mavzu: XX asming 90-yillari va XXI asr boshlari adabiy tanqidchiligi – soat. Reja


Adabiy tanqiddagi yangilanish tamoyillari va omillari


Download 66.68 Kb.
bet2/9
Sana11.03.2023
Hajmi66.68 Kb.
#1260574
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 ma\'ruza

2. Adabiy tanqiddagi yangilanish tamoyillari va omillari.

Ma’lumki, har qanday sohada yangilanish sodir bo‘lishi uchun bir necha muhim omillar asos vazifasini o'taydi va bu omillarsiz sohada yangi yo‘nalishlar yuzaga kelmaydi. Adabiy tanqid tafakkuriga xos yangilanish, yangicha tahlil tamoyillarining paydo bo‘la boshlashi va shakllanishiga xizmat qiladigan omillar nimalardan iborat, ular adabiy jarayonga qachon va qay tarzda ta’sir ko‘rsatadi, degan savollarga turli davrlarda turlicha izohlar berilgan.


Adabiy tanqid konsepsiyasini yangilaydigan, yangicha qarashlar, tendensiyalar, yo'nalishlar, tahlil prinsiplarining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etuvchi omillar ikkita bo'lib, ular asosan, ichki va tashqi mohiyatdan kelib chiqadi.
Ichki omil deganda, eng avvalo, yangicha tanqid tafakkurini yuzaga keltiruvchi uning o‘z ichki tabiatidagi xos xususiyatlar, binobarin qonuniyatlar nazarda tutiladi.
Bu qononuniyatlar yuzaga chiqishida alohida iste'dod sohibi bo'lishi darkor; tanqidchi «men»ining roli beqiyosdir. Bu omil badiiy adabiyotning ham ichki qonuniyatlari bilan mustahkam aloqadorlikda kechadi va zohir bo‘ladi.
Adabiy tanqidda konsepsiyaning yangilanishi munaqqid dunyoqarashidagi yangilanish bilan uzviy bog‘liq jarayondir. Dunyoqarash yangilanmay turib ilm-fanda yangilanish bo‘lishi mushkul. Bu, ayniqsa, ijtimoiy fanlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Shu bois, dunyoqarashning yangilanishi ham ijtimoiy, ham ma’naviy omillarga birdek bog‘liqdir.
Darhaqiqat, adabiy tanqid tafakkuridagi yangilanish va o‘sish o‘zgarishlarda ham, eng awalo, ichki omil — munaqqid «men»i, shaxsiyati, dunyoqarashi, intuitsiyasi, tafakkur tarzi va iste'dodi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Adabiy-tanqidiy qarashlami yangilaydigan


tashqi omillar esa adabiy jarayon va ijtimoiy hayotdan tashkil topgandir.
Ma’lumki, har bir badiiy asar aniq shaxs - ijodkor tomonidan yaratiladi. Chinakam iste'dodlar tomonidan yaratilgan badiiy yetuk asarlar poetik tafakkurni u yoki bu jihatdan yangilaydi, adabiy hayotda yangi tamoyillar, oqimlar va yo‘nalishlarning vujudga kelishiga zamin hozirlaydi.
Binobarin, uni anglash, idrok etish va talqinda tanqidchilikdan o'zidagi yangiliklarga mutanosib yangilanishni talab etadi. Ayni chog'da, ijtimoiy tafakkur taraqqiyotiga ham ta'sir ko'rsatadi.
Ijtimoiy hayotdagi yangilanish keng tushuncha bo'lib, bu jarayon jamiyatdagi barcha o‘zgarishlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Ya’ni iqtisodiy-siyosiy, madaniy-ma'rifiy o‘zgarishlar ijtimoiy hayot tarzining yangilanishini bildiradi.
Mana shu jarayonlarda adabiy tanqid konsepsiyasining yangilanishi, eng awalo, yangicha tanqid tafakkurining paydo bo'lishi bilan bog'liq tarzda kechdi.

Download 66.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling