mavzu: XX asming 90-yillari va XXI asr boshlari adabiy tanqidchiligi – soat. Reja


Download 66.68 Kb.
bet4/9
Sana11.03.2023
Hajmi66.68 Kb.
#1260574
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 ma\'ruza

O.Sharafiddinov T.Malik adabiyotning vazifasi haqida so‘z yuritib, adabiyot mustaqillikni mustahkamlash, mustaqillik mafkurasini yaratish yo‘lida millat ongini tarbiyalashi, uning ma’naviy dunyosini yangilash yo‘lida xizmat qilishi zarur, degan fikrni o‘rtaga tashlashdi.
T.Qahhor aslida adabiyotdagi mafkura milliy zamin bilan bog'liqligini, eng qadimgi yozma yodgorliklarda ham millat va davlat, vatan tushunchalari zikr etilgani haqida gapirib, «Bugungi adabiyot o`sha eski tamal toshlar ustida turar ekan, demakki, bugungi milliy mafkura ham bobolarimiz qurgan davlatlardagi mafkura tajribalariga tayanmog‘i tabiiydir», degan xulosaga keladi.
Darhaqiqat, adabiyotdagina emas, balki jamiyatning barcha jabhalarida ham, xususan, davlatchilikni barpo etishda ham mafkura muhim rol o‘ynashini keyingi o‘n yillik tarix isbotladi. Sh.Xolmirzayev o'zining «Adabiyot o‘ladimi?» maqolasida ilgari surgan mafkura borasidagi dastlabki qarashlaridan voz kechib, «Jamiyatning maqsadi, ya'ni mafkura bobida o‘ylar» nomli essesida («Tafakkur», 1999 yil, N° 1 — 2) milliy mafkuraning yaratilayotganligini va u umuminsoniy qadriyatlami ham o'zida mujassamlashtira olganini iftixor bilan e'tirof etadi.
Xullas, yuqoridagi kuzatishlardan shunday to‘xtamga kelish mumkin: istiqlol davri tanqidchiligi o’zining metodologik asoslarini sinfiylik va partiyaviylikka asoslangan sho‘ro davri tanqidchiligidan tubdan farq qiluvchi prinsiplar asosida yangilay boshladi. Bu yangilanish, eng awalo, tanqidchi dunyoqarashi va ilmiy konsepsiyasidagi o‘zgarishlar bilan bogliq holda namoyon bo'ldi.
Bu jarayonda dialektik yondashuvdan tashqari gnoseologik, ontologik, sinergetik yondashuvlar ham amal qila boshlaganligini kuzatish mumkin. Badiiy asarni tayyor nazariy qoliplar vositasida emas, balki matn mohiyatidan kelib chiqib talqin etish ustuvor yo‘nalishga aylanib bormoqda.

B.NAZAROV: “ ZAMON VA ADABIYOT” MAQOLASI


Shu jihatdan akademik B. Nazarovning istiqloldan bir yil oldin «O‘qituvchilar gazetasi»ning ketma-ket beshta sonida chop etilgan «Zamon va adabiyot»‘ sarlavhali maqolasi muhim ahamiyatga ega. Maqolada garchi yangi darsliklar yaratish masalasi bilan bogliq holda bo‘lsa-da, asosan, adabiyotshunoslik va adabiy tanqidda yuzaga kelgan metodologik muammolar va ularning yechimi haqida fikr yuritiladi. Muallif adabiyotshunoslik ilmi oldida dolzarb bo‘lib turgan uchta muhim masalaga diqqatni jaib qiladi.


Shulardan birinchisi, jamiyatda ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar adabiy jarayon va konkret asarlarga yangicha ilmiy-nazariy va metodologik yondashuvlardan tashqari, ularni saralash va qayta baholash, yangicha munosabat masalasi.


Ikkinchisi, shu paytgacha mavjud bo‘lgan ilmiy-nazariy qarashlami yoki ijodkorlarimiz yaratgan badiiy mukammal asarlarni saralab, ibratli jihatlarini tarixiylik mezonlari asosida qayta baholash masalasidir. Munaqqid fikricha, mashhur shoir, yozuvchilarimizning adabiyotimizda katta rol o'ynagan, biroq davr taqozosi tufayli kamchiliklardan xoli bo‘lmagan asarlarini baholashda batamom inkor etuvchi prinsiplar to‘g‘ri mezon bo`la olmaydi.
Bunday asarlarning kamchiligi ham, fazilati ham tarixan to‘g‘ri baholanishi, sabablari ochiq-oydin ko‘rsatilishi zarur.



Download 66.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling