchun rozilik olish maqsadida parlamentni kamroq chaqiradigan bo’ldi. 
Genrix VII ning pul to’plash yo’llari turlicha bo’lgan, shundan eng ko’p 
qo’llaniladigani quyidagilar edi: 
a) Parlamentlar qirol ochishni xayoliga ham keltirmagan urush xarajatlari uchun 
soliqlar undirishni tasdiqlar edilar va bu soliqlar yig’ilib qirollik xazinasiga tushar, 
ammo urush bo’lmagani uchun hyech narsaga sarflanmay qirol boyligiga aylanar 
edi; 


b) Qonunga xilof ish tutgan mulkdor kishilarga juda katta jarimalar solindi; 
v) Qirol homiyligidan foydalangan savdogarlar uchun homiylik evaziga xazinaga 
pul to’lash zarurligi to’g’risidagi eski qonunlar qaytadan tiklandi. Qirol 
savdogarlardan majburiy tarzda mablag’ qarz berish va hadya etishini talab qila 
boshladi. Natijada, yuqoridagi barcha «tadbir»lardan so’ng Genrix VII o’zidan 2 
mln.funt sterling boylik qoldirdi, bu o’sha davr uchun juda katta boylik edi. 
Ma’lumotlarga ko’ra, XVI asrning 60-yillariga kelib (1568 yili) Angliyaning 
boyligi uch marotaba ko’paygan. Boylikning bunday tez ko’payishining asosiy 
sabablari: a) g’ov tutishning oqibatlari; b) dehqonlarning yersizlantirilishi; v) 
dastlabki jamg’arma jarayonining g’ayrat bilan amalga oshirilishi; g) Angliyaning 
koloniyalarni talashdagi ishtirokining boshlanishi oqibatlari bo’ldi. 
Genrix VII faqatgina kemasozlik uchun xarajatga pulni ayamagan. 
Bekonning yozishicha, u «boylikni yaxshi ko’rgan va shuning uchun savdoning 
sinishiga yo’l qo’ymaslikka uringan». Uning maqsadi Angliyadan boshqa 
davlatlarga savdo yo’llarini ochish va qirollik xazinasini yanada boyitish edi. 
Tyudorlar sulolasining hukumronlik davri Angliyada absolyutizmning 
kuchaygan davri hisoblanadi. Ammo, tarixiy adabiyotlarda bu to’g’rida munozara 
ancha kuchli. Ko’pgina tarixchilar Angliya siyosati Yevropa davlatlaridan farq 
qiladi, bu yerda oldindan demokratiya bo’lgan, Angliya xalqi hyech qachon 
absolyutizmni, ya’ni zo’rovonlikni tan olmagan deydilar. Ularning fikricha, 
Angliyada absolyutizm styuartlarning cheksiz hokimiyatga intilishlarining 
ko’rinishlarida vujudga kelgan. Ular tomonidan tyudorlar hokimiyati esa 
cheklangan va konstitusion monarxiya sifatida xarakterlanadi. 
Genrix VII vafotidan keyin taxtga uning o’g’li Genrix VIII (1509-1547) 
o’tirdi. Yangi qirolni tabiat juda ko’p tomonlama taqdirlagan edi. U yaxshi 
musiqachi, kompozitor, ajoyib chavandoz va usta kurashchi bo’lgan. Genrix VIII
o’z davrining yetuk bilimga ega bo’lgan vakili sifatida lotin, fransuz va ispan 
tillarini chuqur bilishi bilan ham ajralib turgan. Tarixchilar Genrix VIII ning 


ingliz gumanistlariga homiylik qilganligi to’g’risida ko’p yozganlar. 
Zamondoshlarining qoldirgan ma’lumotlariga qaraganda, Genrix VIII kelishgan 
tashqi ko’rinishga ega edi. Ammo qirolning eng katta kamchiligi u xazina boyligini 
behuda isrof qilish darajada hotamtoy bo’lgan. 
Tyudorlarning siyosatida ideologiya quroli katta rol o’ynadi. Genrix VIII 
ning hokimiyati o’zining asosiy siyosiy aksiyalarini ma’lum bir ideologik fikrlar 
bilan amalga oshirishga intilar edilar. Tyudorlar davlat xizmatiga ingliz 
gumanizmining mashhur namoyandalarini taklif qildilar va ularga o’zlarining 
siyosatini nazariy sharhlashni topshiradilar. 
Ingliz 
absolyutizmining 
siyosiy 
va 
g’oyaviy 
pozisiyalarining 
mustahkamlanishida reformasiya davrida katolik cherkoviga qarshi tashviqot 
ishlari katta rol o’ynadi. Buning asoschisi Genrix VIII, tashkilotchisi esa uning eng 
yaqin yordamchilaridan T.Kromvel edi. Reformasiyaning o’tkazilishi Angliyada 
qirol hokimiyatining kuchayishiga olib keldi. 
Feodal Angliyada Yevropaning boshqa mamlakatlaridan farqliroq, 
absolyutizmning paydo bo’lishiga va uning siyosatiga Angliyaning ijtimoiy 
rivojlanishining o’zgachaligi katta ta’sir ko’rsatadi. Burjuaziyaning paydo bo’lishi 
bilan uning ittifoqdoshi ham paydo bo’ldi. Bu feodallarning bozor bilan 
bog’langan (burjuaziya bilan bog’langan qismi), ya’ni o’sha paytda aytilishicha, 
yangi dvoryanlar yoki jentrilar edilar. 
Angliya absolyutizmi feodallar diktaturasini amalga oshirishda, xalq 
ommasini qo’lda tuta biladigan, feodal separatizmining chiqishlarini bostira 
oladigan va faol ichki siyosat olib boradigan ijroiy apparat tuzishga harakat qildi. 
Bu ijroiy apparat absolyutizmining har bir talabini amalga oshirishi kerak edi. Shu 
bilan bir vaqtda davlatning markazlashishi jarayoni tugallanayotgan edi. 
Tyudorlar 
davlati 
vakillari 
taniqli 
siyosiy 
fikrlovchi 
Marsiliy 
Poduanskiyning konsepsiyasini, ya’ni mustaqil davlat haqidagi konsepsiyani 
o’zlariga qurol qilib oldilar. 1535 yilda reformasiyaning ayni qizigan paytida 


Genrix VIII ning eng yaqin maslahatchisi va ministri Tomas Kromvel tomonidan 
Poduanskiyning asosiy asari - «Jahon himoyachisi» lotin tilidan ingliz tiliga 
tarjima qilinib bosilib chiqdi. Bu traktat ingliz absolyutizmi manfaatlariga 
moslashtirilgan edi. Ba’zi joylari tushirib qoldirilgan, ba’zi joylari esa qaytadan 
ishlangan edi. Tyudorlar siyosatining parlament tomonidan qo’llab quvvatlanishi 
shuni bildirar ediki, bu siyosat parlamentda ishtirok qilayotgan toifalar 
manfaatlariga javob berar edi. 
Qirol va parlamentning munosabati to’g’risida yepiskop Stefan Gardiner 
gersog Somersetga yozgan xatida (1577 y.) uni shunday ifodalagan edi: «Har bir 
qonun o’zining gavdasi va qalbiga ega, parlamentning ikkita palatasi qonunning 
gavdasini chizishadi, bu gavda qirol tomonidan hayot va qalb bermaguncha o’lik 
bo’ladi». 
Ingliz absolyutizmi Yevropadagi boshqa davlatlardagi absolyutizmdan 
o’zining bir qancha xususiyatlari bilan farq qilib turar edikim, bu farqlar 
quyidagilardir: 
1) Markaziy davlat apparatining, ya’ni boshqarishning joylarda bo’sh (zaif) 
bo’lishi, mahalliy ma’muriyatning muhim rol o’ynaganligi; 
2) XVI asrda parlamentning to’xtovsiz faoliyat ko’rsatib turganligi, ya’ni 
parlamentning mavjudligi; 
3) Muntazam armiyaning yo’qligi. Bu qisman Angliyaning orolda 
joylashganligi bilan ham bog’liq edi. 
Biz ingliz absolyutizmi ideologiyasi masalasini o’rganishda Yelizaveta Tyudorning 
xatlaridan tarixiy haqiqatga to’g’ri keladigan ma’lumotlar olishimiz mumkin. 
Masalan, 1597 yil 8 iyulda Esseks grafiga yozgan xatida qirolicha: «Qirollar 
yerdagi xudolar sharafiga ega» degan edi. 
XVI asrning birinchi yarmida Angliya tashqi siyosatidagi yangi
yo’nalish. XVI asrning dastlabki yillarida Yevropada turli xil harbiy ixtiloflar 


kuchayib ketgan bo’lib, bu ixtiloflarning asosiy sababi Fransiya va Ispaniya 
o’rtasida Italiya va Flandriyaning boy hududlariga egalik qilish uchun kurash edi. 
Boyligi va aholisining soni jihatidan yuqoridagi ikki raqibga hyech teng 
kelolmagan Angliya tezda ular o’rtasidagi kelishmovchilikdan o’z siyosiy va 
diplomatik maqsadlarida foydalanish san’atini o’zlashtirib oldi. Bu siyosatning 
asosiy mohiyati, bir tomonning kuchayib ketishiga yo’l bermaslik, ya’ni goh u 
tomonning goh bu tomonning siyosatini quvvatlab kuchlar muvozanatini saqlab 
turish edi. 
Bunday juda puxta o’ylangan va nozik siyosiy o’yinning mualliflaridan biri 
Genrix VIII hukumatining dastlabki davridagi boshlig’i kardinal T.Uolsi edi. 
Genrix VIII taxtga chiqqach 1509 yildan Angliya Ispaniyani quvvatlaydi va 
Fransiyaga qarshi urush olib bordi. Ammo, 1525 yilgi Ispaniyaning Italiya ustidan 
hukumronligiga olib kelgan Paviya yonidagi jangdan so’ng, Yevropadagi siyosiy 
ahvol o’zgardi. Gabsburglar Germaniyasi bilan birlashgan Italiyani bo’ysundirgan 
Ispaniya, endi Angliya bilan ham hisoblashmay qo’yaboshladi. Oqibatda bu, 
Angliyaning tashqi siyosatda Fransiya tomon burilishiga sabab bo’ldi. 
3.4. Angliyada reformasiya va kontrreformasiya 
O’rta asrlarda papalik «xudo nomi bilan» unga katta foyda keltiruvchi 
monopoliya o’rnatgan markazlashgan xalqaro tashkilot edi. Hatto feodalizm 
gullagan davrida ham qirollar, knyazlar bu monopoliyaga qarshi kurash olib 
borgan edilar. Markazlashgan milliy davlatlar paydo bo’lishi bilan bu 
monopoliyalar ochiq konfliktlariga olib kelishi muqarrar bo’lib qoldi. Chunki, bu 
monopoliyaning yo’qotilishi, absolyut monarxiyaning axloqiy tanazzuli va uning 
juda katta boyligi uni qirollar va yirik yer egalari tomonidan yengil va o’ziga 
tortadigan o’ljaga aylantirdi. Shunday qilib, protestant reformasiyasi o’z mohiyati 
jihatidan diniy niqob ostidagi siyosiy harakat bo’lib, u Yevropadagi yangi burjua – 
yirik yer egaligi tabaqasining hokimiyat uchun uzoq davom etgan kurashning bir 
qismi edi. 


Ingliz hukumati reformasiyaga avvaliga salbiy nazar bilan qaragan edi. 
Genrix VIII yoshligida yaxshi maxsus diniy ta’lim olgandi va katolik ruhda 
tarbiyalangandi. Genrix VIII ning eng yaqin kishisi ruhoniylardan bo’lgan kardinal 
Tomas Volsey edi. U quyi tabaqadan chiqqan bo’lib juda dimog’dor, hasadgo’y va 
tajribasizligiga qaramay, eng muhim diniy masalalarda Rim papaligi tarafidan 
bo’lib, kelgusida papalik o’rni bo’shab qolgan taqdirda, o’sha joyni egallash 
rejasini ham o’ylab qo’ygandi. Uning ta’sirida bo’lgan Genrix VIII o’z 
qirolligining dastlabki vaqtida (1522 yil) hatto Lyuterga qarshi bahs mazmunida 
bo’lgan «Yetti sirning himoyanomasi» degan kitobini yozdi va bu kitobini Rimga, 
papa nomiga yubordi (haqiqatda bu pamfletni Tomas Mor hatto Erazm 
Rotterdamskiy yozgan degan fikrlar ham bor– P.Sh.). Genrix VIII bu kitobi uchun 
papa Lev X dan «Din himoyachisi» unvonini ham oldi. Genrix VIII ning Rim 
papasiga qarshi chiqishi uning Yekaterina Aragonskayadan ajralish va Anna 
Boleynga uylanish voqyealari bilan bog’liq edi. Uning birinchi xotini Ispaniya 
qiroli va Germaniya imperatori Karl V ning xolasi, malika Yekaterina 
Aragonskaya bo’lib, (Yekaterina Ferdinand Aragonskiy va Izabella 
Kastilskayalarning qizi edi) u aslida Genrix VIII dan yosh jihatidan katta bo’lsa-da, 
ularning turmushi baxtli bo’lishi mumkin edi. Undan bir qiz (Mariya) va ikki o’g’il 
tug’ildi, afsuski, o’g’illari yoshligidayoq o’lib ketdilar. Bu o’g’illarining o’limi bu 
irimchi qirolda Xudo uning o’lgan akasining beva xotiniga (Yekaterina avval 
uning akasi Arturga unashtirilgan edi – P.Sh.) uylanishni ravo ko’rmadi, degan 
fikrning paydo bo’lishiga olib keldi. Garchi bu nikoh Rim papasining roziligi bilan 
amalga oshgan bo’lsa-da, ingliz xalqi qiroldan kelgusida Angliyaning 
mustaqilligini saqlab qolish kafolati bo’lgan merosxo’rning qolishini xohlar edi. 
Genrix VIII ning o’z xotinidan ajralishning ikkita siyosiy sabablari bor edi. 
Birinchidan, Yekaterina Ispaniya qirolichasi edi. XVI asrda qirolliklar o’rtasidagi 
nikohlar davlatlar orasidagi aloqalarning mustahkamlanganligining ramzi bo’lib 
hisoblanardi. Bu vaqtga kelib tashqi siyosatda Fransiya tomonga o’tmoqchi 
bo’lgan Genrix uchun ispan ayoli bilan nikohda bo’lish juda noqulay edi. 
Ikkinchidan, Rim bilan aloqani uzishning asosiy sababi sof moliyaviy nuqtai nazar 


ekanligini ta’kidlash lozim. Bundan tashqari Genrix VIII ga u o’g’il merosxo’r 
bermadi va keyin ham berishi gumon edi. 
Nikohni bekor qilish masalasidagi Genrix VIII ning papa Kliment VII ga 
iltimosi o’zining papa oldidagi obro’sini bilish imkoniyati ham edi. Ingliz qiroli 
Yekaterina Aragonskayaning jiyani Karl V ning ta’siri ostida bo’lgan Rim 
papasining bu nikohni bekor qilishga jur’at etolmasligini oldindan ko’ra bilib, 
papalik bilan munosabatlarini ataylab yomonlashtirish va shu yo’l bilan Angliyada 
cherkov islohotlarini (reformasiya) o’tkazishda keng imkoniyatga ega bo’lish 
maqsadlarini ham ko’zda tutgan edi.
1526 yilda Genrix VIII papa Kliment VII dan birinchi nikohni bekor 
qilishni va Anna Boleyn bilan nikohni muhrlashini so’raydi. Bunga Tomas Volsey 
ham Rim papasi ham rozilik bermadi. Shunda u parlamentni chaqirib (1532 y.) 
undan qirol oliy hukmdor va barchaning, ham diniy, ham dunyoviy kishilarning bir 
xilda himoyachisidir degan, uni quvvatlovchi qarorini oldi. 1533 yil boshida 
Tomas Volsey o’rniga kelgan yangi bosh diniy arbob, Kenterberi arxiyepiskopi -
primas Tomas Kranmer raisligida cherkov sudi qirolning birinchi nikohini bekor 
qilingan deb e’lon qildi. Genrix VIII Anna Boleynga uylandi. So’zsiz, bu 
harakatlar Angliyaning Rim bilan aloqalarining uzilishiga olib keldi. Rim bilan 
aloqalarning yomonlashuvi xalq tomonidan xayrixohlik bilan kutib olindi. Sababi: 
1) Angliyaning papadan mustaqil bo’lgan cherkovga ega bo’lish harakati oldin 
ham bo’lgandi, bu yerda milliy cherkovga ega bo’lishga intilish kuchli edi; 2) Rim 
foydasiga yig’ilgan barcha soliqlarning Angliyaning o’zida qolishi ko’pdan 
kutilgan orzu edi; 3) Ruhoniylar ham qirolni quvvatladilar, sababi faqat qirolgina 
ularni bo’lg’usi Germaniyaga qaraganda ham radikal reformasion harakat xavfidan 
qutqarib qolishi mumkin edi. 
Yetti yil, ya’ni 1529-1536 yillarda Reformasion parlament ishlab turdi. Bu 
parlament ingliz cherkovining Rim bilan aloqasini uzganligini rasmiylashtiradigan 
va uni davlat nazorati ostiga o’tkazadigan qonunlar qabul qildi. 1534 yilda 
parlament «Suprematiya haqida akt» deb atalgan qirol hokimiyatining cherkov 


hokimiyatidan ustunligi to’g’risidagi qonunni qabul qildi. Unga ko’ra, barcha 
masalalar bo’yicha papaga murojaat qilish ta’qiqlandi. Papalik xazinasiga 
yuboriladigan to’lovlarni yig’ish man etildi. Cherkov boshlig’i deb e’lon qilingan 
qirol faqatgina cherkov lavozimlariga nomzodlar tavsiya etish huquqiga ega 
bo’lib qolmasdan, balki diniy ta’limotni belgilash huquqiga ham ega bo’ldi. Endi 
Angliya cherkovi xalqaro diniy tashkilotning bir qismi bo’lmasdan, davlat 
apparatining uzviy qismiga aylandi,uning mulki qirol mulkiga aylandi va uning 
farovonligi bilan uzviy bog’liq bo’lib qoldi. Bu o’zgarishlarning ozgina 
g’ayritabiiy oqibati shu bo’ldikim, shu davrdan boshlab ruhoniylarning yuqori 
tabaqalari davlatni boshqarish ishlarida oldingi mavqyelarini yo’qotdilar. Bundan 
keyin birorta ham ruhoniy qirol saroyida yuqori lavozimga ishga taklif qilinmadi. 
O’rta asrlarda birinchi marta, rasmiy ravishda cherkov endi davlatga bo’ysindirildi 
va uning faoliyati keskin darajada chegaralanib qo’yildi. Islohot qilingan cherkov 
shu davrdan boshlab anglikan cherkovi deb yuritila boshladi. 
Papa 1534 yilda Genrix VIII ni cherkovdan mahrum etdi, ammo bu endi 
Angliyada boshlangan cherkov islohoti harakatini to’xtatib qolaolmadi. Volsey 
o’rniga yangi tayinlangan Tomas Kromvel maslahatiga ko’ra, qirol «Ingliz 
cherkovining boshlig’i» degan unvonni qabul qildi. 
Bu yangilikni parlament ham ma’qulladi. Parlament roziligi bilan bundan 
keyin har bir qirollik xizmatiga qabul qilingan kishidan maxsus qasamyod talab 
qilindi. Unga ko’ra, yangi xizmatga kiruvchilar «men qirolning birinchi nikohining 
bekor qilinishi va ikkinchi nikohini qonuniy deb hisoblayman», deb qasam ichishi 
kerak edi.
1536 yilda cherkovga to’g’ridan-to’g’ri hujum boshlandi. Bir yil ichida 376 
kichik monastirlar yopildi, 1540 yilga kelib 645 monastir yopildi va bu sohadagi 
tadbir to’la amalga oshdi. Monastirlar ancha ommaviy bo’lgan shimoliy 
grafliklarda qirolning bu siyosatiga qarshi qo’zg’olon ko’tarildi. Ammo u tezda 
bostirildi. 


Sekulyarizasiya qilingan monastir yerlari Angliyada ekiladigan barcha 
yerlarning ¼ qismini tashkil qilardi. Bu yerlarning katta – katta kesimlarida yangi 
dvoryanlar va ularning ko’p qismining bevosita qirol va uning yaqinlarining 
qo’liga o’tishi shu yerlarga ega bo’lganlarga juda katta boylik keltirdi. Monastir 
yer egaligining musodara qilinishi natijasida yirik va mayda dvoryanlarning 
boyligi tez fursat ichida juda ko’payib ketdi. Bu esa o’z navbatida kelgusida qirol 
hokimiyatiga yangi to’siqlar paydo bo’lishiga olib keldi. Monastir yerlarining katta 
qismi dunyoviy kishilarga, dvoryanlarga sovg’a tarzda tarqatildi. Ikkinchi qismi 
esa dvoryanlarga, boy shaharliklarga, turli xil yer bilan savdo qiladigan olib – 
sotarlarga juda past narxlarda sotildi. Bu sotilgan yerlardan qirollik o’sha davrda 
juda katta pul hisoblangan 1,5 mln. funt sterling daromad qildi. 
Genrix VIII olti marotaba uylangan. Yuqorida ko’rganimizdek uning birinchi 
xotini Yekaterina Aragonskaya edi, undan bir qiz Mariya qoldi.
Ikkinchi xotini esa Anna Boleyn bo’lib, u aristokrat oilasidan chiqqan. 1536 
yilda Anna Boleyn bevafolikda ayblanib qirol tomonidan qatl qilindi, undan ham 
bitta qiz Yelizaveta qoladi. Xotinining qatl qilingan ikkinchi kunida Genrix VIII 
uchinchi xotini Ionna Seymurga uylandi. Afsuski, Ionna unga orzu qilgan o’g’ilni 
tug’ib berish chog’ida vafot etdi (undan Eduard qoldi). 1540 yilda Genrix VIII 
nemis malikasi Anna Klevaga uylandi. Tezda yangi xotin uning ko’ngliga urdi va 
ajralishdilar. 1541 yilda Genrix nufuzli doiradagi oila vakili bo’lgan Yekaterina 
Govardga uylandi. 1542 yilda uning bevafoligi aniqlanib qatl etildi. Uning rasmiy 
oltinchi xotini Yekaterina Parr bo’lib, u protestantlik g’oyasiga moyil edi. Juda 
aqlli va tadbirkor ayol o’zining ehtiyotkorlik bilan tutgan yo’li tufayligina o’z 
harakatlari uchun javobgarlik nimaligini bilmagan qirol g’azabini chetlab o’ta oldi. 
Papalik hukmronligidan norozilikning ko’rinishi turli xil bo’lib, u hamma 
vaqt ham ochiqdan – ochiq bildirilmas edi. Yirik davlatlardan bo’lgan Fransiya va 
Ispaniya papalik bilan aloqalarni uzmadilar, ular papalikdan o’z maqsadlarida 
foydalanish va uni nazorat qilish maqsadlarini ko’zlar edilar. Fransiya va Ispaniya 
o’rtasida XVI asrda Italiya uchun bo’lgan kurash ma’lum darajada papalik ustidan 


hukmronlik o’rnatish uchun bo’lgan kurash edi. Bu kurash davomida ular papa 
xazinasidan katta mablag’ undirishga ham muvaffaq bo’ldilar. Angliya kuchli va 
boyligi jihatidan yuqoridagi davlatlarga nisbatan o’rtada joylashgan bo’lib, ingliz 
reformasiyasining boshlovchilari T. Uolsi va Genrix VIII papalikni nazorat 
qilishda Fransiya va Ispaniya bilan raqobatlasha olamiz deb o’ylagan edilar. 
Ammo, bu fikrdan qaytishga majbur bo’lganlaridan keyin Angliyani papalik 
ta’siridan ozod qilishga qaratilgan birinchi qadamlar qo’yildi. 
Angliyada reformasion harakatda bir-biri bilan bog’liq bo’lmagan va 
hamisha ma’lum bir guruhning manfaatini ko’zlamagan uchta oqimni kuzatish 
mumkin: 1) Bu Rim bilan aloqalarni uzish, buning natijasida papalikga og’ir 
soliqlarni to’lanishining to’xtatilishi bo’ldi; 2) Cherkov mulkining musodora 
qilinishi bo’ldi; 3) Protestantizm deb atalgan yangi diniy e’tiqod g’alabasi bo’ldi. 
Rim bilan aloqaning uzilishini deyarli hamma ma’qulladi. Papa vakillarining 
yulg’uvchiligi ingliz cherkovlaridagi ruhoniylarning ko’pchiligi orasida ham 
norozilikka olib kelgandi. Shuning uchun ham 1534 yilda Genrix VIII o’zini 
cherkov boshlig’i deb e’lon qilganda faqatgina monaxlar tomonidan qarshilikka 
uchradi xolos. 
Monastirlarning yopilishi va bu yerlarning egallab olinishi birinchi navbatda 
qirol, yangi dvoryanlar uchun qulay kelardi. Ular xalqdagi katolik cherkovga 
qarshi kayfiyatdan cherkovlar mulkini islohot o’tkazish yo’li bilan o’z qo’llariga 
qaratishda foydalandilar.
Tomas Kromvel, parlament va reformasiya.Angliyada reformasiyani qattiq turib 
himoya qilgan va unda faol qatnashganlardan biri qirolning kansleri Tomas 
Kromvel edi. Tomas Kromvel (1485-1540) oddiy oiladan bo’lib, yoshligini 
Italiyada o’tkazgan. Makkiavellining qarashlari bilan yaqindan tanishib chiqqan. 
Angliyada u o’z faoliyatini kardinal T.Uolsiga kotiblikdan boshladi. 1533 yildan 
boshlab, u qirol konselyariyasida pul yig’uvchi, davlat kotibi (1534 yildan) va 
1535 yildan qirolning cherkov ishlari bilan shug’ullanadigan nufuzli amaldoriga 
aylandi.


1539 yilda lordlar uchun Angliyada bosh boshqaruvchi bo’lgan Kromvel bu 
sohada bir qancha islohotlar o’tkazdi. Uning tashabbusi bilan markaziy ma’muriy 
va ijrochi organ bo’lgan Maxfiy kengash tuzildi. Tomas Kromvel faoliyati, Genrix 
VIII davrida Angliyada absolyutizmning yanada mustahkamlanishida katta rol 
o’ynaydi. U qirolga juda sodiq edi. Kimda kim Kromvelni uning qirol oldidagi 
xizmati uchun maqtamoqchi bo’lsa, «Kromvel qirolni xudodan ham yaxshi 
ko’radi» degan so’zni ko’p takrorlar edi. Haqiqatdan ham, Kromvel qirolni sevmoq 
usulini yaratishda hammadan ko’p hissa qo’shdi. Kromvel siyosatining eng yaxshi 
natijalaridan biri parlament faoliyatining jonlanishi bo’ldi. Eduard IV davridan 
tortib to Volsey davrigacha monarxiyaga qarshi kurash olib borgan parlament 
Volsey hukumati qulagach Angliya ijtimoiy hayotida yana birinchi o’ringa chiqib 
oldi. 
Genrix o’zining xalq ommasi o’rtasidagi mashhurligidan foydalanib va xalq 
ommasining unga nisbatan xayrxoholigiga ishonch hosil qilib, siyosatdagi 
yo’nalishini o’zgartirdi va butun kuchini boshqa bir dushmanga, papa hukumatiga 
zarba berishga qaratdi. Genrix siyosatidagi bu o’zgarishni eng nufuzli 
amaldorlardan bo’lgan Norfolk va Marlar quvvatladilar. Kromvelning siyosiy 
faoliyati inglizlar parlamentidagi ikki palataning: lordlar va umum palatalarning 
obro’si tiklangan va kuchaygan davriga to’g’ri keldi. U bu muassasalar faoliyatini 
chegaralashga harakat qilmasdan, balki ularning ustidan hukumronlik qilishga ular 
yordamida qirollikning qudratini oshirishga harakat qildi. Qo’rquvni bilmaydigan, 
qat’iyatli va juda katta davlat arbobi sifatlariga ega bo’lgan Kromvel Angliya 
parlamentining ikkala palatasini ham qirolga muxolifat ijtimoiy muassasadan, qirol 
xohishini so’zsiz bajarishga tayyor turgan idoraga aylantirishga muvaffaq bo’ldi. 
Parlamentning ish olib borish tartibiga nazar tashlaydigan bo’lsak Kromvel 
tutgan siyosa 
t o’zini oqlaganday ko’rinadi. 


Parlament qarorlari asosida cherkov monarxiyaga tobe bo’lib qolgan edi. 
Kromvel tomonidan parlamentda qabul qilingan qarorlardan biri bu Genrixning o’z 
fuqarolaridan olgan qarzlarini to’lashdan ozod qilish bo’ldi. Kromvel 
hukumatining oxirgi qonunlaridan biri qirol tomonidan chiqarilgan varaqalarga 
qonun kuchini berish bo’ldi. Parlamentga ega bo’lgan Genrix shu darajada 
kuchaydiki, endi u o’zboshimchalik bilan Rim bilan munosabatlarini buzish yoki 
ser Tomas Morga o’xshaganlarni eshofotga yuborishi mumkin edi. Ammo, Genrix 
VIII parlamentning yordamisiz xususiy mulklarni, monastirlarning mulkini 
musodara qilishga, ularni berkitishga yoki milliy diniy e’tiqodni o’zgartirishga 
jur’at qilolmasdi. Monarxiyaning mana shunday maqsadlarini amalga oshirishda 
rozilik berish kerak bo’lgan parlamentning faoliyat maydoni va vakolatlik kuchi, 
so’zsiz yanada kuchaydi. parlament kabi qudratli mashina qo’lga tushgach, 
Kromvel undan unumli foydalandi. 
Endi parlamentning yig’ilishlari avvalgidek ahyon-ahyonda emas, balki har 
yili chaqiriladigan bo’ldi. Parlament yordami bilan Angliya G’arb xristian dunyosi 
bilan muloqotlarini uzdi. Parlament aktlari bilan Angliya cherkovi o’zining avvalgi 
imtiyozlaridan mahrum etilib, qirollikka to’lig’icha qaram qilib qo’yildi. Parlament 
qarorlari mamlakatda qaysi din bo’lishi kerakligini ko’rsatib berar edi. Xususiy yer 
mulklarning katta ko’lamda musodara qilinishi ham parlament roziligi bilan 
amalga oshirildi. U endi taxt merosxo’rlari masalasini hal qilar, qirollar nikohining 
va bu nikohdan bo’lgan bolalarining qonuniy ekanligi to’g’risida hukm chiqarar 
edi. 
Avval qirollar parlamentning hukumat xizmatchilari va qirolning oila 
a’zolari hayotiga aralashuviga qarshi kurashsalar, endi esa ularning o’zi 
xizmatchilarning 
gunohi 
darajasini 
aniqlab 
berishga 
va 
xotinlarining 
sadoqatsizliklarini yoki gunohsizliklarini isbotlab berishda parlamentga murojaat 
qilardi. 
Parlamentni o’ziga tobelikda tutish uchun qirol va Kromvel monastirlarni 
tugatish va ularning mulklarini musodara qilish natijasida qo’lga tushgan 


boyliklarning bir qismini parlament a’zolariga tarqata boshladi. 
Kromvel 
qulashi bilan Norfolk gersogi yana hukmronlikka ega bo’ldi. Sababi, Genrix VIII 
xotini Anna Kleva bilan ajrashgach Norfolk gersogining jiyani Yekaterina 
Govardga uylandiki, bu uning qirolga nisbatan ta’sirining yanada kuchayishiga 
olib keldi. Ammo, Norfolkning bu muvaffaqiyati uncha uzoq davom etmadi. 1542 
yilda qirolicha Yekaterina Govard eriga xiyonat qilishda ayblanib qatl etildi. 
So’zsiz, Norfolkning ham qirol oldida obro’si tushib ketdi. 
Xulosa 
qilganda, 
Kromvelning cherkovga nisbatan olib borgan siyosati uning o’z tomonidan 
yaratilgan qirolga bo’ysinishni kuchaytirish yo’liga chuqur kovlayotgan edi. 
Cherkov monarxiya quliga aylanishi bilan u odamlar ruhi ustidan qilgan 
hukumronligini yo’qotdi. Cherkovni qirol hokimiyatining xizmatkoriga 
aylantirgan Kromvel monarxiyaga qarshi kurash olib borishi mumkin bo’lgan 
oxirgi kuchni sindirmoqchi bo’ldi. Ayni paytda u o’zi sezmagan holda 
monarxiyaga qarshi yanada kattaroq kurashuvchi yangi kuchlarga hayot
berayotgan edi. Diniy o’zgarishlar natijasida diniy inqilob bo’lishi muqarrar edi. 
Kromvel monarxiyaga qarshi eng dahshatli dushmanni – diniy fanatizmni 
uyg’otgan edi. Umuman, Kromvelning ish uslubi tezda o’zining hayotiy emasligini 
ko’rsatdi. 
Genrix VIII o’lgach, uning yosh o’g’li Eduard VI qirol bo’ldi (1547-1553). 
Unga oldin tog’asi gersog Eduard Seymur, keyinchalik 1549 yildagi qo’zg’olon 
bostirilgach, graf Uorvik vasiylik qildilar. Har ikki vasiy ham protestantlar 
partiyasidan edilar va shu sababli ular davrida anglikan cherkovi protestantizmning 
qit’adagi (ya’ni Yevropadagi – P.Sh.) ko’rinishlariga ancha yaqinlashib qoldi. 
Ammo, Eduard VI o’lgandan so’ng uning o’rniga taxtga o’tirgan Genrix VIII ning 
Yekaterina Aragonskayadan bo’lgan qizi Mariya Tyudor (1553-1558 yy.) davrida 
vaziyat mutlaqo o’zgardi.
Mariya Tyudor ispan katoliklari muhitida, ya’ni Angliyadagi yangi dinga 
nisbatan nafrat ruhida tarbiya topgan edi. Bu qirolicha mamlakatning shimoliy-
g’arbiy hududidagi hiyla qoloq okruglardagi ingliz dvoryanlarining ba’zi bir 


qismidan madad topgan katoliklar partiyasiga boshchilik qildi. Bundan tashqari 
Mariya Tyudor ona tomonidan qarindoshi ispan qiroli Filipp II ga erga tekkan edi. 
Filipp II esa XVI asrning ikkinchi yarmida katolik cherkovi reaksiyasining eng 
fanatik arboblaridan biriga aylangandi. 
Mariyaning taxtga chiqishidan ko’p o’tmasdan 1555 yilning 5 oktyabridan 
yangi parlament ish boshladi va uning birinchi ishi 1536 yildagi Mariyaning 
noqonuniy tug’ilgani haqidagi chiqarilgan aktni qayta ko’rib chiqish bo’ldi. 
Parlament bu ishni o’rganib Mariyani qonuniy tug’ilgan deb hisobladi.
Mariyaning ikkinchi qadami «Angliyani yeretiklardan tozalash uchun» chet 
elliklarning Angliyadan chiqarib yuborilishi bo’ldi. Angliyaga kelgan ajnabiylar 24 
soat ichida mamlakatni tark etishlari kerak edi. Angliya yana katolik davlatiga 
aylandi. 
Mariya Tyudor ispanlar madadiga tayanib, Angliyada katolik cherkovini 
tiklab protestantlarni qattiq ta’qib ostiga oldi. Bir zamonlarda o’rta asr yeretiklarini 
gulxanga tashlab qanday qilib kuydirgan bo’lsalar Angliyada protestantlarni ham 
shunday tiriklayin kuydirar edilar. 300 ga yaqin erkak va ayollar «dindan 
adashganliklari uchun» o’lim jazosiga hukm qilindi. Boshqalarga namuna sifatida 
21 ta yepiskop (ruhoniy), 8 ta dvoryan, 84 ta hunarmand, 100 ta dehqon va ishchi, 
55 ta ayol va 4 ta bolalar o’tda kuydirildi. Mariya Tyudor davrida yirik va obro’li 
arxiyepiskoplardan Kranmer, Latimer va boshqalar o’tda kuydirib o’ldiriladi. 
Ayniqsa, Tomas Kranmerga quyidagi og’ir ayblar qo’yilgandi: 1)Genrix VIII va 
Yekaterina o’rtasidagi nikohni noqonuniy bekor qilish; 2)Mariyani qirolning 
qonunsiz tug’ilgan qizi deb e’lon qilish; 3)Mariyani taxtdan mahrum etish 
to’g’risidagi fitnaga ixtiyoriy ravishda qo’shilish. Shuning uchun protestant 
tarixchilar Mariya Tyudorni «qonxo’r» deb atashgan edilar.
Mariya Tyudorga yepiskoplarni tayinlash huquqi berildi. Bu uning Rim 
papaligi bilan juda yaqinlashganini ko’rsatadi. Qirolicha faqat katolik cherkovini 
tiklash bilan chegaralanib qolmasdan, katolik odatlarini, papalikning qonun 


qoidalarini ham avvalgi holiga keltirdi. Genrix VIII davrida tortib olingan 
monastirlarning yerlarini qaytarib berdi. Ammo bu mulkdorlar tomonidan 
norozilikning kelib chiqishiga olib keldi.
Endi Mariya Tyudor davridagi Angliyaga nisbatan Fransiya va Ispaniya 
qirollarining qarashlariga kelsak, ular Angliya siyosatiga ehtiyotkorlik bilan 
yondoshdilar. Lekin, shunga qaramay ular o’z maqsadlariga erishgan edilar, ya’ni 
Angliyada katolik cherkov qonunlari tiklangan edi. Katolik cherkovi urf-odatlari 
1553-1558 yillarda yana tantana qildi. 
3.5. Angliya Yelizaveta I Tyudor hukmronligi davrida 
Mariya Tyudordan so’ng hokimiyatga Yelizaveta I Tyudor ( 1558 – 1603) 
keldi. Yelizaveta Genrix VIII ning Anna Boleyndan bo’lgan qizi edi. 
Yelizaveta I qirolligi davridagi uning mamlakat ichki va tashqi siyosatidagi 
masalalarni hal qilish faoliyati va parlamentga munosabatini ikki davrga bo’lish 
mumkin: birinchi davr XVI asrning 60-80 yillarini o’z ichiga olib bu davrda, 
qirolicha muhim masalalarni hal qilishda parlamentga ham murojaat qiladi. 
Aksariyat hollarda hukumat va parlament ichki va tashqi siyosat sohasidagi 
muammolarni birgalikda yechdilar. Yelizaveta Tyudor yangi dvoryan va 
burjuaziya manfaatlarini qo’llab-quvvatladi. Absolyutizm mamlakatni yanada 
rivojlantirish yo’lida kerakli sharoitlar tug’dirdi. Yelizaveta I davlatni boshqarish 
faoliyatining ikkinchi davri XVI asrning 90 yillari boshida boshlandi. Bu davrdagi 
uning faoliyati mamlakat ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy hayotidagi o’zgarishlar 
bilan bog’liq ravishda yangicha yo’nalishda bordi. 
XVI asrning 90 yillariga kelib mamlakatda ahvol o’zgargan edi. 
Rivojlanayotgan kapitalistik elementlarning taxtga bo’lgan qiziqishi tabora ortib 
bordi. Ana shunday vaqtda Angliyada qirol hokimiyatining joylarda zaifligi va 
mamlakatda doimiy armiyaning bo’lmaganligi Tyudorlar absolyutizmining yanada 
mustahkamlanishiga xalaqit berdi. Poraxo’rlik va xazinani talon-taroj qilish 
kuchayib ketdi. Ayrim grafliklar qirol hukumatini tashqi siyosat yuritishda 


quvvatlamay qo’yishgacha borib yetdilar. Siyosatdagi bu kamchilikni Yelizaveta 
favoritizm tizimi bilan qoplamoqchi bo’ldi. Uning eng yaxshi kishilari (favoritlari) 
Leyster, ser Ualter Reli va graf Esseks edilar. Yelizavetaning dastlabki favoritlari 
(masalan Leyster) qirolicha oldida o’zining unga tobe ekanligini unutmagan bo’lsa, 
keyingilari juda ko’p masalalarda (ayniqsa, tashqi siyosat masalalarida – P.Sh.) 
o’zlarini qirolni haqorat qilish darajasida mustaqil tuta boshladilar. 
Ayni bir vaqtda shuni e’tirof etish kerakki, Yelizaveta I davlatni 
boshqarishga amaldorlarni tanlashda va ular yordamida mamlakatni boshqarishda 
katta yutuqlarga erishdi. Ayniqsa, uning hukmronligining birinchi davrida juda 
ko’p mashhur davlat arboblari, absolyutizmning qat’iy tarafdorlari yetishib 
chiqdilar. Bular jumlasiga Berley, Bekon, Uolsingem va savdogar Tomas Greshem 
va boshqalar kiradi. Uolsingem tomonidan tashkil qilingan josuslik va axborot 
tizimi yaxshi rivojlangan edi. Bu tizim yordamida qirolicha Angliyaning hamma 
burchaklari va qariyb Yevropaning hamma mamlakatlari haqida aniq 
ma’lumotlarga ega edi. 
O’z davrida «savdogarlar qiroli» degan unvonga ega bo’lgan, qirollikning 
moliyaviy ishlariga rahbarlik qilgan va qirolichaning bu soha bo’yicha 
maslahatchisi Tomas Greshem ham o’z vazifasini juda katta mohirlik va 
ma’suliyat bilan boshqarardi. 
Yelizaveta I hukmronligining ikkinchi davrida ham uning atrofida o’z 
davrining yirik davlat arboblari faoliyat ko’rsatdilar. Ular jumlasiga Robert Sesil 
va mashhur faylasuf Frensis Bekon va boshqalar kiradi. XVI 
asr 
90-yillarning
o’rtalariga kelib parlamentda qirolichaning monopoliya patentlarini tarqatishga 
qarshi, burjuaziya muxolifatining qarshiligi o’sa boshladi. Sababi, Tyudorlar 
hukumati savdo va ishlab chiqarish muassasalariga egalik qilishning shartlarini 
ishlab chiqib ularni alohida kishi va kompaniyalarga tarqata boshlagandilar. XVI 
asrning o’rtalarigacha bu burjuaziyaning rivojlanishiga xizmat qilgan bo’lsa, XVI 
asrning oxiriga kelib monopoliya Angliya iqtisodiyotida bo’layotgan rivojlanishga 
salbiy ta’sir ko’rsata boshladi. Bundan tashqari, monopoliya patentlarining ko’plab 


saroy favoritlari va amaldorlariga berilishi erkin kapitalistik rivojlanishga g’ov 
bo’lib qoldi, bu esa o’z navbatida burjuaziyaning ommaviy noroziligini tug’dirdi. 
Nihoyat, 1601 yilda umum palata monopoliya haqidagi masalasini qarab chiqishni 
talab qilib chiqdi. Bu masalada hukumat va parlament o’rtasidagi nizo keskin tus 
oldi. Qirolicha yon berishga majbur bo’ldi. Garchi qirolicha monopoliyani bekor 
qilish to’g’risida va’da bergan bo’lsa-da, ammo bu sohadagi ahvol deyarli 
o’zgarmadi. 
Yelizaveta hukmronligining oxirgi yillarida parlamentning mustaqil 
bo’lishga intilishi yanada kuchaydi. London shahri aholisi esa qirolichani 
oldingidek quvonch bilan kutib olmasdilar.
Shunday qilib Yelizaveta I Tyudorning uzoq muddat qirollik qilgan davri 
Angliyaning iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan davri bo’ldi. Bu davrda Hindiston va 
Amerika bilan savdo-sotiq ishlari olib boruvchi juda ko’p savdo kompaniyalari 
tuzildi. Dengizning narigi tomonida inglizlar kolonizasiyasi boshlandi. 
Angliyaning dengiz hukmronligi uchun Ispaniya bilan kurashi. «Yengilmas 
Armada» halokati. Ingliz-ispan raqobati Angliyaning ichki nizolari bilan 
mustahkam bog’langan bo’lib, u birinchi navbatda dengiz yo’llari va bozor uchun 
kurashda namoyon bo’ldi. Bu kurash ayniqsa, XVI asrning ikkinchi yarmida 
kuchaydi. Angliyaning Ispaniya bilan olib borgan kurashini 3 davrga bo’lish 
mumkin: 1) XVI asrning 60-yillaridan 80-yillari o’rtalarigacha – bu davrda o’ziga 
xos yashirin urush ketadi: ya’ni ingliz dengiz qaroqchilari ispan kemalariga 
okeanda va La-Manshda hujum qilishib ularni talay boshladilar; 2) XVI asr 80-
yillar o’rtalaridan – bu davrda Ispaniya bilan ochiq dengiz urushi bordi; 3) XVI asr 
oxirlaridan yana dengiz qaroqchilariga hujumlar uyushtirildi. 
Yelizaveta Tyudor hukmronligi boshlangan davrda dengiz qaroqchiligi 
rivojlanishi uchun shart-sharoitlar juda qulay edi. Dehqonlarning xonavayron 
qilinishi, ommaviy ravishda yerlardan quvilishi natijasida vujudga kelgan uy-joysiz 
ommaning mavjudligi, savdo-sotiq, ishlab chiqarishning sustligi, dengizchilar 


o’rtasidagi ishsizlik va qirollikning moliyaviy qiyinchiliklari hukumatning 
qaroqchilarga ba’zan yashirincha, ba’zan esa ochiqchasiga yordam berishiga sabab 
bo’ldi. 
1555 yilga kelib Angliyaning chet mamlakatlardan milliy qarzi (asosan 
Niderlandiyadan) 148526 funt sterlingni tashkil etardi. 1559 yilga kelib bu qarz 
miqdori 226910 funt sterlingga ko’tarildi. Mariya Tyudor hukmronligining oxirgi 
yillarida xazina bo’sh, xalq och, yuqumli kasalliklar keng tarqalgan og’ir yillar 
bo’ldi. 
Mana shunday sharoit oqibatida, XVI asrning 50 yillari oxiri va 60 yillari 
boshlarida ingliz dengizlarida qaroqchilik juda rivojlandi. 
Filipp va Mariya Qonxo’r davridayoq ingliz dengizchilariga Ispan qirolining 
Angliya hukmronligiga qarshilik belgisi sifatida ispan va portugal kemalarini 
talash an’anaga aylanib qolgan edi. Yelizaveta davrida ispan va portugal 
kemalarini talash Angliyani ispan katolik cherkovidan himoya qilish kabi o’ziga 
xos vatanparvarlik jasoratiga aylandi. Quyidagi misollar inglizlar dengizdagi 
qaroqchiligi ispanlarga qanday zarar va jabrlar keltirganliklarini yaqqol ko’rsatadi: 
1) 1560 yilda inglizlar dengizda ispan dvoryanlari kemasini qo’lga oladilar va 
ularni Duvrga olib kelib auksionga qo’yib sotib yubordilar. Ular uchun yaxshi 
to’lov olish umidida bo’lganlar kemadagi ispan dvoryanlarini 100 funtgacha 
narxda sotib oladilar. 2) O’sha yilning o’zida Kanor orollarida ispanlar qo’lidan 
zo’rg’a qochib qutilgan inglizlar, yo’lda ispanlarning yana bir kemasini qo’lga olib 
talaydilar. Nizo kuchayib Ispaniya tomonidan Kanor orollaridagi barcha inglizlar 
kemasining hibsga olinishiga olib keldi. Faqatgina Yelizavetaning kechirim 
so’rashi va qaroqchilarni jazolashga bergan va’dasi tufayligina harbiy to’qnashuv 
yuz bermadi. 
Ingliz qiroliga dengiz qaroqchilariga qarshi kurashish juda qiyin edi. 
Ularning qirol xonadoniga yaqin kishilardan himoyachilari ko’p bo’lgan.


Dengiz qaroqchilari magnati orasida eng qudratlisi Kornvalislik Kiligru 
oilasi a’zolari bo’lib, ularning qarorgohi Falmaut portidagi Arvenak degan joyda 
edi. Bu oiladan juda ko’plab ministrlar, diplomatlar va harbiy arboblar yetishib 
chiqqan edi. Oila boshlig’i Kornvalis vise-admirali ser Djon Kiligru bo’lib, uning 
otasi va amakilari, hatto onasi ham dengiz qaroqchisi bo’lgan. Djon Kiligru onasi 
juda faol dengiz qaroqchisi edi. U oldin bu ishlarda otasiga, keyin eriga yordam 
berib kelardi. 
Bir dalil: 1582 yilda Ledi Kiligru o’z mehmonxonasining derazasidan bo’ron 
Falmautga haydab kelgan chet el kemasini ko’rib qoladi va zudlik bilan kerakli 
harakat rejasini ishlab chiqadi. Kechasi kema egalari qirg’oqqa tushib 
mehmonxonalarga joylashgach Ledi Kiligruning o’zi boshchiligidagi qurollangan 
qaroqchilar qayiqlarga o’tirib, kemaga yaqinlashadilar va hujum uyushtirib, 
soqchilarni dengizga uloqtirib, boylikni talab ketadilar. Bu o’g’rilar guruhining bir 
qismi kemani Irlandiyaga olib qochadi. Ispanlar talabi bilan bu bosqinchilik 
yuzasidan so’rov ishlari o’tkaziladi va uch kishi, shu jumladan, Ledi Kiligru ham 
o’lim jazosiga hukm qilinadi, ammo u qirolicha tomonidan avf etilib, o’z uyiga 
qaytadi. Qaroqchilik sohasini monopoliya qilib olgan bu oilaning qo’lida ushbu 
sohani rivojlanish targ’ibotidan to daromadlarini bo’lishgacha bo’lgan jarayon 
to’plangan edi. Ular odatda qaroqchi kema kapitaniga qo’lga kiritilgan o’ljaning 
1/5 qismini berar, qolganlarini o’zlari olar edilar. 
Dengiz qaroqchilari o’rtasida ayollar ham ko’p bo’lgan. Masalan, dengiz 
karvonlariga dahshat solgan Djon Piyers (Yelizaveta davrida Kiligru xonadoni 
ittifoqchilari bo’lgan – P.Sh.) o’zining «Kornvalis jodugari» deb nom olgan onasi 
bilan birga ishlagan. 
Dengiz qaroqchilari juda kamdan-kam hollarda qo’lga tushardi. Yuqorida 
Ledi Kiligru misolida ko’rganimizdek Londonda qirolichaga yaqin bo’lgan oliy 
nufuzli kishilar ham dengiz qaroqchilaridan jabr ko’rganlar. Shunday voqyealardan 
biri 1573 yilda yuz bergan edi. 1573 yilda shaxsan Yelizavetaning o’zi tomonidan 
fransuz qiroli Karl XII ning qiziga qirollik sovg’asini olib borib berish uchun 


jo’natilgan graf Vuster tushgan kema ingliz qaroqchilarining o’zlari tomonidan 
talanadi (500 funt- sterling qimmatga ega bo’lgan sovg’a o’g’irlanadi). Bu ish 
yuzasidan bir necha qaroqchilar hibsga olinadilar, ammo hammasi bo’lib uch kishi 
dorga osiladi. 
Ispan kemalariga nisbatan qaroqchilikni quvvatlash Yelizaveta siyosatining 
tarkibiy qismiga aylandi. Masalan, ispanlarning ashaddiy dushmani bo’lgan eng 
jasur dengiz qaroqchilaridan biri Frensis Dreykni ispan elchisi osib o’ldirishni 
talab qilganda, Yelizaveta uni jazolash o’rniga taqdirlab risarlikka o’tkazdi. 
Qirolicha tomonidan dengiz qaroqchilarining shu kabi quvvatlanishi Angliya 
uchun juda katta boylik keltirdi va qo’rqmas dengizchilarning butun bir kelgusi 
avlodini yetishtirib chiqarishga olib keldi. Xuddi shunday dengiz qaroqchiligi 
yo’lini bosib o’tganlardan keyinchalik Goukins, Dreyk, Grenvil, Frobisher kabi 
Yelizaveta davri admirallari yetishib chiqdilar. 
XVI asrning 70-yillaridan boshlab dengiz qaroqchilari mablag’ bilan yaxshi 
ta’minlana boshlandi. Masalan, Frensis Dreyk va Valter Raleylar qaroqchilik 
tashkilotlari aksionerlik uyushmalari mablag’lari bilan tashkil etilib, uning a’zolari 
qirolichaning o’zi, Berley, Leyster va boshqalar edilar. Ingliz 
dengizchilari 
protestantizmga ashaddiy qarshi edilar va Ispaniyaga nafrat bilan qarar edilar, 
ammo ularning bu nafratiga sabab bo’lgan narsa Ispaniyaning katolik mazhabida 
qolishi tufayli bo’lmasdan, balki uning boyligi, koloniyalari va dengizda hyech 
kimga hukmronlikda yon bermasligi tufayli edi. Shunday qilib, Ispaniya bilan 
kurash ingliz dengizchilari uchun kolonial savdo-sotiq ahamiyatiga ega bo’lib, u 
asosan, Ispaniyadan iloji boricha ko’proq boylikni tortib olishga yo’naltirilgan edi. 
Bu kurash inglizlar tomonidan faqatgina dengiz qaroqchiligi yoki 
bandargohlarda turgan ispan kemalariga hujum bilan chegaralanmasdan, balki 
ingliz dengizchilari Amerikadagi ispan koloniyalariga bosqinchiligi tarzida ham 
bordi. Masalan: Frensis Dreyk 1572-1573 yillarda Panama bo’yidagi Nombr de 
Dios bandargohida Ispaniyaga jo’natish uchun mo’ljallangan 100 ming ispan oltin 
pezetini qo’lga kiritdi. 


Ispaniyaning Tinch okean sohillaridagi va birinchi navbatda Perudagi 
kumush konlariga ega bo’lish uchun intilish, Frensis Dreyk tomonidan ikkinchi 
marta (Magellandan so’ng) tarixda dunyo bo’ylab aylanma sayyohat uyushtirishga 
sabab bo’ldi. Rasmiy jihatdan bu sayyohat Magellan ko’rfazidan janubdagi 
yerlarni ochishga qaratilgan edi. Norasmiy maqsad esa boshqacha, ya’ni Magellan 
ko’rfazidan Tinch okeaniga chiqib olib, Ispaniyaning Perudagi mustamlakalariga, 
ular kutmagan tomondan hujum qilish edi. Chunki, Tinch okeani orqali suzish 
yangi ish bo’lib, bu yerdan hali Magellandan keyin hyech kim o’tmagan edi. 
Bu ekspedisiyani o’tkazishda savdogar avantyuristlar kompaniyasi katta rol 
o’ynadilar. Dreyk Magellan yo’lidan borib (1578-1580 yil) Tinch okeaniga kirib 
Peru va Chili sohillarini talab katta boylikka ega bo’ldi. Ispanlar kuch to’plab unga 
zarbaga tayyorlanganda, u yo’lini o’zgartirib orqaga qaytish o’rniga g’arb tomon 
suzib ketdi. Nihoyat, Dreyk Angliyaga 1500 ming funt sterling qiymatga ega 
bo’lgan boylik bilan qaytib keldi. Mana shunday yo’llar bilan to’plangan boyliklar 
evaziga Angliya boyib ketdi. 1580-1581 yillarda hukumat chetdan olgan qarzlarini 
to’ladi va faol tashqi siyosat yuritdi. Boylikning bir qismi Levant savdosini 
rivojlantirishga sarflandi. Dengizchilar va savdogarlar o’rtasida taqsimlangan pul 
ingliz savdosining yanada rivojlanishiga ko’maklashdi. 
1577-1580 yillardagi Dreyk ekspedisiyasidan so’ng Angliyada dengiz 
qaroqchiligi yanada rivojlandi. Zodagonlar, dvoryanlar va savdogarlar qaroqchilik 
ekspedisiyalariga katta mablag’ ajratdilar. O’sha vaqtda har bir katta va kichik 
kemalar qurollangan bo’lar va juda osonlik bilan savdogarlar qaroqchilarga aylanar 
edi. Savdo va qaroqchilik o’rtasidagi chegarani aniqlab bo’lmay qoldi, ular bir-
birlari bilan mustahkam bog’lanib ketdilar. Ingliz qaroqchilarining haddan tashqari 
talonchiligi sababli Ispaniya kumush va oltinlarini Yevropaga faqatgina 
qurollangan harbiy kemalar himoyasida yuboradigan bo’ldi. 
Angliya va Ispaniya o’rtasida nizolarning kuchayishining sabablaridan biri
inglizlar tomonidan niderlandiyaliklarga ularning Filipp II qarshi kurashida 
berilgan yordami edi. Angliya tomonidan Niderlandiyaga katta yordam ko’rsatildi. 


XVI asrning 80-yillaridan boshlab Angliya tomonidan Ispaniyaning 
koloniyasi bo’lgan mulklarni bosib olishga urinishlari boshlandi. Ammo, bu 
harakatlar birinchi navbatda yerga egalik uchun emas, balki oltinga egalik va 
talonchilik maqsadida edi. Shu sababli bu harakatlar uncha katta muvaffaqiyatlar 
keltirmadi. 
Dreykning keyingi ekspedisiyasi 1585 yilda tashkil qilindi. Uni tashkil qilar ekan 
Dreyk kim kompaniyaga u bilan kirsa, ularning 6-7 barobar mablag’ga ega 
bo’lishiga kafolat berdi. Bu safar uning floti 21 kemadan iborat edi. Qirolichaning 
o’zi bu ekspedisiyaga 20 ming funt sterling ajratdi. Bu ekspedisiyaning butun 
mablag’i 60 ming funt sterlingni tashkil qilardi. Ekspedisiya natijasida hammasi 
bo’lib 64,9 ming sterling qiymatdagi mol keltirildi. Garchi foyda deyarli bo’lmasa-
da, ammo qirolicha hyech qanday zarar ko’rmay o’ziga tegishli pulning barchasini 
yana undirib oldi. Shuningdek, Dreykning keyingi 1587 yildagi ekspedisiyasi 
davridagi foydaning 87% Yelizaveta xazinasiga kelib tushdi.
Yelizaveta I Tyudor 
Filipp II 1581 yilda Portugaliyani ham Ispaniya hududiga qo’shib olishga 
muvaffaq bo’ldi. Portugaliya qiroli Genrix Portugalskiy 1550 yilda o’zidan voris 
qoldirmay vafot etdi. Filipp II Genrix Portugalskiyning katta opasining o’g’li edi 
(Karl V xotini Izabella Portugaliya qiroli Emmanuil III ning qizi edi – P.Sh.). 
Portugaliyadagi siyosiy kuchlarning Emmanuilning boshqa nevaralarini qirol qilib 
saylash harakatiga qarshi Filipp II Gersog Alba qo’mondonligidagi 24 ming 
kishilik armiyani Portugaliya chegarasiga keltirib qo’ydi. Natijada, u 1581 yilning 
iyun oyida Lissabonda tantanali ravishda Portugaliya qiroli deb e’lon qilindi va 
butun Piriney yarim orolining yagona hukmroni bo’lib qoldi. 
Filipp II 1588 yilda Rim papasi Sikst V ning fatvosi bilan Galisiyadagi La- 
Korunya portidan «Baxtli va Yengilmas Armada» deb nomlangan 134 ta kemadan 
iborat (unda 2000 zambarak, 19290 (boshqa ma’lumotda 21855) soldat , 8350 
(boshqa ma’lumotda 8766) matros va 2080 xizmatchi qul bor edi) dengiz flotini 


Angliyaga qarshi yubordi. Bular bilan birga kemalarda 300 ta monaxlar, 
ruhoniylar, inkivizitorlar borardilar. Ular hujumdan so’ng inglizlarni katolik diniga 
sig’inishga da’vat etishlari kerak edi. Flot qo’mondonlari Medina Sidoniya va Pires 
Guyesmanlar edilar. Gersog Medina Sidoniya flot admiralligi uchun yetarli jasorat 
va tadbirkorlik sifatlariga ega emasligini ko’rsatdi. «Yengilmas Armada»ga qarshi 
inglizlar juda tez vaqt ichida burulish uchun qulay bo’lgan 140 kichik harbiy 
kemalarni shaylashga muvaffaq bo’ldilar va tez-tez kutilmagan hujumlar 
uyushtirish yo’li bilan ispanlarga sezilarli zarba bera oldilar. Bundan tashqari, La-
Mansh bo’g’ozida boshlangan kuchli shamol burilishi qiyin va qo’pol ispan 
kemalarini qirg’oqlarga uloqtirib tashladi. Natijada «Yengilmas Armada» 
halokatga uchradi. 
«Yengilmas Armada»ning 134 ta kemasidan atigi 43 tasigina Ispaniyaga qaytib 
keldi. Ispanlarning bosqinchilik yurishlari shu tariqa mag’lubiyatga uchradi va 
ularning dengizdagi hukmronligiga shu tariqa nuqta qo’yildi. Angliya dengiz 
hukmroni mamlakatiga aylandi va ingliz hukmdorlari davlatning tashqi siyosatida 
kelgusida Portugaliyaning Ispaniyadan ajralishi tarafdorlarini qo’llay boshladilar. 
Yelizaveta I ning cherkovga munosabati. Mariya Styuartning qatl qilinishi. 
Ispaniya bilan dengiz hukmronligi uchun kurash aytib o’tganimizdek Angliyada 
reaksion feodal elementlar bilan absolyut hukumat o’rtasidagi ichki kurashlar bilan 
ham bog’lanib ketdi. Feodal muxolifat katolik cherkoviga sadoqatini namoyon 
qilib cherkov islohotlarini tan olmadi. Yelizaveta mamlakatda protestantizmni 
uning mo’tadil anglikan ko’rinishida tikladi. Uning davridagi ingliz jamiyatidagi 
muhim ijobiy siljishlaridan biri selebat (ruhoniylarning uylanmasligi)ning bekor 
qilinishi va ruhoniylarga uylanishga ruxsat berilishi bo’ldi. Yelizaveta anglikan 
cherkovi ruhoniylarini juda tez va qo’pol usullar bilan o’ziga bo’ysundiradi. 
Qirolichaning ularga munosabati uslublarini uning xatlari orqali bilish mumkin.
Bu xatlar ingliz absolyutizmining eng xarakterli tomonlardan birini - cherkovning 
davlatga to’liq bo’ysunganligini ko’rsatib beradi. Cherkov davlatning qo’shimcha 
bir qismi bo’lib qoldi, ya’ni o’ziga xos bir diniy ishlar bo’yicha qo’mita edi. 


Cherkovning shaxsiy mulki ham yo’q edi. Qirolicha xohlagan vaqtida cherkovga 
tegishli yer mulklarni (masalan, bog’larni va h.) bir kichik qog’oz yozib berish 
bilan xohlagan kishiga berib (o’tkazib) yubora olardi.
Yelizaveta tomonidan XVI asrning 70-yillariga qadar katolik cherkovi va 
katolik mazhabiga e’tiqod qiluvchilar kuchli ta’qib ostiga olingan emas. Lekin 70-
yillarda papa Piy V Angliyaga Yelizavetaning cherkovdan mahrum qilinganligi 
to’g’risida bullalarni yuborganidan so’ng cherkov siyosatida o’zgarish yuz berdi. 
Qizig’i shundaki, hatto bu bulla qirolichaga qarshi ochiq isyon ko’tarishga ingliz 
katoliklarini unday olmadi. Ular qirolichaga sodiqligicha qolaverdilar, ammo shu 
vaqtdan boshlab feodal katolik muxolifatining kuchayishi kuzatiladi va 
hukumatning ham katoliklarga bo’lgan munosabatida ta’qib kuchayadi. Bu 
davrdan to 80-yillar o’rtalarigacha Rim kuriyasi va Ispaniya qiroli Filipp II 
Angliyada katolikni tiklash uchun bor kuchlari bilan harakat qiladilar. Ispan katolik 
lageri bu kurashni ikki yo’nalishda olib bordi: 
1) Angliyaga qo’shni bo’lgan katoliklarning Yelizavetaga qarshi 
chiqishlarini uyushtirish; 
2)
Angliyaning 
ichkarisida 
Mariya 
Styuart 
atrofida 
to’plangan 
absolyutizmga qarshi kuchlarga va katolik cherkovi tarafdorlariga yordam 
ko’rsatish. 
Papa Grigoriy XIII chet davlatlarning doimiy ravishda Angliya chegarasida nizolar 
chiqarib turishiga ko’maklashdi. Bunda irlandiyaliklarning og’ir ahvoli va ularning 
ingliz mustamlakachilariga bo’lgan nafratidan ham foydalanildi. Papalik va 
Ispaniya yordamida irlandiyaliklar 1580 yilda qo’zg’olon ko’tardilar, ammo bu 
qo’zg’olon inglizlar tomonidan bostirildi. 
Tavsiya etilgan adabiyotlar: 


1. Germаniya v epохi Refоrmаtsii i Velikоy krestьyanskоy vоinы. M., 
1962. 
2. Pirimqulоv SH.D. O’rtа аsrlаrdа Аngliya. T.2004 
3. Rаzvitie kаpitаlisticheskоy mаnufаkturы v Аnglii i Germаnii XVI-XVII 
vv. M., 1981. 

Download 232.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling