mavzu: XX asming 90-yillari va XXI asr boshlari adabiy tanqidchiligi – soat. Reja


Download 66.68 Kb.
bet5/9
Sana11.03.2023
Hajmi66.68 Kb.
#1260574
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 ma\'ruza

Uchinchidan esa, «eskirgan materiallardan, qarashlardan, nuqtayi nazarlardan voz 1 kechish, ularni shunchaki so'zsiz itqitib tashlash; bo'lajak yangi darsliklarga ularni shunchaki kiritmay qo‘ya qolish; inkor etiladigan qarashlami boshdan oyoq qoralash, chaplash asnosida emas, balki ular nega eskirganini, nega darslikdan chiqarib tashlanishi va nima sababdan ular tanqid qilinayotganini, yangicha qarashlar nima asoslarga ko‘ra ilgari surilayotganligini chuqur va yetarlicha tushuntirish evaziga olib borilishi lozim'.
Olim ana shu uchta prinsipial masaladan kelib chiqib, sho‘ro ta'limotining metodologik asoslari va tamoyillari, ularning adabiyot va adabiy tanqid taraqqiyotiga yetkazgan zarari mohiyatini tahlil qilar ekan, yangicha tamoyillar qanday bo'lishi kerak, degan masalaga o‘z munosabatini bildiradi.
Mana shunday muammolardan bittasi adabiyotning sinfiyligi va partiyaviyligi haqidagi ta'limotdir. Olim sho‘ro davrida adabiyotning sinfiyligi va partiyaviyligi qonuniyat darajasiga ko‘tarilgani va har bir yaratilgan asardan shular talab etilganini jiddiy xato sifatida ta'kidlaydi. Munaqqid fikricha, “Endi partiyaviylik va sinfiylik emas, balki, eng awalo, umuminsoniy qadriyatlar, umuminsoniy mezonlar badiiy asar oldiga qo'yiluvchi asosiy talablar deb hisoblanmoqda”.
Maqolada e'tibor qaratilgan yana bir masala badiiy asami so'z san’ati sifatida his qilish va baho berish tamoyilidir. Munaqqid fikricha, adabiyotda siyosatning ham, mafkuraning ham muayyan ma'noda o‘mi bor. Shu bilan birga, munaqqid ta'kidlaganidek, «adabiyot degani bu aslida so‘z san’atidir, sehr san'atidir. Biz «Otkan kunlar»dan partiyaviylikni qanchalik talab qilmaylik, unda sinfiy kurash ozligi, sayozligi uchun asami qanchalik tanqid qilmaylik, o'quvchilarimiz oydin kechalarda mijja qoqmay romanni o‘qiyveradilar, Otabek va Kumush hissiyotlarining hayajonida tunni tongga ulayveradilar, bu baxtsiz muhabbat timsolida muhabbatda baxtli bo‘lmoq yo'llarini izlayveradilar»1.
Olim shu mezon bilan sho‘ro davrida E.Vohidovning «0‘zbegim», A.Oripovning «0‘zbekiston» she'rlari ham Vatanga muhabbat, dush- manga nafrat, sotsializmni uluglash, kapitalizmni qoralash ruhida tarbiyalaydi, deb baholab kelinganini aytar ekan, endi badiiy adabiyotga baho berganda so'zning sehrini, go'zalligini, badiiy asar qatiga yashiringan jozibasini his qilish, bir so‘z bilan aytganda, haqiqiy badiiy kashfiyotni izlash zarurligini ta'kidlaydi.

Download 66.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling