mavzu: XX asming 90-yillari va XXI asr boshlari adabiy tanqidchiligi – soat. Reja


lstiqlol davri tanqidida adabiy tanqid metodologiyasining yangi- lanish tamoyillari


Download 66.68 Kb.
bet7/9
Sana11.03.2023
Hajmi66.68 Kb.
#1260574
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 ma\'ruza

3.lstiqlol davri tanqidida adabiy tanqid metodologiyasining yangi- lanish tamoyillari.

Istiqlol davri tanqidiga xos yangilanish tamoyillaridan yana biri XX asr o'zbek adabiyoti va uning namoyandalari ijodining qayta baholanganida kuzatiladi.


90-yillar tanqidi ijodkor jadidlar hayoti va faoliyatini o'rganish asnosida, nainki ularning asarlaridagi xosliklar, balki umuman, jadidchilik harakati, uning konsepsiyasi haqida ham muhim-muhim yangi xulosalarga keldilar. Natijada, bu davr adabiy hayotining haqqoniy tarixiy lavhalari bilan bir qatorda davr ijtimoiy hodisalarining tarixini tiklash bo'yicha ham muhim ishlar amalga oshirildi. Vatanimiz tarixining asr boshidagi qorong’i sahifalarini yoritish xolis ilmiy baholar bilan to’ldirildi.
Umumbashariy mezon va konsepsiyaga asoslana boshlagan adabiy tanqidning ushbu bosqichi beqiyos ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. Chunki, birinchidan, bu bosqichda asr boshidagi adabiy muhit haqida tarixiy haqiqatni tiklash, shu tariqa adabiyotimizning yangi tarixi yaratilishiga asos solindi. Ikkinchidan, qatag'on siyosati qurboniga bo'lgan va uzoq yillar mobaynida nohaq ayblanib kelgan ijodkorlar merosi xalqqa qaratildi.
Bu hol istiqlol davri o‘zbek tanqidi dastlabki bosqichidayoq milliy uyg'onish (jadid) davri adabiyotiga munosabatda tub yangicha yondashuv va tamoyillami nainki boshlash, balki mustahkamlash yo‘lida turganini ko‘rsatadi.
Bu nimalarda ko'rinadi?
Birinchidan, istiqlol sharofati tufayli milliy uyg onish (jadid) adabiyoti namoyandalari hayoti va ijodiga oldindan tayyor qoliplar asosida emas, balki yangi shakllanayotgan milliy mafkura, Vatan va xalq, millat manfaatlari nuqtayi nazaridan yondashildi.
Ikkinchidan, ilgari tilga olish xavfli hisoblangan jadid adiblari asarlarini, umuman, yoxud alohida-alohida emas, ularning harbirining ijod namunalari va, umuman, jadid adabiyoti kompleks o rganila
boshlandi.
Uchinchidan, eng muhimi, XX asr boshidagi jadidchilik harakatiga ilk bor to‘g‘ri metodologik yondashuv yuzaga keldi.
Ma'lumki, sobiq sho'ro davrida jadidchilik faqat burjua harakati sifatida tilga olinar, ma'rifatparvar adiblar ijodi faqat qisman o‘rga- nilgan, ulaming ayrim asarlari va faoliyatlari noto‘g‘ri talqin etilgandi. Yaholanki, milliy uyg‘onish (jadid) davri adabiyotini o‘rganishda bu davrda yaratilgan asarlarni ularning mualliflari dunyoqarashi, millat- parvarligi, mislsiz jasoratga yo‘g‘rilgan hayoti va faolyatidan ayricha tadqiq etib bo‘lmasdi. Istiqlol davri adabiy tanqidi shu muhim jihatlarning uyg'un talqiniga kirishdi va izlanishlar o'zining ftinda- mental natijalarini berdi.
Shu jihatdan adabiyotshunos olim Begali Qosimovning (1942 2004) “Milliy uyg'onish: jasorat, ma'rifat, fidoyilik” nomli ko‘lamli, teran va har jihatdan ilmiy asoslangan yirik tadqiqoti xarakterlidir. Aytish joizki, olimning sho‘ro davri ilmiy faoliyatining asosiy vo'nalishlaridan biri shu davr bilan bog‘langani va buning hosilasi sifatida “Izlay-izlay topganim...” nomli kitobining yaratilganligi ham mazkur tadqiqotning ilmiy ahamiyatini yanada oshiradi.
Mazkur tadqiqotning yana bir muhim jihati shundaki, olim o‘zigacha ushbu mavzuda yozilgan ishlarga o‘zining prinsiplaridan kelib chiqib yondashadi.
Bu prinsiplarda istiqlol davri adabiy tafakkurining yetakchi tamoyillari bo‘y ko‘rsatgan. Ya'ni B.Qosimov ulkan va nihoyatda ziddiyatli kechgan XX asr boshidagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy-adabiy harakatchilikni milliy istiqlol mafkurasi g'oyalari asosida tadqiq va talqin etadiki, bu tamoyil, ayni paytda, o'zining tahlil prinsiplarini shakllantirayotgan o'zbek adabiy tanqidchiligi faoliyatida jiddiy yangilanishlarga turtki berdi.
Istiqlol davri tanqidining diqqat markazida Qodiriy, Fitrat va Cho'Ipon ijodlari turgani tabiiy hol edi. Milliy uyg'onish davrining yetakchi namoyandalari bo‘lgan bu ulug' adiblar hayoti va ijodiga bag ishlangan ko'plab adabiy-tanqidiy maqolalar pirovard natijada o‘zbek adabiyotshunosligida qodiriyshunoslik, cho'lponshunoslik, fitratshunoslik kabi yangi yo'nalishlarning to‘la shakllanishiga olib keldi. So'nggi davr tanqidida bu ijodkorlar faoliyatiga keng va chuqur yondashilgani masalaning mohiyati metodologik jihatdan to‘g‘ri belgilanganidan daloiat bcradi.
Shu bois, 90-yiliarning boshlaridayoq Qodiriy hayoti va ijodiga bog’liq haqiqatlami to’la tiklash, asarlarini badiiy-estetik mezonlar, tamoyillar asosida qayta baholashga jiddiy e’tibor berila boshlardi! Bunda adabiy tanqid jahon adabiyotshunosligi va tanqidchiligiga xos ilg'or metodologik tamoyillarga tayandi, xorijda shakllangan qodiriyshunoslik, fitratshunoslik va cho‘lponshunoslikning yetakchi konsepsiyalarini o'rganish orqali e'tiborli jihatlarini ijodiy o‘zlashtirish yoMidan bordi. Adabiy tanqid bu adiblar ijodini baholashda, ayniqsa, Qodiriy asarlari tadqiqida muvofiqlik va to’ldiruvchanlik tamoyillariga tayandi. Bu xususiyat, ayniqsa, sho‘ro davri qodiriyshunosligiga ham o’z hissalarini qo shib kelishgan M.Qo‘shjonov, S.Mirvaliyev, A.AIiyev, U.Normatov singari munaqqidlar ijodiga xosdir. Natijada yozuvchi tarjimayi holining shu paytgacha oshkor etilmagan qirralari yangi dalil va ma'lumotlar bilan to'ldirildi, ilgari ma’lum bo‘lmagan dalillar, qo'Iyozmalar, hujjatlar, arxiv materiailari ilmiy muomalaga kiritilib, muayyan xulosalar chiqarildi. Ilgari o'rganilgan manba va talqinlar qayta tahlildan o‘tkazildi. Natijada, adabiy tanqidda bu davr adabiyotiga sistemali yondashuvning sifat jihatdan yangilangan namunalari yaratildi.
Keyingi davr tanqidida adabiy hodisalarga tarixiylik prinsiplari asosida yondashuvning kuchaygani yangicha adabiy tanqid metodo- logiyasining muhim tamoyillaridan biri - qiyosiy-tarixiy mctod sbakllanayotganidan dalolat beradi. Bu borada keng o'quvchilar om- masiga oshkoretilgan materiallami yangicha nuqtayi nazar va yangicba konsepsiya oilan tadqiq hamda tahlil etishga harakat qilingani muhim ahamiyatga ega. Shu ma'noda, ayniqsa, N.Karimov, H. Boltaboyev, Sh. Rizayev, N. Boqiy singari munaqqidlarning kuzatishlari xarakterlidir.

Download 66.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling