mavzu: XX asming 90-yillari va XXI asr boshlari adabiy tanqidchiligi – soat. Reja
Download 66.68 Kb.
|
1 ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- degan xulosalariga hecham ajablanmaymiz. Zotan, so‘nggi davr
- «Istiqlol va adabiyot»
«Yangicha tanqid tafakkuri «tushunchasi keng qamrovli bo'lib, mazkur soha, bir tomondan, falsafiy, ijtimoiy, mafkuraviy, badiiy-estetik qonuniyatlar bilan aloqador bo‘lsa, boshqa tarafdan, adabiyotshunosiik ilmi prinsiplari, talab va mezonlari asosida o‘z faoliyatini yangilash yo'lidan boradi.
Yuqorida ko'rib o‘tilgan qarashlarning mag‘zini realistik dunyo- qarash tashkil etishini payqash qiyin emas. Biroq, ta'kidlash joizki, so'nggi davr tanqidchiligi faqat shu mazmundagi konsepsiya asosida shakllanishi mumkin emas edi. ljod jarayonida turfa xil qarashlarning yuzaga keiayotgani esa, tanqid taraqqiyotining asosiy garovidir. Shu bois, U.Hamdamovning o‘zida tasavvuf falsafasining mag'zini mujassamlashtirgan «Insoniyatning tarix davomida topgan eng katta mantig‘i bu — Xudoga e’tiqod!»', H.Karimovning ekzistensializm ta'limoti qarashlaridan kelib chiqib, «...modernizmning obyekti real voqelik emas, subyekt, ijodkorning tasavvuridagi voqelikning talqinidir.1 degan xulosalariga hecham ajablanmaymiz. Zotan, so‘nggi davr tanqidchiligiga xos xususiyatlarga aylanib borayotgan bunday qarashlar adabiy tanqidning talqin ko‘lami, baholash doirasi kengayib borayotganini ko‘rsatadi. Zero, muayyan badiiy asarlar hamda ulardagi badiiy-estetik, ijtimoiy-g'oyaviy konsepsiyalar zamirida belgilovchi falsafiy ta'limot yotibdi. Adabiyot ilmi oldidagi dolzarb vazifalardan biri ham mavjud turli-tuman qarashlarning eng xarakterlilarini sintezlashtirib, badiiyatning umumiy qonuniyatlari va estetik tamoyillarini belgilash, shu asosda adabiy tanqid metodologiyasining hurfikrlilikka asoslangan konsepsiyalarini yaratishdan iboratdir. Istiqlolning ilk yillarida (1993) Prezident I Karimovning bir guruh ijodkorlar bilan uchrashuvi bo‘ldi. Uchrashuvda birinchi marta istiqlol davri o‘zbek adabiyotining metodologik asosini demokratik tamoyillarga asoslangan, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan mustaqillik mafkurasi tashkil etishi lozimligi aytildi. Yaratilajak mafkura qanday bo‘lishi lozim, degan masala ham qizg'in muhokama etildi. Mazkur masala yuzasidan «O`zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining mustaqilligimizning ikki yilligi arafasida tashkil etgan «Istiqlol va adabiyot»' mavzusidagi davra suhbatida xarakterli fikrlar o'rtaga tashlandi. Suhbatda ishtirok etgan O.Yoqubov, A.Oripov, O.Sharafiddinov, T.Malik, T.Qahhor va X.Do‘smuhammad yaratilajak mafkuraning o‘ziga xos jihatlari haqida fikr-mulohazalarini bayon etishdi. Mustaqillik mafkurasi sinfiylik va partiyaviylikdan xoli, xalqimizning azaliy orzulari, turmush tarzi, urf-odatlari, an'analari bilan chambarchas bog‘langan milliy mafkura bo'lishi lozimligi ta'kidlandi. Jumladan, O.Yoqubov mustaqillik davri ijodkorining asosiy vazifalaridan biri «millatimiz uchun, ona yurtimiz uchun, farzandlarimiz baxt-saodati uchun butun iqtidorini bag‘ishlashdan iborat bo‘lmog‘i kerak», deb hisoblasa. A.Oripov «mafkura» so'zining zamirida ma’lum fikr yotishini va adabiyotdagi mafkurani ifodalaydigan mazkur fikr sog'lom bo'lishi lozimligini ta’kidladi. Download 66.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling